• Profilga Kirish
  • 1751972643_633.png 1751972643_245.png 1751959824_218.svg 1751959824_520.svg

  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
Ўзбекча
Русский
English
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
    • USD12413.79
    • RUB154.86
    • EUR14468.27
    • Google play
    • App Store
    • Telegram
    • Toshkentda
      +26°C
      • Andijon
      • Qarshi
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Farg‘ona
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Termiz
      • Namangan
      • Toshkent
      • Navoiy
      • Toshkent vil
      • Nukus
      • Urganch
    • Daryo
      • Internet-nashr
      • Tahririyat haqida
      • Aloqa ma'lumotlari
      • Foydalanish shartlari
      • Maxfiylik siyosati
      • Yangiliklar arxivi
    • Reklama
    • Ijtimoiy tarmoqlar
      • Instagram | Rasmiy
      • Instagram | Lifestyle
      • Instagram | Sport
      • Facebook | Rasmiy
      • OK | Rasmiy
      • YouTube | Daryo
      • YouTube | Daryo Rus tilida
      • YouTube | Daryo Global
    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte
    Daryo logo white
    • O‘zbekiston
      • Boshqalar
      • Navoiy
      • Toshkent viloyati
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Qashqadaryo
      • Surxondaryo
      • Xorazm
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Namangan
      • Farg‘ona
      • Andijon
      • Qoraqalpog‘iston
      • Toshkent sh.
      • Mehridaryo
      • Ob-havo
    • Markaziy Osiyo
      • O‘zbekiston (Mahalliy)
      • Afg'oniston
      • Qirg‘iziston
      • Qozog‘iston
      • Turkmaniston
      • Tojikiston
    • Dunyo
    • Pul
      • Biznes
      • Iqtisodiyot
      • Moliya
      • Kripto
    • Madaniyat
      • Kino
      • Kitob
      • Musiqa
      • Shou-biznes
    • Layfstayl
      • Ayollar sahifasi
        • Farzand
        • Go‘zallik
        • Karyera
        • Maslahatlar
        • Moda
        • Retseptlar
      • Texnologiyalar
        • Arxitektura
        • Gadjetlar
        • Ilm-fan
        • Koinot
        • Media
      • Avto
      • Qo‘ziqorin
      • Sayohat
      • Salomatlik
      • Ta’lim
        • Abituriyent
        • Ingliz tilini o’rganamiz
    • Sport
      • Futbol
      • UFC
      • Boks
    infinix
    Daryo.uz - Login
    Daryo.uz Daryo.uz
    Daryo.uz - Login
    Shou-biznes

    Hechdan ko‘ra kech yaxshi: 40 yoshdan keyin mashhurlikka erishgan o‘zbek san’at vakillari (foto)

    Omad necha yoshda kulib boqishini oldindan bilish qiyin. San’at vakillari orasida ham bir necha yil davomida rollari omadli chiqishini kutib yashagan va 40 yoshdan keyin mashhurlik cho‘qqisini zabt etgan ijodkorlar bisyor.

    Ubaydullo Omonning kinodan ketishiga nima sabab bo‘lgan? 

    O‘zbekiston xalq artisti Ubaydullo Omon kinodagi ilk rolini 21 yoshida ijro etgan. Ya’ni u 1969-yili rejissor Anatoliy Qobulovning “Bahor yomg‘irlari” filmida bosh qahramon Samig‘ rolini yaratgan. 1972-yili oilaviy sharoiti sabab, Buxoroga qaytib ketishiga to‘g‘ri keladi.  

    Foto: “Daryo”

    — “Yosh gvardiya” teatrida rejissor bo‘lib ishlayotganimda Toshkentdan ikki xonali uy sovg‘a qilishgandi. Ikki qizim dunyoga kelib, yaxshi ishlab yurgan paytimizda Buxorodan noxush xabar keldi. Qaynotam olamdan o‘tib qolganini aytishdi. Dafn marosimlari o‘tganidan keyin otam rahmatli “Kelinning yettita yosh ukasi qoldi, ularning biri nogiron. Sen qaytib qaynonangga qarashmasang bo‘lmaydi”, degan. Shu gapdan keyin Toshkentdagi karyerani yakunlab, Buxoroga ko‘chib o‘tganmiz, — deydi aktyor Ubaydullo Omon.

