Saudiya Arabistonida shifokorlar 49 yoshli erkakning tomog‘iga tiqilib qolgan kalitni olib tashlashga muvaffaq bo‘ldi. Bu haqda Al-Arabiya xabar berdi.
Ma’lum qilinishicha, erkak kalit bilan o‘ynab, uni yutib yuborgan. Bu qisman bo‘g‘ilishga sabab bo‘lgan. Rentgen tekshiruvi traxeyada joylashgan metall kalitni ko‘rsatgan.
Jarrohlik aralashuvi shoshilinch ravishda amalga oshirilgan, chunki bemorda yurak bilan bog‘liq muammolar borligi xabar qilingan. Qizil dengiz bo‘yidagi Al-Kunfudxa shahridagi tibbiy guruh reanimatsiyaga yotqizilgan erkakni 15 daqiqada operatsiya qilgan.
Izoh (0)