Markaziy bank xorijiy valyutalarning o‘zbek so‘miga nisbatan 19-iyunda amalda bo‘ladigan qiymatini e’lon qildi.
Unga ko‘ra, dollarning rasmiy kursi 2,95 so‘mga ko‘tarilib, 11 463,03 so‘mni tashkil qildi. Yevro 118,98 so‘mga oshib, 12 550,87 so‘m bo‘ldi. Rubl 0,49 so‘mga ko‘tarilib, 137,15 so‘mni tashkil qildi.
Bundan avval dollar kursi uch kunlik ko‘tarilishdan so‘ng tushib, 11 460,08 so‘mni tashkil qilgandi. Yevro va rubl ko‘tarilgandi.
Izoh (0)