Daryo

Hasanboy Do‘stmatov ispaniyalik raqibi ustidan g‘alaba qozondi 

Tailandning Pxuket shahrida boks musobaqasi bo‘lib o‘tmoqda

1 daqiqa o‘qish16 355 ko‘rishlar0 izoh0

Tailandning Pxuket shahrida o‘tayotgan boks bo‘yicha “Chempionlar oqshomi” musobaqasidan o‘rin olgan janglar 15-iyul, shanba kuni bo‘lib o‘tmoqda.

Foto: MOQ

-51 kg vazn toifasida Hasanboy Do‘stmatov ispaniyalik Martin Molina Salvadorga qarshi ringga ko‘tarildi. 5 raund davom etgan jangda Hasanboy ochkolar evaziga g‘alaba qozondi. Ma’lumotlarga ko‘ra, Do‘stmatov ushbu jangdan o‘n ming dollar ishlab topgan. 

Shuningdek, bugungi musobaqada Mujibillo Tursunov (-63,5 kg) va Asadxo‘ja Mo‘ydinxo‘jayev (-71 kg) o‘z janglarini o‘tkazadi. 

Navoiy viloyatidanman. Samarqand Davlat Universitetining Psixologiya yoʻnalishini tamomlaganman. “Daryo”da 2021-yildan buyon Sport boʻlimida muxbir lavozimida ishlayman va jahon, oʻzbek sportida yuz berayotgan voqealarni kuzatib, yoritib boraman. “Ideal kunlar” mening eng sevimli filmim. Kitoblardan esa Oldos Hakslining “Oo, ajib yangi dunyo” asari menga juda yoqadi.

Telegram kanal@Daryo_Sport24Obuna bo‘lish

Siz qanday fikrdasiz?

Avval fikringizni yozing. Yuborishda hisobingizni tasdiqlaysiz.

O‘xshash yangiliklar