• Profilga Kirish
  • 1744009905_435.svg 1744009905_642.svg

  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
Ўзбекча
Русский
English
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
    • USD12831.81
    • RUB163.75
    • EUR14606.45
    • Google play
    • App Store
    • Telegram
    • Toshkentda
      +27°C
      • Andijon
      • Qarshi
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Farg‘ona
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Termiz
      • Namangan
      • Toshkent
      • Navoiy
      • Toshkent vil
      • Nukus
      • Urganch
    • Daryo
      • Internet-nashr
      • Tahririyat haqida
      • Aloqa ma'lumotlari
      • Foydalanish shartlari
      • Maxfiylik siyosati
      • Yangiliklar arxivi
    • Reklama
    • Ijtimoiy tarmoqlar
      • Instagram | Rasmiy
      • Instagram | Lifestyle
      • Instagram | Sport
      • Facebook | Rasmiy
      • OK | Rasmiy
      • YouTube | Daryo
      • YouTube | Daryo Rus tilida
      • YouTube | Daryo Global
    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte
    Daryo logo white
    • O‘zbekiston
      • Boshqalar
      • Navoiy
      • Toshkent viloyati
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Qashqadaryo
      • Surxondaryo
      • Xorazm
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Namangan
      • Farg‘ona
      • Andijon
      • Qoraqalpog‘iston
      • Toshkent sh.
      • Mehridaryo
      • Ob-havo
    • Markaziy Osiyo
      • O‘zbekiston (Mahalliy)
      • Afg'oniston
      • Qirg‘iziston
      • Qozog‘iston
      • Turkmaniston
      • Tojikiston
    • Dunyo
    • Pul
      • Biznes
      • Iqtisodiyot
      • Moliya
      • Kripto
    • Madaniyat
      • Kino
      • Kitob
      • Musiqa
      • Shou-biznes
    • Layfstayl
      • Ayollar sahifasi
        • Farzand
        • Go‘zallik
        • Karyera
        • Maslahatlar
        • Moda
        • Retseptlar
      • Texnologiyalar
        • Arxitektura
        • Gadjetlar
        • Ilm-fan
        • Koinot
        • Media
      • Avto
      • Qo‘ziqorin
      • Sayohat
      • Salomatlik
      • Ta’lim
        • Abituriyent
        • Ingliz tilini o’rganamiz
    • Sport
      • Futbol
      • UFC
      • Boks
    infinix
    Daryo.uz - Login
    Daryo.uz Daryo.uz
    Daryo.uz - Login
    Shou-biznes

    Mehribonlik uyida ulg‘aygan, xaroba uyni rad etgan va shaxsiy hayotidan voz kechgan aktrisa Zarina Yo‘ldosheva 23 yoshda (foto, video)

    Aktrisa Zarina Yo‘ldoshevani hazilomuz videolari sabab ko‘pchilik hayotda dardsiz va muammolardan holi qiz deb o‘ylaydi. Ammo endigina 23 yoshni qarshilagan Zarina Yo‘ldosheva bolaligidan qiyinchiliklar ichida o‘sdi. Avvaliga otasidan, so‘ng onasidan ayrildi. Eng yomoni u 16 yoshiga qadar Mehribonlik uyida tarbiyalandi. Chiroyli qizni yo‘ldan aynitadigan insonlar ko‘p bo‘ladi. Ammo Zarina ularning gap-so‘zlariga e’tibor bermay qo‘ygan maqsdlari sari dadil qadam tashladi.

