Tailandda yengil atletika bo‘yicha 2023-yilgi Osiyo chempionati davom etmoqda.
13-iyul kuni o‘tkazilgan bosqon uloqtirish bo‘yicha musobaqada O‘zbekiston vakili Suhrob Xo‘jayev kumush medaliga sazovor bo‘ldi.
Xo‘jayev eng yaxshi urinishda 71,83 metr natija qayd etdi. Oltin medal egasi xitoylik Li Van 72,13 metr natija ko‘rsatgan. 71,8 metr natijaga ega Yaponiya vakili Fukuda Shota kuchli uchlikdan o‘rin oldi.
Shu tariqa O‘zbekiston delegatsiyasi mazkur Osiyo chempionatidagi ilk medalni qo‘lga kiritdi.
Osiyo chempionati 16-iyulga qadar davom etadi. Oldinda sportchilarni uzunlikka va balandlikka sakrash, uch hatlab sakrash, yadro uloqtirish, bosqon va disk uloqtirish, yettikurash hamda yugurish yo‘nalishlari bo‘yicha musobaqalar kutib turibdi.
Izoh (0)