• Profilga Kirish
  • 1751972643_633.png 1751972643_245.png 1751959824_218.svg 1751959824_520.svg

  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
Ўзбекча
Русский
English
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
    • USD12725.16
    • RUB158.65
    • EUR14507.95
    • Google play
    • App Store
    • Telegram
    • Toshkentda
      +36°C
      • Andijon
      • Qarshi
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Farg‘ona
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Termiz
      • Namangan
      • Toshkent
      • Navoiy
      • Toshkent vil
      • Nukus
      • Urganch
    • Daryo
      • Internet-nashr
      • Tahririyat haqida
      • Aloqa ma'lumotlari
      • Foydalanish shartlari
      • Maxfiylik siyosati
      • Yangiliklar arxivi
    • Reklama
    • Ijtimoiy tarmoqlar
      • Instagram | Rasmiy
      • Instagram | Lifestyle
      • Instagram | Sport
      • Facebook | Rasmiy
      • OK | Rasmiy
      • YouTube | Daryo
      • YouTube | Daryo Rus tilida
      • YouTube | Daryo Global
    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte
    Daryo logo white
    • O‘zbekiston
      • Boshqalar
      • Navoiy
      • Toshkent viloyati
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Qashqadaryo
      • Surxondaryo
      • Xorazm
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Namangan
      • Farg‘ona
      • Andijon
      • Qoraqalpog‘iston
      • Toshkent sh.
      • Mehridaryo
      • Ob-havo
    • Markaziy Osiyo
      • O‘zbekiston (Mahalliy)
      • Afg'oniston
      • Qirg‘iziston
      • Qozog‘iston
      • Turkmaniston
      • Tojikiston
    • Dunyo
    • Pul
      • Biznes
      • Iqtisodiyot
      • Moliya
      • Kripto
    • Madaniyat
      • Kino
      • Kitob
      • Musiqa
      • Shou-biznes
    • Layfstayl
      • Ayollar sahifasi
        • Farzand
        • Go‘zallik
        • Karyera
        • Maslahatlar
        • Moda
        • Retseptlar
      • Texnologiyalar
        • Arxitektura
        • Gadjetlar
        • Ilm-fan
        • Koinot
        • Media
      • Avto
      • Qo‘ziqorin
      • Sayohat
      • Salomatlik
      • Ta’lim
        • Abituriyent
        • Ingliz tilini o’rganamiz
    • Sport
      • Futbol
      • UFC
      • Boks
    infinix
    Daryo.uz - Login
    Daryo.uz Daryo.uz
    Daryo.uz - Login
    O‘zbekiston

    O‘zbekiston qonunchiligida 1-iyuldan nimalar o‘zgaradi?

    O‘zbekiston qonunchiligida 2023-yil 1-iyuldan bir qator o‘zgarish va yangiliklar kuchga kiradi. Quyida ushbu sanadan kuchga kiradigan asosiy o‘zgarishlar eslatib o‘tildi.

    Foto: “Daryo” / Madina Nurman

    Ruhiy salomatlik bo‘yicha mutaxassislarning lavozim maoshiga ustama miqdori oshiriladi

    Tuman (shahar) ko‘p tarmoqli markaziy poliklinikalarida faoliyat yuritayotgan psixiatr hamda psixiatriya davolash muassasalarida faoliyat yuritayotgan psixiatr, tibbiy psixolog, psixoterapevt hamda suisidologlarning lavozim maoshiga ustama miqdori 25 foizdan 50 foizga oshiriladi.

    Ayrim tadbirkorlar ishchilarining daromad solig‘i qaytarib beriladi

    2024-yil 1 iyulgacha issiqxonaga ixtisoslashgan yer maydoni 25 sotixdan ko‘p bo‘lgan tadbirkorlar tomonidan ishchilarining mehnatga haq to‘lash tarzidagi daromadlari bo‘yicha to‘langan jismoniy shaxslardan olinadigan daromad solig‘ini quyidagi shartlarga bir vaqtning o‘zida rioya qilinganda tadbirkorlarga qaytarib berish tartibi joriy etiladi:

    • har bir 5 sotix yer maydoni uchun oyiga kamida 1 nafar ishchining bandligini ta’minlash;
    • har bir ishchi uchun oyiga mehnatga haq to‘lash tarzidagi daromadni mehnatga haq to‘lashning eng kam miqdorining 1 baravaridan kam bo‘lmagan (980 ming so‘m) miqdorda belgilash;
    • issiqxonaga ixtisoslashgan tadbirkorlik sub’yektlari tomonidan issiqxona faoliyati bo‘yicha olgan daromadlari joriy hisobot (soliq) davri yakunlari bo‘yicha jami daromadning kamida 60 foizini tashkil etishi.

