Yevropa O‘rtayer dengizi seysmologiya markazi 16-iyun juma kuni Fransiya g‘arbida 5,3 magnitudali zilzila sodir bo‘lganini xabar qildi.
Zilzila mahalliy vaqt bilan 18:38 da 5,8 ming aholi istiqomat qiluvchi Surjer kommunasidan 14 kilometr shimolda qayd etilgan. Epitsentr 10 kilometr chuqurlikda joylashgan.
Hozircha zilzila oqibatida yuzaga kelishi mumkin bo‘lgan vayronagarchiliklar va qurbonlar haqida ma’lumot yo‘q.
Bugun shuningdek, Turkiyaning janubi-sharqida ham kuchli zilzila sodir bo‘lgani xabar qilingandi. Uning magnitudasi 4,1 ni tashkil etgan.
Izoh (0)