Sanjar Obidov Toshkent shahar hokimining yoshlar siyosati, ijtimoiy rivojlantirish va ma’naviy-ma’rifiy ishlar bo‘yicha o‘rinbosari etib tayinlandi, deb xabar bermoqda poytaxt hokimligi matbuot xizmati.
Sanjar Obidov 1986-yilda Farg‘ona viloyatida tug‘ilgan. Toshkent moliya institutini va Buyuk Britaniyaning Sterling universitetini tamomlagan.
Bugunga qadar qator mas’ul lavozimlarda — Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Ta’lim sifatini nazorat qilish davlat inspeksiyasi Pedagog kadrlar sifati nazorati, ta’lim hujjatlarini legallashtirish, tan olish va nostrifikatsiya qilish bosh boshqarmasi boshlig‘i, Xorijiy tillarni o‘rganishni ommalashtirish agentligi direktori v.v.b bo‘lib ishlagan.
Vazirlar Mahkamasining tegishli qaroriga ko‘ra 6-mart kuni Sanjar Obidov Xorijiy tillarni o‘rganishni ommalashtirish agentligi direktorining o‘rinbosari lavozimidan ozod qilingan va unga Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Xorijiy tillarni o‘rganishni ommalashtirish agentligi direktori vazifasini vaqtincha bajarish yuklatilgani bekor qilingan.
Izoh (0)