    “Ota-onamdan erta ayrilganman”

    Foto: Instagram / @zarina_yuldashova

    — Dadamni eslolmayman, onam esa 12 yoshimda kasallik sabab vafot etdi. Buvim keksayib qolgani va moddiy jihatdan qiyinchiliklarga duch kelgani uchun men, singlim va ukamni bolalar uyiga topshirishga majbur bo‘lgan. To‘rt yil davomida mehribonlik uyida tarbiyalandim. U paytda buvim 70 yoshga to‘lgani uchun uchta yosh bola bilan qiynalib qolgan. Holam, tog‘amning o‘z oilasi va o‘ziga yarasha muammolari bor edi. Shu bois bizni maktab-internatiga topshirmoqchi bo‘lishgan. Kimdir buvimga “Maktabi ham internat ichida ekan. Yakshanba kuni uyga olib kelsangiz bo‘ladi”, — degan ekan. U paytda men 6-sinfda o‘qirdim. Ukam va singlimga qaraganda ancha katta bo‘lganim uchun maktab-internati nima ekanligini yaxshi bilardim. Ammo u yerga borgach, hammamiz bu shunchaki maktab-internati emas, ota-onasiz yashaydigan mehribonlik uyi ekanligini bilganmiz. Rossa yig‘laganmiz, bizga qo‘shilib buvim ham ko‘zyosh to‘kkan. Ammo o‘sha paytdagi oilaviy sharoit sabab, bizni bu yerda qoldirishga majbur bo‘lgan. Buvimning yoshi katta bo‘lishiga qaramay har hafta bizni ko‘rgani kelardi, — deydi aktrisa.

    “Mehribonlik uyida raqsga mehr qo‘ydim”

    Aktrisaning oila a’zolari orasida san’atkorlar yo‘q. Ammo onasi rahmatli ham bolaligida san’atga qiziqqan ekan. Zarina Yo‘ldoshevaning san’atga mehr qo‘yishiga Mehribonlik uyidagi raqs to‘garagi sabab bo‘lgan.

    Foto: Instagram / @zarina_yuldashova

    — Darsdan keyin raqs to‘garagiga qatnashardim. Shunda raqs murabbiyim “Sen Xoreografiya oliy maktabida o‘qishing kerak, qobiliyating bor”, dedi. Maktabni tamomlaganimdan keyin qo‘limdan ushlab, Toshkentdagi Xoreografiya oliy maktabiga olib kelib, o‘qishga joylashtirishgan. Klassik raqs harakatlaridan bexabar bo‘lganim uchun ko‘p qiynalganman, dugonalarim tomonidan kamsitilgan paytlarim ham bo‘lgan. Toshkentga kelib yashashim oson kechmadi. Moddiy qiyinchiliklar sabab to‘ylarga chiqib pul ishlashga ham majbur bo‘lganman. Ammo bu ishimdan buvim qattiq ranjigan. Shu bois qayta to‘ylarga chiqmaganman.

    “Xarob uyni olmadim”

    Zarina Yo‘ldosheva intervyularining birida mehribonlik uyidagi hayoti va davlat tomonidan berilgan uyni rad etganligi haqida ham so‘zlab bergan.

    Foto: Instagram / @zarina_yuldashova

    — Ba’zan mehribonlik uyida o‘sgan bolalar mehrsiz bo‘ladi, degan gaplarni eshitib xafa bo‘lardim. Hayotda ota-onasining bag‘rida o‘sib ham mehrsiz bo‘lgan bolalar kam emas-ku? Mehribonlik uyida o‘sgan bola mehrsiz emas, aksincha mehrga chanqoq bo‘ladi. Istaymizmi, yo‘qmi mehribonlik uyida unga hamma begona, urilib-surilib katta bo‘ladi. Eng yaxshi deyilgan mehribonlik uyida ham tarbiyachilar bolalarga mehr bermaydi. Shuning uchun ham tashqaridagi insonlar unga ozgina mehr berishsa, quvonib ketishadi.

    Mehribonlik uyining ham ichki tartib-qoidalari bor. Hatto ularning ba’zilaridan tarbiyachilar ham bexabar bo‘lishadi. Masalan, yoshi kichik bolalar katta bolalarning xizmatini qilishi kerak. Qoidaga bo‘ysunmagan bola, albatta, jazolanadi. Chaqaloqlik paytidan mehribonlik uyida ulg‘aygan bolalar anchayin agressiv bo‘lishadi.

