Isroilning Tel-Aviv shahridagi avtohalokatda jabrlanganlar soni sakkiz kishiga yetdi, deb xabar berdi mamlakat politsiyasi.
Politsiyaning Jerusalum Post nashriga ma’lum qilishicha, mashina haydovchisi piyodalarni urib yuborganidan so‘ng, u mashinadan tushib, yana bir isroillikning bo‘yniga pichoq urgan. Shundan so‘ng hujumchi o‘tkinchilardan biri tomonidan o‘ldirilgan.
Tel-Aviv politsiyasi boshlig‘ining ta’kidlashicha, terrorchi yolg‘iz harakat qilgan.
Voqea joyida shifokorlar yaradorlarga yordam berishmoqda. Jabrlanganlardan birining ahvoli og‘ir deb baholanmoqda, yana kamida ikki kishining ahvoli o‘rtacha og‘irlikda. Yaradorlar shahardagi turli tibbiyot muassasalariga evakuatsiya qilinmoqda.
Izoh (0)