O‘zbekistonda kanallar, gidrotexnik inshootlar, nasos stansiyalar rekonstruksiya qilinadi. Bu haqda “Ma’muriy islohotlar doirasida suv xo‘jaligi sohasida davlat boshqaruvini samarali tashkil qilish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi prezident farmonida belgilandi.
Unga ko‘ra, 2023-yil davomida 324,5 kilometr kanallar, 665 dona gidrotexnik inshoot rekonstruksiya qilinadi, 5 ta nasos stansiya modernizatsiya qilinadi, 140 ta obyektlarga avtomatlashtirilgan tizim o‘rnatiladi.
Suv xo‘jaligi obyektlarini qurish va rekonstruksiya qilish loyihalari doirasida xorijiy investitsiyalar hisobidan 116 million dollar, Tiklanish va taraqqiyot jamg‘armasi hisobidan 9,3 million dollar, davlat budjeti mablag‘lari hisobidan 208 milliard so‘m sarflanadi.
Izoh (0)