    Foto: Instagram / @zarina_yuldashova

    Menga ham hokimiyat tomonidan uy berish to‘g‘risida buyruq chiqarilgan edi. O‘zim Toshkentda bo‘lganim uchun uni buvim ko‘rib keldi. Bizga berilgan uy qandaydir eski maktab binosida ekan, buvimning aytishicha, bu uyda eng muhtoj inson ham yashashi mushkul. Bunday xarob uyni olmay, imtiyozli kredit asosida ikki xonali uy sotib oldim.

    “Yulduz Usmonova sabab aktrisalikka qadam qo‘ydim”

    Foto: Instagram / @zarina_yuldashova

    — 2017-yili ansamblimiz bilan Yulduz Usmonovaning “Ey aziz inson” konsert dasturida ishtirok etganmiz. Yulduz opa sozandalar bilan mashq qilayotganida bir chetda maroq bilan qo‘shiqqa raqs tushganman. Shunda Yulduz opa yonlariga chaqirib, shu qo‘shiqqa yakka raqs tushsin, degan.

    Bir necha oydan so‘ng, yarim kechasi Yulduz Usmonovaning ma’muri qo‘ng‘iroq qilib, qaysidir aktrisa klip ‘syomka’siga kelolmagani va o‘rniga men suratga tushishimni aytdi. Rosti, bu taklifga ko‘nishim oson bo‘lmadi. Suratga olish ishlari bor-yo‘g‘i 30-40 daqiqa davom etdi. ‘Syomka’dan so‘ng klipdagi epizodim uchun 50 AQSH dollari berishdi. Bu 17 yoshimgacha topgan eng ko‘p pulim edi. Mana shu voqeadan so‘ng kliplardan taklif tushsa, rad etmaydigan bo‘ldim, — deydi Zarina Yo‘ldosheva. 

    “O‘zimni bechora ko‘rsatib, atrofdagilarning rahmini keltirgim kelmaydi”

    Foto: Instagram / @zarina_yuldashova

    — Men o‘zimni bechora ko‘rsatib, odamlardan nimadir tilab yashashni istamayman. Hatto san’atga kirganimdan keyin ham ancha muddat atrofdagilarga shaxsiy hayotim haqida aytmaganman. Mehribonlik uyi rahbarini “Odamiylik mulki” ko‘rsatuviga taklif etishganida, menga qo‘ng‘iroq qilib: “Sen ham borib intervyu ber”, dedi. Rosti, shu darajaga yetishimga hissa qo‘shgan insonga rad javobini berolmadim. Ko‘rsatuv efirga ketgach, atrofimdagi insonlar shaxsiy hayotimdan xabar topishdi,  — deydi Zarina Yo‘ldosheva. 

    “Kimgadir pul berib, rol ijro etmayapman”

    Foto: Instagram / @zarina_yuldashova

    — Shu kungacha hech bir rejissorga rol so‘rab murojaat qilmaganman. Taklif etishsa, imkon darajasida ijro etaman. Ammo o‘zimni qobiliyatli aktrisa deb bilmayman. Yoshi katta aktrisalar bilmaganlarimni o‘rgatishadi, institutda o‘qishimni tavsiya qilishadi. Ba’zi yosh aktrisalar esa ortimdan negativ gaplar tarqatib, g‘ashimni keltirishadi. “O‘zini bechora ko‘rsatib, piar qilyapti yoki pul berib rollar ijro etyapti”, degan gaplar ham qulog‘imga chalindi. Menimcha, hech bir inson ota-onasi vafot etganligi haqida gapirib obro‘ olishni istamaydi. Men san’atga pul berish emas, pul ishlash uchun qadam qo‘yganimni ham ko‘pchilik bilishadi,  — deydi Zarina Yo‘ldosheva. 

