• Profilga Kirish
  • 1744009905_435.svg 1744009905_642.svg

  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
Ўзбекча
Русский
English
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
    • USD12676.11
    • RUB161.56
    • EUR14975.56
    • Google play
    • App Store
    • Telegram
    • Toshkentda
      +24°C
      • Andijon
      • Qarshi
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Farg‘ona
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Termiz
      • Namangan
      • Toshkent
      • Navoiy
      • Toshkent vil
      • Nukus
      • Urganch
    • Daryo
      • Internet-nashr
      • Tahririyat haqida
      • Aloqa ma'lumotlari
      • Foydalanish shartlari
      • Maxfiylik siyosati
      • Yangiliklar arxivi
    • Reklama
    • Ijtimoiy tarmoqlar
      • Instagram | Rasmiy
      • Instagram | Lifestyle
      • Instagram | Sport
      • Facebook | Rasmiy
      • OK | Rasmiy
      • YouTube | Daryo
      • YouTube | Daryo Rus tilida
      • YouTube | Daryo Global
    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte
    Daryo logo white
    • O‘zbekiston
      • Boshqalar
      • Navoiy
      • Toshkent viloyati
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Qashqadaryo
      • Surxondaryo
      • Xorazm
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Namangan
      • Farg‘ona
      • Andijon
      • Qoraqalpog‘iston
      • Toshkent sh.
      • Mehridaryo
      • Ob-havo
    • Markaziy Osiyo
      • O‘zbekiston (Mahalliy)
      • Afg'oniston
      • Qirg‘iziston
      • Qozog‘iston
      • Turkmaniston
      • Tojikiston
    • Dunyo
    • Pul
      • Biznes
      • Iqtisodiyot
      • Moliya
      • Kripto
    • Madaniyat
      • Kino
      • Kitob
      • Musiqa
      • Shou-biznes
    • Layfstayl
      • Ayollar sahifasi
        • Farzand
        • Go‘zallik
        • Karyera
        • Maslahatlar
        • Moda
        • Retseptlar
      • Texnologiyalar
        • Arxitektura
        • Gadjetlar
        • Ilm-fan
        • Koinot
        • Media
      • Avto
      • Qo‘ziqorin
      • Sayohat
      • Salomatlik
      • Ta’lim
        • Abituriyent
        • Ingliz tilini o’rganamiz
    • Sport
      • Futbol
      • UFC
      • Boks
    infinix
    Daryo.uz - Login
    Daryo.uz Daryo.uz
    Daryo.uz - Login
    Dunyo

    “Ko‘chaga chiqqanlar otib tashlangan”: Buchadagi dahshatli voqealarni aholi qanday eslaydi — Ukrainadan eksklyuziv videoreportaj

    Rossiyaning 2022-yil 24-fevral kuni Ukrainaga qarshi “maxsus harbiy operatsiyasi” boshlangach, dastlabki nishonlardan biri Kiyev viloyatidagi Bucha shahri bo‘ldi. Shaharda rus qo‘shinlari va ukrain kuchlari o‘rtasida shiddatli jang boshlangach, Bucha 5-martdan 31-martgacha Rossiya qo‘shinlari nazorati ostida qoldi. 

    Biroq ular shaharni tark etib, Ukraina kuchlari Buchaga kirgach, ko‘chalarda qo‘li bog‘langan, qiynoqqa solingan yoki avtomatlar bilan otib tashlangan 400 dan ortiq odamlarning jasadi yotardi. Tekshiruv davomida 416 jasadning 70 foizi qiynoqqa solingan odamlar ekani aniqlandi. 

    “Daryo” jurnalisti Zulfiya Karimova qirg‘in bo‘lgan va ukrain rasmiylari tilida “dahshatli film sahnasi” deb ta’riflanadigan Buchada bo‘lib, jabrlangan aholi bilan suhbatlashdi va shahardagi vaziyatni ko‘zdan kechirdi.



    “Har bir uy hovlisida jasad ko‘milgan”

    Buchaga rus qo‘shinlari kirgach, aholi asosan yer to‘lalarda qo‘nim topgan. Evakuatsiya taklifiga rad javobini olgan ukrainlar qo‘rquv ostida uyida qolishga majbur bo‘lgan. Ko‘chaga ma’lum sabablar bilan chiqqan tinch aholi rus harbiylari nishoniga aylangan.

    Rus harbiylari 12-martgacha havo sovuqligini aytib, Buchada yotgan jasadlarni yig‘ishga ruxsat bermagan. Muddat o‘tgach, odamlar do‘kon aravachalarida yo‘llarda yotgan jasadlarni yig‘ishni boshlagan.

