AQSH Shimoliy Koreyani yadro qurolidan foydalanish tahdidi noto‘g‘ri ekanini bildirdi. Bu haqda Bloomberg xabar berdi.
Avvalroq Shimoliy Koreya mudofaa vaziri Kan Sun Nam AQSH strategik suvosti kemasi Janubiy Koreyaga kirishi KXDR tomonidan yadro qurolidan foydalanish shartiga aylanishini aytgandi.
“Yadro qurolidan foydalanish doktrinasi agar Shimoliy Koreyaga yadroviy hujum amalga oshirilgani yoki yaqinlashib qolgani aniqlansa, zaruriy harakatlarni amalga oshirish imkonini beradi”, — degan u.
Bunga javoban Pentagon matbuot kotibi o‘rinbosari Sabrina Singx AQSHning yadroviy suvosti kemalari 40 yil ichida birinchi marta Janubiy Koreyaga kirishini qo‘llab-quvvatladi.
“Bunday ritorika (KXDR bayonoti) nihoyatda xavfli”, — deya ta’kidladi Singx.
Izoh (0)