    Davlat ishtirokidagi korxonalar rahbarlari tanlov asosida tayinlanadi

    Davlat ishtirokidagi korxonalarning rahbari va uning o‘rinbosarlarini tayinlash (saylash) tanlov asosida amalga oshiriladi, bundan Prezident qarorlarida nazarda tutilgan hollar mustasno;

    Davlat organlari va muassasalari, davlat ishtirokidagi korxonalar ma’muriy binolaridan xodimlar uchun belgilangan me’yordan kelib chiqib, samarali foydalanish tartibi joriy etiladi.

    Ayrim tezkor-qidiruv eskpress tekshirish o‘sha joyning o‘zida qo‘llaniladi

    Tezkor-qidiruv faoliyatini amalga oshiruvchi organlar quyidagi holatlarda:

    • giyohvandlik vositalarining noqonuniy muomalasi bilan bog‘liq holatni qayd etishda aniqlangan modda (buyum)ning giyohvand vositasiga taalluqli ekanligiga shubha paydo bo‘lganda;
    • aniqlangan modda (buyum)ni giyohvandlik vositalarining qaysi turiga mansubligi bo‘yicha savol tug‘ilganda;
    • giyohvandlik vositalarining yangi turlari aniqlanganda;
    • tezkor-qidiruv tadbirlarini o‘tkazishda aniqlangan valyuta namunasi qalbaki ekanligiga shubha paydo bo‘lganida;
    • tezkor-qidiruv tadbirlari davomiyligini ta’minlash zarurati yuzaga kelganda, tezkorlikni amalga oshirish hamda tegishli vaqtni tejash maqsadida mazkur modda (buyum) yoki valyuta namunalarini ular aniqlangan joyning o‘zida yoki huquqni muhofaza qiluvchi organlar binosida ekspress tekshirish texnik vositalari yordamida tekshiradi.

    Yetkazib berish bo‘yicha shartnomalar “Shaffof qurilish” tizimi orqali tuziladi

    Yuridik shaxslar va yakka tartibdagi tadbirkorlar bilan elektr energiyasi hamda tabiiy gazni yetkazib berish bo‘yicha shartnomalar elektr va gaz ta’minoti korxonalarining dasturiy ta’minoti yoxud “Shaffof qurilish” milliy axborot tizimi orqali tuziladi.

    Ayrim vino mahsulotlariga aksiz markasi yopishtirilmaydi

    1-iyuldan ko‘piklanadigan va tabiiy vino mahsulotlari aksiz markalari bilan markalanmaydi.

    Nodavlat futbol muassasalariga futbol assotsiatsiyasi a’zosi bo‘lish talabi qo‘yiladi

    Nodavlat futbol muassasalari uchun O‘zbekiston futbol assotsiatsiyasi a’zosi bo‘lishi talabi o‘rnatiladi. O‘zbekiston futbol assotsiatsiyasi tomonidan nodavlat futbol muassasalarining reytingi yuritiladi.

    “Yashil energiya” sertifikatini berish boshlanadi

    Elektrning qayta tiklanuvchi manbalar asosida ishlab chiqarilganini tasdiqlovchi “yashil energiya” sertifikati tizimi “O‘zbekgidroenergo” AJdagi gidroelektr stansiyalarida ishlab chiqarilgan elektr uchun joriy etiladi.

    Davlat organlari AKT xodimlarining malakasi oshiriladi

    Davlat organlarining AKT sohasiga mas’ul xodimlarining 3 yilda bir marta malakasini oshirish yo‘lga qo‘yiladi.

    “Jamoatchilik ekologiya nazoratchisi” tizimi joriy qilinadi

    Shuningdek, chiqindi poligonlarini xususiylashtirish taqiqlanadi. “Chiqindilarni ommaviy yig‘ish” (O‘zPlogging) umummilliy harakati tashkil etiladi. Qattiq maishiy chiqindilarni to‘plash, olib chiqib ketish bo‘yicha aholiga ko‘rsatilgan xizmatlar uchun vujudga kelgan qarzdorlikni majburiy tartibda undirish uchun sudga da’vo arizalari sanitar tozalash xizmatlarini ko‘rsatuvchi korxonalar tomonidan kiritiladi.