    “Markazlashtirilgan evakuatsiya bo‘lmagan, Buchada qolgan bir qancha aholi avtobusga o‘tirib, shahardan chiqib ketishlari bo‘yicha rus harbiylariga murojaat qilgan. Ular bunga ko‘nmagan, ammo birinchi evakuatsiyaga rozilik berilgach, odamlar Kiyev tomon harakatlanayotganda avtobuslari o‘qqa tutilgan”, — deydi Babel Media’ning sobiq bosh muharriri Yevgen Spirin.
    Foto: Yevgeniy Spirin / “Daryo”, Zulfiya Karimova

    Spirin Bucha go‘yoki qismlarga bo‘lingan piroq ekani va rus qo‘shinlari uni birma-bir bosib olganini ta’kidladi. U shaharni okkupatsiya qilishga bir hafta vaqt ketganini bildirdi.

    “Buchada mahalliy mudofaa kuchlari, partizanlar bo‘lib, ular qurollangan. Rus qo‘shinlari bunday qarshilikka duch kelishini bilmagan va shu sabab shaharni bosqichma-bosqich egallashni boshlagan. Har qanday uy hovlisida qabrni ko‘rish mumkin, men bilan bo‘lgan holatlardan biri qo‘shni qo‘shnisi ko‘mib, uning qabri qayerda ekanini unutgan”, — deydi u.

    Spirin har bir rus qo‘shinlari boshlig‘ining talab har xil bo‘lgani, biri jasadni ko‘mishga ruxsat bergan bo‘lsa, boshqasi buni xohlamagani va aholi qo‘rqqanidan uyini tark etmaganini ta’kidlaydi. 

    “Oilam bilan bog’cha yerto’lasida jon saqladik, qo’shnilarimizni otib tashlashdi”

    Buchaga bosqin boshlangach oilasi bilan bog‘cha yerto‘lasida yashiringan Aleksey qo‘shnilarining otib tashlangani, 300 ga yaqin odam bilan bog‘cha yerto‘lasida yashagani hamda Rossiyadagi qarindoshlari bilan aloqalari haqida gapirib berdi.

    Foto: Rus qo‘shinlari zarbasi oqibatida uyi vayron bo‘lgan Aleksey / “Daryo”, Zulfiya Karimova
    “Bizning ko‘chadan sutkasiga 100 ga yaqin harbiy transport vositalari o‘tgan, asosan bu tanklar, piyoda jangovar avtomobillar bo‘lgan. Ular yo‘lda turar-joylarni o‘qqa tutgan. 500 metr pastlikdagi blokpostlarda deyarli qurollanmagan hududiy mudofaa xodimlari bo‘lgan. Ular yashiringan, biroq Rossiya harbiylari ularni topib, bir necha kundan keyin otib tashlagan”, — deydi Aleksey.
    Foto: “Daryo”/ Zulfiya Karimova

    U rus qo‘shinlari Buchaga kelishidan bir necha soat oldin rafiqasi va bolalari bilan bog‘chada jon saqlagan. Yerto‘lada ulardan tashqari deyarli 300 ga yaqin odam bo‘lgan. Ayrimlar podyezdning yerto‘lasiga yashiringan, biroq tashqariga chiqqach otib tashlangan.

    “Qo‘shnim nima bo‘layotganini bilish uchun podyezddan chiqqanida otib tashlangan, u voqea joyida o‘lgan. Ko‘cha boshida ichida o‘lganlar jasadi bo‘lgan katta avtobus turardi. Taxminan 27 yoki 28-mart kuni ikki erkak choy ichish uchun yerto‘ladan chiqqan, rus soldatlari esa ular ortidan yugurib, avtomatdan o‘q uzgan. Biri halok bo‘lgan, ikkinchisi oyog‘idan yaralangan. Bundan tashqari 70 yoshli nafaqaxo‘r qo‘shnim ham otib tashlangan”, — deydi u.
    Foto: Rus harbiylari tomonidan nishonga olingan mashina / “Daryo” / Zulfiya Karimova

    Aleksiy hozirda rafiqasi va bolalari Germaniyada yashayotgani, ularning Buchaga qaytishini xavfsizlik sababli xohlamasligini ta’kidladi. Rossiyadagi qarindoshlari bilan aloqasi qandayligi haqida berilgan savolga esa quyidagicha javob berdi:

    “Onam rossiyalik, Rossiyada turadigan qarindoshlarim, amakivachchalarim bor. Ammo urush boshlangach, ular biz bilan gaplashishdan bosh tortmoqda. Ularga ko‘ra, biz (ukrainlar) o‘zimizga hujum qilyapmiz. Fevral oxirida Rossiyadagi qarindoshlarim bilan gaplashib, Buchadagi bosqin oqibatlarini ko‘rsatdim, ishonishmadi. Bizning uy o‘qqa tutilgach, ular bilan aloqam yomonlashdi”, — deydi jabrlanuvchi.
    Foto: Hujum oqibatida balkoni qulagan va vayron bo‘lgan turar joy / “Daryo” / Zulfiya Karimova

    Aleksey uyi o‘qqa tutilgani, rus qo‘shinlari vayron bo‘lgan uyidan deyarli hamma buyumlarni olib ketganini aytdi. 