    U aktyorlikdan tashqari, bir necha yil teatrda rejissorlik ham qilgan. Kinodagi 17 yillik tanaffusdan so‘ng rus kino ijodkorlari tomonidan suratga olingan “Vatanga qaytish” filmidagi roli bilan faoliyatini qayta tiklagan. 2004-yili suratga olingan “Marjona” va “Sarvinoz” kabi filmlardagi rollari uni o‘zbek tomoshabinlariga yaqindan tanishtirgan. 2008-yili suratga olingan “Faryod” filmidagi soqov ota roli aktyorni qaytadan kashf etdi desak mubolag‘a bo‘lmaydi. U paytda aktyor 46 yoshni qarshilagan edi.  

    Aziza Begmatova salkam 40 yil kutilgan rol...

    O‘zbekiston xalq artisti Aziza Begmatova kinodagi faoliyatini 1989-yilda boshlagan. Ammo ancha yilga qadar uni asosiy rollarga taklif etishmagan. Shu boisdanmi unga 43 yoshiga qadar mashhurlik baxti nasib etmaydi. 

    Foto: Skrin

    — Bahodir Yo‘ldoshevga 40 yilda onam bilan uchrashganim, uning gapirishi, fe’l-atvori haqida gapirib berganman. U bir nechta savollarni bergan. Keyin bilsam u gaplarimni eshitib, xayolan Checha obrazini yaratgan ekan. Bu rol menga nasib etdi, bir necha yil davomida dublyorsiz uni ijro etdim. Haqiqatan ham spektakl kutilganidan ham ko‘proq mashhurlikka erishdi va meni butun O‘zbekistonga checha sifatida tanitdi, —deydi aktrisa Aziza Begmatova.

    Aktrisa bu yil 80 yoshni qarshilaydi. “Checha” spektaklidan so‘ng uning klip va filmlarga ham xuddi ana shu obrazi uchun taklif etishgan. Tomoshabinlar ham uni ismi emas, balki obrazi bilan yaxshiroq tanishadi.

    Yodgor Sa’diyev: “Ilk mukofotni 43 yoshimda olganman”

    O‘zbekiston xalq artisti Yodgor Sa’diyev ham 50 yoshdan keyin mashhurlikka erishgan ijodkorlardan biri hisoblanadi. U kinodagi faoliyatini 1967-yilda “Dilbarim” filmidagi roli bilan boshlagan bo‘lishiga qaramay, uni mashhur qilgan rol Asadbek hisoblanadi.

    Foto: “Daryo”

    — Hozirgi yoshlar birdan mashhur bo‘lib ketgisi keladi. Shaxsan men 43 yoshimda ilk davlat mukofotini qo‘lga kiritganman. O‘shanda rahmatli O‘zbekiston Respublikasining birinchi Prezidenti Islom Karimovga birinchi mukofotim ekanligini aytganimda qulog‘imga “Men ham birinchi marta topshiryapman”, degandi, — deydi aktyor Yodgor Sa’diyev.

    Aktyor 1990-yildan to 1998-yilga qadar birorta filmda suratga tushmagan. Bor e’tiborini teatrdagi faoliyatiga qaratib, qator rollarni ijro etgan. “Shaytanat” serialidagi Asadbek esa uning aktyor sifatida mashhurlikka erishishiga sabab bo‘lgan.

    Zulayho Boyhonovaga aktrisalikda omad kulmadi

    Foto: Instagram / @zulayhoboyxonova

    O‘zbekiston xalq artisti Zulayho Boyhonova xonandalikdan avval teatr aktrisasi bo‘lgan. Filmlarda ham katta-kichik rollarni ijro etgan. Ammo ijodkor qo‘shiqchi sifatida ancha kech tanildi. Ustozi Abduhoshim Ismoilov bilan hamkorlikda yaratgan “Hay-hay” qo‘shig‘i uni xalqqa yaqinlashtirdi.

