Zimbabve yetakchisi Emmerson Mnangagva prezidentlik saylovlari oldidan fuqarolarning hukumatni tanqid qilishiga chek qo‘yuvchi qonunni imzoladi. Bu haqda Bloomberg xabar berdi.
Qonun zimbabveliklar o‘rtasida vatanparvarlik tuyg‘usini rivojlantirishga qaratilgan bo‘lib, bunga qarshi bo‘lganlar uchun o‘lim jazosigacha bo‘lgan hukm nazarda tutilgan. Hukumatni tanqid qilish va uni ag‘darishga chaqirish, shuningdek, harbiy aralashuv, iqtisodiy sanksiyalar va savdo boykotlari uchun mamlakat ichida va tashqarisida mitinglar o‘tkazish taqiqlanadi.
Bunday harakatlar “mamlakat suvereniteti va milliy manfaatlariga qasddan zarar yetkazish” sifatida baholanadi. Ushbu jinoyatlarni sodir etganlar fuqarolikdan mahrum etilishi, 20 yilgacha qamoqqa olinishi yoki o‘lim jazosiga hukm qilinishi mumkin, garchi oxirgi jazo 20 yil davomida Zimbabveda qo‘llanilmagan.
Izoh (0)