Toshkent viloyati hududida fuqaro IIB xodimlariga pichoq o‘qtalgani ko‘ringan video tarqaldi. “Daryo” voqea haqida maʼlumot olish maqsadida Ichki ishlar vazirligi axborot xizmati rahbari Shohrux G‘iyosov bilan bog‘landi.
Shohrux G‘iyosov voqeani tasdiqlar ekan, tez orada vazirlikning rasmiy saytida bu haqda batafsil maʼlumot berilishini maʼlum qildi.
Videoda fuqaroning har ikki qo‘lida pichoq borligini ko‘rish mumkin. U bir nafar IIB xodimiga pichoq o‘qtalib, uni yaralashga ham uringan. Ikkinchi xodim esa fuqaroga qurol o‘qtalib turibdi.
IIB xodimlaridan biri rezina tayoq bilan fuqaroning boshi va qo‘liga urib, uni qurolsizlantirishga uringan. Biroq ehtiyotsizlik sabab yiqilib tushgan, shundan so‘ng fuqaro unga yaqinlashib, pichoq bilan yaralashga harakat qilgan.
Yiqilib tushgan IIB xodimiga yordamga kelgan fuqarolar va yana ikki nafar IIB xodimining yordami bilan pichoq ko‘tarib olgan fuqaroning quroli tortib olingan.
Izoh (0)