Daryo

O‘zbekistonda davlat organlarining rahbarlari Davlat boshqaruv akademiyasida maxsus kurslarda o‘qitiladi

Ular raqamli texnologiyalarni keng joriy etish va loyihalarni samarali amalga oshirish bo‘yicha o‘qiydi

1 daqiqa o‘qish10 042 ko‘rishlar1 izoh0

Respublika va mahalliy ijro etuvchi hokimiyat organlarining axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini rivojlantirish uchun masʼul xodimlari malakasini oshirish va reyting baholashni tashkil etish chora-tadbirlari to‘g‘risidagi hukumat qarori qabul qilindi. Bu haqda Telegram’dagi “Huquqiy axborot” kanali xabar berdi.

Foto: “Daryo” / Madina Nurman

Qarorga muvofiq, 2023-yil 1-iyuldan davlat organlarining AKT sohasiga maʼsul xodimlari 3 yilda bir marta malakasini oshiradi.

Mazkur xodimlarning malakasini oshirishga Raqamli texnologiyalar vazirligi masʼul hisoblanadi. Malaka oshirish kursi 24 soatdan kam bo‘lmasligi lozim, kursni tamomlagan xodimlar ikki oyda reyting baholashdan o‘tkaziladi.

Malaka oshirish bilan bog‘liq barcha xarajatlar ularni yuborgan davlat organlarining mablag‘lari hisobidan qoplanadi.

2023-yil 1-avgustdan davlat organlarining birinchi rahbarlari raqamli texnologiyalarni keng joriy etish va loyihalarni samarali amalga oshirish bo‘yicha Davlat boshqaruvi akademiyasida qisqa muddatli kurslarda o‘qitiladi.

May boshlarida yangi tahrirdagi Konstitutsiya bo‘yicha davlat fuqarolik xizmatchilari va sud-huquq tizimi xodimlarini o‘qitish masalasi ko‘zda tutilayotgani to‘g‘risida xabar berilgandi. Xususan, Davlat xizmatini rivojlantirish agentligi, Adliya vazirligi va Sudyalar oliy kengashiga huquqni muhofaza qiluvchi organlar bilan birgalikda bir oy muddatda davlat fuqarolik xizmatchilari va sud-huquq tizimi xodimlarini o‘qitish rejasini tasdiqlash vazifasi yuklatilgan edi.

Telegram kanal@daryoObuna bo‘lish

Siz qanday fikrdasiz?

Avval fikringizni yozing. Yuborishda hisobingizni tasdiqlaysiz.

O‘xshash yangiliklar