Ikki muqaddas masjid xodimi — Saudiya Arabistoni podshohi Salmon bin Abdulaziz Ol Saudning taklifiga binoan Shavkat Mirziyoyev 18-iyul kuni amaliy tashrif bilan ushbu mamlakatga jo‘nab ketdi. Bu haqda prezident matbuot xizmati xabar berdi.
Unga ko‘ra, tashrif dasturiga muvofiq, davlat rahbari Jidda shahrida “Markaziy Osiyo—Ko‘rfaz arab davlatlari hamkorlik kengashi” formatidagi birinchi sammitda ishtirok etadi va nutq so‘zlaydi. Tadbir doirasida qator ikki tomonlama uchrashuv va muzokaralar o‘tkazilishi ham ko‘zda tutilgan.
Izoh (0)