DXX ko‘p qavatli uy qurmoqchi bo‘lgan tadbirkordan 300 ming AQSH dollari talab qilgan DUK xodimini qo‘lga oldi.
Ma‘lum qilinishicha, “Yunusobod business city” tadbirkorlik markazini qurish va ekspluatatsiya qilish direksiyasi” DUK xodimi mazkur markazda ko‘p qavatli turar joy binolari qurish uchun ruxsat beruvchi hujjatlarni rasmiylashtirib berish evaziga tadbirkordan 300 ming AQSH dollari olayotgan vaqtida ushlandi.
“Yunusobod business city” tadbirkorlik markazini qurish va ekspluatatsiya qilish direksiyasi hamda tadbirkor o‘rtasida tuzilgan shartnomaga muvofiq, markaz hududidagi eski uylarni buzish va qurilish uchun joy tayyorlash maqsadida avvalroq tadbirkor tomonidan direksiya hisobiga 22 milliard so‘m miqdoridagi investitsiya mablag‘i o‘tkazib berilgan.
Lekin shunga qaramasdan direksiya xodimi hujjatlarni rasmiylashtirishni ortga surib, ushbu masalani ijobiy hal qilib berish uchun pul talab qilgan.
Izoh (0)