“O‘ztemiryo‘lkonteyner” Xitoyning Siyamen portidan O‘zbekistonga Eron orqali konteyner poyezdi harakati yo‘lga qo‘yilganini e’lon qildi.

Ma’lum qilinishicha, maishiy texnika yuklari (muzlatkich, kir yuvish mashinasi, gaz plitalari) ortilgan konteynerlar Xitoydan dengiz orqali Bander-Abbas portiga olib kelinadi hamda Eronning Bander-Abbas portida temiryo‘l platformalariga ortilgan holda Turkmaniston orqali O‘zbekistonga kirib keladi.
39 ta 40 futlik konteynerlardan tashkil topgan blok poyezdi Bander-Abbas portidan Sergeli stansiyasigacha 14 kunda yetib kelishi belgilangan.
Hozirda konteyner poyezdi O‘zbekiston hududiga o‘tgan bo‘lib, 25-iyun kuni Toshkent shahriga yetib kelishi rejalashtirilgan.
Izoh (0)