    “Qo‘shni xonadonlarda rus snayperlari pozitsiyasi bo‘lgan. Rus harbiylari oshxona, bolalar xonasi, mehmonxonalardagi idishlar, jumladan, sanchqi, qoshiq, pichoq va texnikalarimizni olib ketishgan. Nega bunday qilishganlarini aytish qiyin”, — dedi u.

    Suhbat davomida jabrlanuvchi agar urushda jang qilish kerak bo‘lsa, Ukraina armiyasi safiga qo‘shilishini ta’kidladi.

    Foto: Aleksey o‘qqa tutilgan podyezdini ko‘rsatmoqda / “Daryo” / Zulfiya Karimova

    “Ko’chaga chiqqan ayollar qiziqish uchun otib tashlangan”

    Buchani bosib olish paytida o‘ldirilgan tinch aholini eksgumatsiya qilish va shaxsini aniqlash bilan shug‘ullangan Yevgen Spirin jarayon qanday kechganini gapirib berdi. U rus qo‘shinlarini shahardan ketgach, ko‘milgan jasadlar shaxsi aniqlanib, ekspertizadan o‘tkazilishi uchun morgga olib borilganini esladi. Eksgumatsiya kuni Buchaga Yevropa Komissiyasi prezidenti Ursula fon der Lyayen va Yevropa Ittifoqining tashqi ishlar va xavfsizlik siyosati bo‘yicha oliy vakili Jozep Borrel tashrif buyurgan.

    “Bucha morgi oyiga 25 kishini qabul qilishga mo‘ljallangan. U yerga dastlab 116 kishi olib borilgan, keyin esa qolgan hamma jasad yetkazilgan. Umumiy jasadlar soni 461 tani tashkil qilgan. Keyinchalik jasadlarning shaxsiga aniqlik kiritish uchun ular xolodilnigi bor Kiyev viloyatining turli shahar, qishloqlaridagi morglarga yuborilgan.
    U yerda jasadlarning raqami va hujjatlari yo‘qolishni boshlagan. Sababi urushning uchinchi oyi edi, bu tizimni yo‘lga qo‘yish qiyin bo‘lgan. Shu sabab 26-apreldan boshlab jasadlarni hammasini qayta yig‘ishni boshladik. Biroq ular aralash holda keldi, Buchaga aloqador bo‘lmagan jasadlar ham bor edi. O‘lganlarning shaxsiga aniqlik kiritish uchun uylar, mavjud manzillarni qidirib, marhumlarning qarindoshlarini topdik, qurbonlar qanday halok bo‘lgani haqida ayrim ma’lumotlarni qo‘lga kiritdik. Umumiy jasadlarning 70 foizi avtomat va pistoletlardan o‘qqa tutilgan”, — deydi u.
    Foto: Buchada halok bo‘lgan tinch aholi haqida to‘plangan ma‘lumotlar / “Daryo” / Zulfiya Karimova

    Shuningdek, Spirin baliq tashiladigan ikkita fura jasadlarni tashash uchun ishlatilganini, sababi xolodilniklarda jasadlarni saqlash kichiklik qilganini aytdi.

    “Qirg‘indan keyin ba‘zi joylarda jasadlarni yig’ish uchun katta qora paketlar bo’lganini aniqladik va tinch aholini o‘ldirish buyruq bo‘lganini tushundik”, — deydi u.

    Spirin Buchadagi voqealarni ham yodga olib, ruxsatnomaga ega bo‘lgan aholi ham o‘qqa tutilgani, suv va energiya kabi ehtiyojlar uchun ko’chaga chiqqan ayollar qiziqish uchun otib tashlangani, bir ayol mashinasida bolalari bilan ketguncha ustidan tank bosib ketganini yodga oldi.