    Zulayho Boyhonova san’atdagi faoliyatini 1986-yili boshlagan. Ammo unga mashhurlik baxti 2008-yilda nasib etdi. “Hay-hay” qo‘shig‘i yaratilganida ijodkor 44 yoshda edi.

    “‘Sevginator’ orqali 66 yoshda tanildim”

    Foto: Shafoat Rahmatullayevaning shaxsiy arxividan

    O‘zbekiston xalq artisti Shafoat Rahmatullayeva ijoddagi faoliyatini 1965-yilda boshlagan. Shu kungacha Jizzax, Sirdaryo va Qo‘qon teatrlarida faoliyat yuritgan. U kinodagi ilk rolini “Masxaraboz” filmida ijro etgan.

    Ammo aktrisaning xalq orasida tanilishiga “Sevginator” filmi sabab bo‘lgan. Rejissor Abduvohid G‘aniyevning “Sevginator” filmi suratga olinganida aktrisa 66 yoshda edi. Ijarachi ayol roli aktrisaga kutilmagan mashhurlik olib keldi.

    14.07.2023, 11:36   Izoh (0)   26282
    Facebook Twitter LinkedIn Telegram Email

    Izoh (0)

    Kirish
    Javob qoldiring Bekor qilish

    Mavzuga doir

    Gollivud aktyori Jeyson Momoa akulalar to‘dasi bilan birga suzdi (video)

    14.07.2023, 09:42

    Gollivud yulduzi Tom Kruz kosmosda film suratga olishga tayyorlanmoqda

    13.07.2023, 20:22

    Natali Portman, Jessika Chesteyn va boshqa Gollivud aktrisalari ilk rolini ijro etgan vaqtda qanday ko‘rinishda bo‘lgan? (foto) 

    13.07.2023, 17:54

    Faqat qiz farzandlarni tarbiyalayotgan o‘zbekistonlik san’atkorlar (foto)

    13.07.2023, 16:47

    Bahrom Nazarov, Ra’no Shodiyeva va san’at uchun asl kasbidan voz kechgan boshqa mashhurlar (foto)

    13.07.2023, 14:46

    Jahon yulduzlarning o‘ziga ikki tomchi suvdek o‘xshaydigan mashhur farzandlari (foto)

    13.07.2023, 13:40
    ×Lightbox Image

    Daryo.uz | Sizning muammoingiz yechimi


    HAVAL O‘zbekistonda yangi modellarni namoyish etdi: HAVAL H6 Facelift va HAVAL H9 taqdimot kechasi


    Uzbekistan Airways bilan Istanbulga foydali parvoz qiling!


    Smart Business O‘zbekistonda UZCARD va Humo kartalarini qabul qilish uchun yagona yechimni taqdim etadi 


    Pepsi Taste Challenge 2025: Pepsi yana oldinda — O‘zbekistonda 59,28% ovozga sazovor bo‘ldi 


    Kapitalbank va Korporativ sport assotsiatsiyasi hamkorlik memorandumini imzoladi


    UZTELECOM simli internetni modernizatsiya qilmoqda: abonentlar GPON va FTTx orqali 100 Mbit/s dan yuqori tezlikka ega bo‘ladilar


    Accor Toshkentda Swissôtel Tashkent ochilishini nishonlamoqda, shveysariya uslubidagi hashshamatni O‘zbekiston poytaxtiga olib kelmoqda


    BI Group O‘zbekistonda turar joy binosining zilzilabardoshligini ochiq sinovdan muvaffaqiyatli o‘tkazdi


    Mobiuz Andijon, Namangan va Farg‘ona viloyatlarida 5G ning yangi imkoniyatlarini ochmoqda


    Universalbank o‘zini o‘zi band qilgan fuqarolar uchun yangi “Mikrokredit 300 ”ni ishga tushirdi 


    “Trastbank” kichik biznesni rivojlantirish uchun 1 mlrd so‘mgacha kredit taklif etadi


    HONOR talabalarni qo‘llab-quvvatlovchi aksiyani e’lon qildi 


    Kelajak – bugungi qilgan harakatingiz samarasidir. O‘zingizga ishonch esa har qanday yutug‘ingizning boshlanishi 


