“Monako” hujumchisi Vissam Ben-Yedder jinsiy zo‘ravonlikda ayblanmoqda.
France Info nashrining xabariga ko‘ra, politsiya futbolchiga nisbatan tergov ishlarini boshlagan. 19 va 20 yoshli ikki qiz Vissam Ben-Yedder va yana bir erkakni jinsiy zo‘ravonlikda ayblamoqda.
Grass prokuraturasi bu ayblovlarni tasdiqladi. Ikkinchi gumonlanuvchi shaxsning ismi oshkor etilmagan, ehtimol u Vissamning ukasi bo‘lishi mumkin. Ish Nitssa prokuraturasiga yuborilgan.
Ben-Yedder ham, uning ukasi ham hozircha hibsga olinmagan va so‘roq qilinmagan.
Avvalroq, “PSJ” hujumchisi Ashraf Hakimi, boks afsonasi Mayk Tayson, braziliyalik himoyachi Dani Alves ham jinsiy zo‘ravonlikda gumon qilingandi.
Izoh (0)