    Ayrim normativ-huquqiy hujjatlar loyihalarini ishlab chiqish taqiqlanadi

    Jahon savdo tashkiloti qoida va me’yorlariga muvofiq bo‘lmagan normativ-huquqiy hujjatlar loyihalarini ishlab chiqish taqiqlanadi.

    Hunarmandchilik mahsulotlarini eksport qilishda xalqaro pochta va kuryerlik xarajatlarining bir qismi qoplab beriladi

    Hunarmandchilik mahsulotlarini eksport qilishda xalqaro pochta va kuryerlik jo‘natmalari sifatida jo‘natish xarajatlarining 50 foizi, biroq mahsulot eksport qiymatining (jo‘natish xarajatlarisiz) 50 foizidan ortiq bo‘lmagan qismi qoplab beriladi.

    Davlat mulki bo‘lgan moddiy madaniy merosning ko‘chmas mulk obyektlarini hunarmandchilik faoliyati bilan shug‘ullanish uchun faqat Milliy katalog va Reyestrga kiritilgan hunarmandlarga elektron onlayn-auksion orqali ijaraga berish tartibi joriy etiladi.

    O‘zbekiston Yoshlar siyosati va sport vazirligi stipendiyasi joriy etiladi

    Bunda stipendiya miqdori mehnatga haq to‘lash eng kam miqdorining 3 baravari etib belgilanadi. Mazkur stipendiya tayinlangan sportchilarga prezidentning tegishli qarorida belgilangan tartibda o‘zini o‘zi band qilish huquqi beriladi.

    29.06.2023, 20:17   Izoh (0)   20381
    Facebook Twitter LinkedIn Telegram Email

    Izoh (0)

    Kirish
    Javob qoldiring Bekor qilish

    Mavzuga doir

    Dam olish kunlari ishga jalb qilish: choralar va haq to‘lash — huquqshunos tushuntirish berdi

    29.06.2023, 18:48

    “O‘zbekiston temiryo‘llari” xorijiy kompaniyalardan xarid qilinadigan elektropoyezdlar haqida ma’lumot berdi

    29.06.2023, 18:06

    Rossiyadagi YTHda 5 nafar o‘zbekistonlik halok bo‘lgani ma’lum qilindi

    29.06.2023, 16:52

    Shavkat Mirziyoyev Gurbanguli Berdimuhamedovni 66 yoshga to‘lgani bilan tabrikladi

    29.06.2023, 16:08

    Namanganda 1200 o‘rinli test sinovlari markazi barpo etildi

    29.06.2023, 15:29

    O‘zbekistonda 2050-yilga borib aholining keksayish surʼatlari o‘sishi kutilmoqda — BMTning aholishunoslik jamg‘armasi

    29.06.2023, 14:08
    ×Lightbox Image

    Daryo.uz | Sizning muammoingiz yechimi


    STEM va biznes yo‘nalishidagi qizlar uchun TBC Bank’dan ta’lim grantlari — O‘zbekistonda gender tafovutini kamaytirish yo‘lida yangi qadam


    ZARMED Universiteti: 200 ta grant sizni kutmoqda


    Aqlli diversifikatsiya: nima uchun kerak va kapitalni qanday taqsimlash lozim?


    AVO bank aloqa markazi: innovatsiyalar va yangi xizmat darajasi 


    Chery O‘zbekistonda sotuvlar bo‘yicha mutlaq rekord o‘rnatmoqda


    Hayot Bank “Yashil yurak” nomli keng ko‘lamli ekologik tashabbusni e’lon qildi. Avgust oyidan boshlab O‘zbekiston bo‘ylab Hayot Bankning har bir yangi omonatchisi uchun bitta daraxt ekiladi


    BYD SEALION 7: Flagman elektr SUV — shahar ko‘chalarida yangi yetakchi 


    Toshkent Farmatsevtika Instituti — Farmatsiya sohasida xalqaro darajadagi sifatli ta’lim


    OKMKda mahalliy dumpkarlardan foydalaniladi 


    SonetUzStyle tanlovida ishtirok etish uchun arizalar qabuli 15-avgustgacha uzaytirildi


    Endi Ucell ilovasida Yandex Music’ni tinglash mumkin 


    Avvallari xufiyona iqtisodiyotda faoliyat yuritgan eshitish va gapirishda muammosi bor insonlar endi rasmiy sektorga qo’shilib, Poytaxt Parking jamoasining bir qismiga aylandi


    AKFA energiya tejovchi romlari: iqlimga moslashtirilgan, qulaylikni ko‘zlagan 


    Ellipse International School – farzandingiz kelajagi boshlanadigan joy!


