Supermodel Naomi Kempbell ijtimoiy tarmoqlardagi sahifasida shaxsiy hayoti bilan bog‘liq xushxabarni e’lon qildi. Model ikkinchi marta ona bo‘ldi. Hozir 53 yoshda bo‘lgan Naomining ikkinchi farzandini surrogat ona dunyoga keltirgan. U hozircha chaqaloqning ismini sir saqlamoqda.
![](/static/AdMe/photo_2023-06-30_11-24-12 (2).jpg)
“Kichkintoyim, bilginki, seni o‘z tashrifing bilan mamnun qilganingdan buyon cheksiz qadrlaymiz va muhabbat bilan o‘ralgansan. Yaratganning haqiqiy tuhfasi muborak bo‘lsin. Bolajonim, xush kelibsan. Hech qachon ona bo‘lishga kech emas”, — deb izoh qoldirgan Naomi o‘zining shaxsiy sahifasida.
![](/static/AdMe/photo_2023-06-30_11-18-42.jpg)
Ma’lumot uchun, Naomi Kempbell 1970-yilning 22-may sanasida Buyuk Britaniyada dunyoga kelgan. U 15 yoshidan podiumlarda ishlagan. Model Vogue, Time jurnallarining fransuz va ingliz nashrlari muqovasida paydo bo‘lgan birinchi qora tanli ayol hisoblanadi. Kempbell bolaligini Rimda o‘tkazgan, u yerda modelning onasi raqqosa bo‘lib ishlagan. Naomi Kempbell 2021-yilda ilk marta ona bo‘lgan. Supermodel hozirga qadar qizalog‘ini tarbiya qilayotgan edi.
Izoh (0)