    Imzo Glass mahsulotlari Buyuk Britaniyaga eksportga yuborildi


    “Biznesni rivojlantirish banki” 1 trln 273 mlrd so‘mlik ipoteka krediti ajratdi

     

    Tavsiya etamiz

    Islom Karimovning sobiq matbuot kotibi “Otamdan qolgan dalalar” filmi taqiqlanish sababini oshkor qildi

    21 avgust, 11:58

    Turkiyada oyoq suyaklarini sindirib, bo‘yni o‘stirish operatsiyasi ommalashmoqda (foto)

    21 avgust, 11:52

    Hisob palatasi nega hisobdor emas?

    20 avgust, 19:50

    AQSH prezidenti 6 ta urushni to‘xtatganini da’vo qildi. Aslidachi?

    20 avgust, 11:05
     
     
     

    So‘nggi yangiliklarga o‘tish

    Andijonda 811 ta holatda jamoat joylarida tig‘li buyumlar olib yurgan fuqarolar aniqlandi

    O‘zbekiston | 23 avgust, 00:05

    Buxoroda ikki yilda bir marta xalqaro sanʼat biyennalesi o‘tkaziladi

    O‘zbekiston | 22 avgust, 23:50

    “Ishlamasa, ana katta ko‘cha” — Erkinjon Turdimov Sirdaryoda boqimandalar ko‘payib ketganini aytdi

    O‘zbekiston | 22 avgust, 23:41

    Ruminiya ittifoqchilarga harbiy bazalarini ochishga tayyorligini bildirdi

    Dunyo | 22 avgust, 23:35

    Venesuela AQSH bilan urushga tayyorlanyapti

    Dunyo | 22 avgust, 23:25

    O‘zbekiston real ish haqi oshishi bo‘yicha qo‘shni davlatlardan ortda qolmoqda — hisobot

    Iqtisodiyot | 22 avgust, 23:15

    Xitoyda o‘tkaziladigan SHHT sammitiga 20 dan ortiq davlat rahbarlari tashrif buyuradi

    Dunyo | 22 avgust, 23:05

    AQSH Federal qidiruv byurosi agentlari Trampning sobiq maslahatchisi Jon Boltonning uyida tintuv o‘tkazgan

    Dunyo | 22 avgust, 22:55

    Koinotda Quyosh tizimining sirlarini saqlayotgan vaqt kapsulasi topildi

    Dunyo | 22 avgust, 22:40
    Daryo About Us

    “Daryo” internet-nashrining (O‘zbekiston matbuot va axborot agentligi (O‘zMAA, hozirgi O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi) tomonidan 13.03.2015 yil sanasida 0944-sonli guvohnoma bilan ommaviy axborot vositasi sifatida ro‘yxatga olingan. Matnli materiallarni to‘liq ko‘chirish yoki qisman iqtibos keltirishga, shuningdek, fotografik, grafik, audio va/yoki videomateriallaridan foydalanishga “daryo.uz” saytiga giperhavola mavjud bo‘lgan va/yoki “Daryo” internet-nashrining muallifligini ko‘rsatuvchi yozuv ilova qilingan taqdirda yo‘l qo‘yiladi. Chop etiladigan ba’zi ma’lumotlar 18 yoshga to‘lmagan foydalanuvchilarga mo‘ljallanmagan bo‘lishi mumkin. Info@daryo.uz

    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte

    © «Simple Networking Solutions» MChJ, 2013–2025

    Yosh bo‘yicha cheklov

    Xato topdingizmi? Ctrl+Enter’ni bosing

    • Foydalanish shartlari
    • Maxfiylik siyosati
    • Reklama
    Nimani qidiramiz?

    Sign In or Register

    Xush kelibsiz!

    Tizimga kiring yoki Roʻyxatdan oʻting.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Roʻyxatdan oʻting

    Roʻyxatdan oʻtganmisiz? Login.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Sizga parol elektron pochta orqali yuboriladi.

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Matnda xato topdingizmi?

    ×

    Rahmat. Biz sizning xabaringizni oldik va xatoni imkon qadar tezroq tuzatamiz.