    Bucha qabristoni

    Foto: “Daryo”/ Zulfiya Karimova

    Kiyev viloyatining Bucha shahridagi qabristonda 2022-yil fevral-mart oylarida rus qo‘shinlari tomonidan bosib olinishi chog‘ida shahar va uning atrofida halok bo‘lgan odamlar dafn etilgan. Shaxsi aniqlanmaganlarning ism va familiyalari o‘rniga xochga raqamlar belgilangan.

    Foto: “Daryo” / Zulfiya Karimova

    Ukraina Bosh prokuraturasi Bucha shahri aholisining bir qismini “shunchaki non yoki dori-darmon uchun ketgani, ukraincha gapirgani, ko‘ngillilarga yoki armiyaga yordam bergani” uchun o‘ldirganiga oid dalillar borligini aytgan. Rasmiy ma’lumotlarga ko‘ra, shaharda 468 ta odamning jasadi topilgan.

    Foto: “Daryo” / Zulfiya Karimova

    Shaharning hozirgi ko‘rinishi 

    Foto: “Daryo” / Zulfiya Karimova

    Bucha voqealariga bir yildan oshgani bois, shahar ma’lum ma’noda qayta tiklangan. Xorijiy davlatlar yordam ajratayotgani ortidan uyi vayron bo‘lgan aholi uchun bir xil turdagi turar joylar qad rostlagan va qurilish ishlari davom etmoqda. Quyida Ukraina harbiylari tomonidan yo‘q qilingan rus harbiy kolonnalari surati aks etgan ko‘chaning oldingi va hozirgi ko‘rinishi:

    Foto: Getty Images
    Foto: “Daryo” / Zulfiya Karimova

    Buchansk shahar kengashi kotibi Taras Shapravskiyga ko‘ra, Buchada urushgacha 40-42 ming kishi yashagan, ularning aksariyati evakuatsiya qilingan va deokkupatsiyadan keyin shaharda 5000 ga yaqin odam qolgan.

    Foto: “Daryo” / Zulfiya Karimova

    Hozirda shaharda tiklanishlar bo‘layotgani natijasida aholi soni ko‘paygan. Rossiya qo‘shinlari Buchadan ketgach, shaharga aviazarbalar berilmagan, biroq raketa tovushlari qayd etilgan.

    Rasman Moskva Buchada tinch aholining qirg‘in qilinishiga aloqadorligini inkor etadi. Rossiya Buchada tinch aholining o‘ldirilishini xalqaro tergov qilish tashabbusidan voz kechgan.

    14.07.2023, 19:57   Izoh (0)   18751
    Facebook Twitter LinkedIn Telegram Email
    Zulfiya Karimova

    Izoh (0)

    Kirish
    Javob qoldiring Bekor qilish

    Mavzuga doir

    Kim Chen Inning singlisi BMT Xavfsizlik kengashi AQSH tarafini olayotganini aytdi

    14.07.2023, 19:54

    Xitoyda bolalarni zaharlagani uchun bog‘cha tarbiyachisi qatl etildi

    14.07.2023, 19:25

    Eronda hijob o‘rash qoidasini buzgan ayol qamoqqa tashlandi 

    14.07.2023, 19:22

    Amazon dunyodagi eng qimmat IT brendlar reytingida birinchi o‘rinni egalladi

    14.07.2023, 18:50

    Isroil Shvetsiyada Tavrotni yoqishga ruxsat berilganini qoralab chiqdi

    14.07.2023, 18:42

    Ukraina razvedkasi Putin haqida qanday qilib ma’lumot to‘plashini ochiqladi

    14.07.2023, 18:28
    ×Lightbox Image

    Daryo.uz | Sizning muammoingiz yechimi


    “Kia Go!”: Kia Sonet egalarining uchrashuvi – yil davomida birga


    Kapitalbank investitsiyalari – O‘zbekiston yoshlari kelajagiga sarmoya


    “Kia Go!”: Kia Sonet egalarining uchrashuvi – yil davomida birga


     Navoiy innovatsiyalar universiteti: zamonaviy bilim sari ishonchli qadam 


    “AloqaBank” yoshlar bilan ishlashga oid dasturlarni kengaytirmoqda


    Faqat tekshirilgan foydalanuvchilar: nima uchun to‘lov ilovalari  shaxsni tasdiqlashni so‘raydi


    Qayerga investitsiya kiritish mumkin? Qanday aktiv turlari mavjud? 


