Bir oydan ko‘proq vaqt ichida marketpleys mamlakatning yana 16 shahrida tarqatish punkti va kurer orqali yetkazib berishni ishga tushirdi — umuman olganda, O‘zbekistonning barcha hududlaridagi 51 ta aholi punktlari aholisi 1 kun ichida yetkazib beriladigan tovarlarga buyurtma berishlari mumkin.
May va iyun oylarida Uzum Market Zangiota, Kuksaray, Bekobod, Qorako‘l, Galaosiyo, Uchquduq, Eshanguzar, Qoraxitoy, Chinoz, Furqat, Beshariq, Yaypan, Ibrat, Qo‘rg‘ontepa, Jalaquduq, Qorasuda ish boshladi.
— Biz uchun nafaqat shaharlar, balki kichik aholi punktlari aholisida ham arzon narxlardagi yuz minglab tovarlardan tanlash imkoniyati bo‘lishi muhim, — deydi Uzum Market buyurtma tarqatish punktlarini rivojlantirish va boshqarish bo‘yicha direktori Georgiy Nizomutdinov. — Bugungi kunda Uzum Marketda 175 ta buyurtma tarqatish punkti mavjud, yil oxiriga kelib esa 500 ta buyurtma tarqatish punktini ochishni rejalashtirmoqdamiz.
Ma’lumot sheriklik huquqi asosida tayyorlandi
Izoh (0)