Daryo

Boks bo‘yicha JCH—2023. Asadxo‘ja Mo‘ydinxo‘jayev jahon chempioniga aylandi

Bokschi O‘zbekiston hisobiga ilk oltin medalni yozib qo‘ydi

1 daqiqa o‘qish15 132 ko‘rishlar0 izoh0

Toshkent mezbonligida o‘tayotgan boks bo‘yicha Jahon chempionatining finalidan o‘rin olgan janglar 13-may, shanba kuni bo‘lib o‘tmoqda.

Foto: Boks federatsiyasi

-67 kg vaznda Asadxo‘ja Mo‘ydinxo‘jayev qozog‘istonlik Dulat Bekbauovga qarshi final jangida 5:0 hisobida g‘alaba qozondi va musobaqa chempionligini qo‘lga kiritdi.

Asadxo‘ja turnir davomida yaponiyalik Yuto Vakita, belaruslik Kiril Samadurau, kubalik Roniel Iglesiasga, mo‘g‘ulistonlik Misheyelt Battumurga qarshi jang qilib, g‘alaba qozongandi.

Shuningdek, bugun yana 2 nafar o‘zbekistonlik bokschi Hasanboy Do‘stmatov va Bahodir Jalolov final bahslarida ringga ko‘tariladi.

Telegram kanal@Daryo_Sport24Obuna bo‘lish

Siz qanday fikrdasiz?

Avval fikringizni yozing. Yuborishda hisobingizni tasdiqlaysiz.

O‘xshash yangiliklar