    Toshkentda Sting brendi homiyligida "Formula-1" filmining premyerasi bo‘lib o‘tdi


    Qashqadaryoning Chimyoni – Miraki haqida siz bilmagan faktlar


    Fitch Kapitalbankning reytingini "Ijobiy" prognoz bilan tasdiqladi


    NRG Uzbekistan zamonaviy va keng majmua — Maftun Makon turar joy mavzesini qurish bo‘yicha ulkan loyihani amalga oshirmoqda


    Qashqadaryo va Buxoroda amalga oshirilgan quyosh energiyasi loyihalariga 1 yil to‘lishi munosabati bilan rasmiy tadbir bo‘lib o‘tdi


    BI Group va Asakabank O‘zbekistonda tijorat ko‘chmas mulki uchun biznes ipotekasini ishga tushirdi


    Fitch Ratings “Biznesni rivojlantirish banki” ATB kredit reytingini oshirdi 


    Yoz osmonning o‘zidayoq boshlanadi: Silk Avia Toshkentdan Issiqko‘lga kunlik aviaqatnovlarni yo‘lga qo‘ymoqda

     

    Tavsiya etamiz

    NATO tarixi – dunyodagi eng qudratli harbiy tashkilotning obro‘si pasaymoqdami?

    26 iyun, 20:31
    Audio Icon

    Joy hammaga yetardi: Jeyms Kemeronga ko‘ra, “Titanik” yo‘lovchilarining omon qolish imkoniyati bo‘lgan

    25 iyun, 23:50

    “Trampning Titanigi to‘xtaydi” — Eron elchisi

    25 iyun, 13:39

    AQSHning Yaqin Sharqdagi harbiy bazalari soni nechta va qayerda joylashgan?

    24 iyun, 19:05
     
     
     

    So‘nggi yangiliklarga o‘tish

    O‘zbekistonda endi 7-9-sinf o‘quvchilari universitetda ham o‘qitiladi

    O‘zbekiston | 1 iyul, 23:15

    “Daryo” dayjesti: 1-iyulning eng muhim xabarlari

    O‘zbekiston | 1 iyul, 23:00

    Uorren Baffet 6 mlrd dollarlik Berkshire aksiyalarini xayriya qildi

    Dunyo | 1 iyul, 22:40

    Toshkent arxitektura-qurilish universitetida dual ta’lim joriy etiladi

    O‘zbekiston | 1 iyul, 22:25

    3 yil davomida uydan chiqmagan erkak axlat va chiqindilar uyumi orasidan topildi

    Dunyo | 1 iyul, 22:14

    “Kunning kamida 2-3 soatini salqin xonada o‘tkazing”. JSST anomal issiqda aholiga zarur bo‘lgan tavsiyalar berdi

    O‘zbekiston | 1 iyul, 21:55

    AQSH sog‘liqni saqlash vaziri amerikaliklarni dunyodagi eng kasal millat deb atadi

    Dunyo | 1 iyul, 21:45

    “Yoshlar Ittifoqi” qurib bitkazgan “Asr qurilishi” — BAM tarixi

    Dunyo | 1 iyul, 21:35

    WP: Mask raqobatchilarning maxfiy ma’lumotlariga kirish imkoniyatiga ega bo‘lgan

    Dunyo | 1 iyul, 21:25
    Daryo About Us

    “Daryo” internet-nashrining (O‘zbekiston matbuot va axborot agentligi (O‘zMAA, hozirgi O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi) tomonidan 13.03.2015 yil sanasida 0944-sonli guvohnoma bilan ommaviy axborot vositasi sifatida ro‘yxatga olingan. Matnli materiallarni to‘liq ko‘chirish yoki qisman iqtibos keltirishga, shuningdek, fotografik, grafik, audio va/yoki videomateriallaridan foydalanishga “daryo.uz” saytiga giperhavola mavjud bo‘lgan va/yoki “Daryo” internet-nashrining muallifligini ko‘rsatuvchi yozuv ilova qilingan taqdirda yo‘l qo‘yiladi. Chop etiladigan ba’zi ma’lumotlar 18 yoshga to‘lmagan foydalanuvchilarga mo‘ljallanmagan bo‘lishi mumkin. Info@daryo.uz

    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte

    © «Simple Networking Solutions» MChJ, 2013–2025

    Yosh bo‘yicha cheklov

    Xato topdingizmi? Ctrl+Enter’ni bosing

    • Foydalanish shartlari
    • Maxfiylik siyosati
    • Reklama
    Nimani qidiramiz?

    Sign In or Register

    Xush kelibsiz!

    Tizimga kiring yoki Roʻyxatdan oʻting.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Roʻyxatdan oʻting

    Roʻyxatdan oʻtganmisiz? Login.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Sizga parol elektron pochta orqali yuboriladi.

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Matnda xato topdingizmi?

    ×

    Rahmat. Biz sizning xabaringizni oldik va xatoni imkon qadar tezroq tuzatamiz.