    Qo‘ng‘iroqlardan mobil internetga: Toshkent mobil aloqadan foydalanish modelini qanday o‘zgartirmoqda

     

    Tavsiya etamiz

    Trampning Falastinga nisbatan noxolis siyosati: AQSH YUNESKO a’zoligidan nega chiqyapti?

    2 avgust, 18:35

    Kamchatkadagi hodisa yagona emas: so‘nggi 120 yilda ro‘y bergan eng kuchli megazilzilalar

    1 avgust, 18:20

    Tramp uchun xavotirlar: AQSH prezidenti taniqli shaxslarga yosh qizlarni sotgan Jeffri Epshteynning mijozi bo‘lganmi?

    29 iyul, 17:19

    Bir kechada oddiy ofitsiantdan millionerga aylangan ayol: lotereyadan yutilgan 10 mln dollar mashmashasi

    27 iyul, 09:25
     
     
     

    So‘nggi yangiliklarga o‘tish

    Dubayda birinchi virtual oila yaratildi (video)

    Dunyo | 4 avgust, 17:45

    Chery O‘zbekistonda sotuvlar bo‘yicha mutlaq rekord o‘rnatmoqda

    Reklama | 4 avgust, 16:30

    Ulug‘bek Qodirov 42 yoshda: aktyor mashhurlik cho‘qqisida nega AQSHga ketgandi?

    Shou-biznes | 4 avgust, 17:35

    Davlat byudjetiga qaysi soliq turi eng ko‘p daromad keltirayotgani ochiqlandi

    Iqtisodiyot | 4 avgust, 17:25

    “Chelsi” “Barselona”ga Fermin Lopes uchun Kristofer Nkunkuni taklif qildi

    Sport | 4 avgust, 17:17

    Toshkentda 2 nafar shaxs tashkilot idorasidan ichida 560 ming AQSH dollari bo‘lgan seyfni o‘marib ketdi

    O‘zbekiston | 4 avgust, 17:15

    600 nafar isroillik sobiq amaldor Trampdan G‘azo urushini to‘xtatishda yordam so‘radi

    Dunyo | 4 avgust, 17:00

    O‘zbekiston AQSHdan paxta sotib olishi mumkin

    O‘zbekiston | 4 avgust, 16:45

    “Onkologik bemorlarda palliativ yordam ko‘rsatishni yanada kengaytirishimiz lozim” — mutaxassis

    Salomatlik | 4 avgust, 16:38
    Daryo About Us

    “Daryo” internet-nashrining (O‘zbekiston matbuot va axborot agentligi (O‘zMAA, hozirgi O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi) tomonidan 13.03.2015 yil sanasida 0944-sonli guvohnoma bilan ommaviy axborot vositasi sifatida ro‘yxatga olingan. Matnli materiallarni to‘liq ko‘chirish yoki qisman iqtibos keltirishga, shuningdek, fotografik, grafik, audio va/yoki videomateriallaridan foydalanishga “daryo.uz” saytiga giperhavola mavjud bo‘lgan va/yoki “Daryo” internet-nashrining muallifligini ko‘rsatuvchi yozuv ilova qilingan taqdirda yo‘l qo‘yiladi. Chop etiladigan ba’zi ma’lumotlar 18 yoshga to‘lmagan foydalanuvchilarga mo‘ljallanmagan bo‘lishi mumkin. Info@daryo.uz

    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte

    © «Simple Networking Solutions» MChJ, 2013–2025

    Yosh bo‘yicha cheklov

    Xato topdingizmi? Ctrl+Enter’ni bosing

    • Foydalanish shartlari
    • Maxfiylik siyosati
    • Reklama
    Nimani qidiramiz?

    Sign In or Register

    Xush kelibsiz!

    Tizimga kiring yoki Roʻyxatdan oʻting.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Roʻyxatdan oʻting

    Roʻyxatdan oʻtganmisiz? Login.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Sizga parol elektron pochta orqali yuboriladi.

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Matnda xato topdingizmi?

    ×

    Rahmat. Biz sizning xabaringizni oldik va xatoni imkon qadar tezroq tuzatamiz.