AQSH prezidenti Jo Bayden plyajda oilaviy dam oldi. Bu haqda Daily Mail xabar berdi.
U sohilga rafiqasi Jill va 22 yoshli nabirasi Finnegan bilan kelgan. AQSH armiyasining 80 yoshli bosh qo‘mondoni plyajda toshbaqa tasvirlari tushirilgan shorti, oq futbolka va sport poyabzalida ko‘rinish bergan.
U kepka va qora ko‘zoynakda bo‘lgan. Guvohlarning aytishicha, ta’tilda prezidentga minimal xavfsizlik choralari ko‘rilgan.
AQSH prezidenti va uning oilasi olomon orasida quyoshdan soyabon ostida dam olgan. Avvaliga Bayden soyabon ostidagi o‘rindiqda o‘tirib, kitob o‘qigan, so‘ng quyosh ostida toblangan.
Ommaviy axborot vositalari Oq uy rahbari Delaver shtatidagi Rexobot-Bichdagi uyi oldida oilaviy ta’til tashkillashtirganini aniqlagan.
“Faoliyatimiz davomida Jill va men butun oilamizni olib kelishimiz mumkin bo‘lgan plyaj oldida uy sotib olishni orzu qilgan edik. Biz juda omadlimiz, endi buni uddalay olamiz va oilamiz bilan vaqt o‘tkazishni orziqib kutamiz” — degan edi Bayden.
Izoh (0)