Hindiston koinot agentligi Oyning janubiy qutbiga lunoxodni olib chiqishi kerak bo‘lgan raketani muvaffaqiyatli uchirdi.
“Chandrayaan-3” missiyasi mahalliy vaqt bilan soat 14:35 da Hindistonning janubiy Andxra-Pradesh shtatidagi asosiy Shrixarikota kosmodromidan LVM3 raketasida havoga ko‘tarildi.
Hindiston kosmik tadqiqotlar tashkiloti (ISRO) kosmik kemaning Yer orbitasiga muvaffaqiyatli kirganini tasdiqladi. Puxta rejalashtirilgan bir qator manyovrlardan so‘ng, kema 23-avgust kuni Oyning janubiy qutbi yaqiniga qo‘nishi kutilmoqda.
Muvaffaqiyatli qo‘nish Hindistonni AQSH, sobiq Sovet Ittifoqi va Xitoydan keyin Oyga zond qo‘ndirgan to‘rtinchi va Oyning janubiy qutbi yaqinida bu ishni amalga oshirgan birinchi davlatga aylantiradi.
Izoh (0)