AQSHning sobiq prezidenti Donald Tramp jurnalist va yozuvchi Jan Kerrollni uni “zo‘rlashda ayblab, tuhmat qilgani va siyosatchining obro‘siga putur yetkazgani” uchun sudga berdi, deb xabar bermoqda Bloomberg.
“Sobiq prezident 27-iyun seshanba kuni kechqurun uni zo‘rlashda ayblab, obro‘siga putur yetkazganligi uchun Kerrollga qarshi da’vo bilan chiqdi”, — deyiladi agentlik xabarida.
Shu yilning may oyida Kerroll jinsiy zo‘ravonlikda ayblangan AQSHning sobiq prezidenti Donald Trampdan unga to‘lanadigan kompensatsiya miqdorini “sezilarli” oshirishni talab qilib, Manxetten sudiga murojaat qilgandi.
Izoh (0)