Futbol bo‘yicha O‘zbekiston terma jamoasi Markaziy Osiyo assotsiatsiyasi kubogining 2-turida 14-iyun, chorshanba kuni Turkmanistonga qarshi bahs olib boradi.
O‘zbekiston terma jamaosi bosh murabbiyi Srechko Katanes sog‘lig‘i bilan bog‘liq muammolar sababli ushbu uchrashuvda ishtirok eta olmaydi. Bu haqida O‘FA matbuot xizmati ma’lum qildi. Katanesning o‘rniga terma jamaoni yordamchi murabbiy Alesh Cheh boshqarib boradi.
Eslatib o‘tamiz, Turkmanistonga qarshi bahs bugun “Bunyodkor” stadionida bo‘lib o‘tadi. Uchrashuv 20:30 da start oladi.
O‘zbekiston terma jamoasi CAFA Nations Cup—2023 1-turida Ummon ustidan yirik hisobda g‘alaba qozongan edi. Uchrashuvda Jaloliddin Masharipov dubl qayd etgan bo‘lsa, yana bir gol Hojiakbar Alijonov hisobiga yozilgandi.
Izoh (0)