Qashqadaryo viloyati Koson tumanida homiylar tomonidan 2 kelin-kuyov nikoh to‘yi va o‘nlab bolalarga sunnat to‘yi o‘tkazib berildi. Bu haqda Koson tumani hokimligi axborot xizmati xabar berdi.
Unga ko‘ra, 30-iyun Yoshlar kuni va Qurbon hayiti munosabati bilan Koson tumani “Shohsaroy” to‘yxonasida viloyat “Mehr-muruvvat mo‘jizasi” xayriya jamg‘armasi, hamkor tashkilotlar hamda Koson tumani madaniyat va turizm bo‘limi bilan hamkorlikda 2 nafar kelin-kuyovning nikoh to‘yi va 10 nafar bolajonlarning sunnat to‘ylari tashkil etildi. Bolajonlar va kelin-kuyovlarga esdalik sovg‘alari ham topshirildi.
Izoh (0)