Andijon viloyatidagi maktablarning birida 17 yoshli yigit Instagram’dagi yozishma sabab 18 yoshli tanishini do‘pposladi. Viloyat IIB holat yuzasidan ma’lumotlarni ochiqladi.
Unga ko‘ra, 12-iyul kuni Andijon shahrida yashovchi, 2006-yilda tug‘ilgan N.I. o‘ziga tanish bo‘lgan, Oltinko‘l tumanida yashovchi, 2005-yilda tug‘ilgan K.M.ni Instagram orqali haqorat qilganini sabab qilib, uni 23-sonli umumtaʼlim maktabi hududiga chaqirtirgan. Bu joyda N.I. tanishi K.M.ga nisbatan jismoniy kuch ishlatgan. Sodir bo‘lgan voqeada K.M.ning tan jarohati olgan yoki olmaganini aniqlash maqsadida sud tibbiy ekspertizasi tayinlangan.
Ushbu holat voqea ishtirokchilari, ularning ota-onalari hamda maktab ishchi-xodimlari ishtirokida muhokama qilinib, hozirda Andijon shahri bo‘yicha IIO FMB tomonidan tergovga qadar tekshiruv ishlari olib borilmoqda.
Izoh (0)