    “Singlim va ukamni oyoqqa qo‘ymagunimcha shaxsiy hayotim haqida o‘ylay olmayman”

    Foto: Instagram / @zarina_yuldashova

    — Yashirmayman, ota-onamning uyi bo‘lmagan. Ukam bilan singlim mehribonlik uyidan kelgach, o‘z uyida yashashini istardim. Shu bois institutda o‘qishni istamadim. Bolaligimdan ukam bilan singlim Mehribonlik uyidan qaytganida uysiz yashaydimi, deb qo‘rqqandim. Shukrki, ular Mehribonlik uyini tamomlagunlariga qadar uy-joyli bo‘lish niyatim ham amalga oshdi. Singlim Charos Nizomiy nomidagi pedagogika universitetida tahsil oldi, Ukam Lochinbek ham o‘qish bilan band. Ularning to‘yini qilish va baxtli kunlarini ko‘rish orzuyim bor,  — deydi Zarina Yo‘ldosheva. 

    “Aktrisalikni davom ettirish niyatim yo‘q”

    Foto: Instagram / @zarina_yuldashova

    — Kelajagimni san’at sohasida tasavvur etmayman. Aktrisalikni davom ettirish niyatim yo‘q. Farzandlarim menda bo‘lmagan to‘kis-tugal oilada voyaga yetishlarini istayman. Ularni maktabga olib borish va uyga olib kelish katta baxt. O‘zim ko‘rmagan baxtni farzandlarim his qilishini orzu qilaman, — deydi aktrisa Zarina Yo‘ldosheva.

    Aktrisa shu kungacha, “Ko‘ngil”, “O‘jar homilador” kabi seriallarda suratga tushgan. Bundan tashqari, u Shahzod Sultonov bilan birga ijtimoiy tarmoqlar uchun videolar ham suratga oladi. Ayrim kuzatuvchilar ular bir-biriga mos juftlik ekanligini aytishadi. Ammo ijodkorlarning ikkisi ham shunchaki hamkor ekanligini va o‘rtalarida muhabbat yo‘qligini ta’kidlashadi .

    08.06.2023, 09:30   Izoh (0)   65972
    Facebook Twitter LinkedIn Telegram Email

    Izoh (0)

    Kirish
    Javob qoldiring Bekor qilish

    Mavzuga doir

    Instagram: Ulug‘bek Xolmedov uylandi, Madina Mumtoz yangi biznes boshladi, Valijon Shamsiyev restoranda janjal ko‘tardi

    07.06.2023, 22:10

    Qirol Abdulla II va qirolicha Raniya baxtining aks tomoni: Iordaniya qirollik oilasining sirlari va fojialari

    07.06.2023, 20:04

    Ertaknamo lahzalar: Burak O‘zchivit rafiqasi Fahriye Evjenning tug‘ilgan kuniga kutilmagan sovg‘a tayyorladi (foto)

    07.06.2023, 18:40

    Farrosh, sotuvchi, parrandachilik fermasida ishchi: Gollivud aktyorlari mashhurlikdan oldin nima ish qilgan?

    07.06.2023, 16:48

    Mashhurlar ham xato qiladi: Iste’dodli aktyorlarning omadsiz chiqqan rollari (foto) 

    07.06.2023, 10:57

    Dueyn Jonson “Forsaj-11” filmida partnyori Vin Dizelsiz suratga tushadi

    06.06.2023, 18:31
    ×Lightbox Image

    Daryo.uz | Sizning muammoingiz yechimi


    Yangi ufqlar: Centrum Air haftasiga ikki marta Toshkentdan Bishkekka parvozlarni amalga oshiradi


    Zamonaviy Haval Jolion endi 0% muddatli to‘lov shartida 


    Suv — bebaho neʼmat: Agrobankdan fermerlar uchun yangi metodik to‘plam


    Toshkentda xalqaro fintex-hodisa — Visa Cashless Forum 2025 bo‘lib o‘tdi 


     ADM Jizzakh Jizzaxda joylashgan 5-ixtisoslashtirilgan muassasa tarbiyalanuvchilari ehtiyoji uchun avtobus taqdim qildi


    Tenge Bank Tenge24 ilovasida yangi raqamli avtokreditini e’lon qildi


    Sello Ecosystem Farg‘ona, Andijon va Namanganda Sello Summer Fest yorqin festivalini o‘tkazdi


    AVO’dan yangi omonat: yillik 25% gacha — 6 oyda orzuingizni amalga oshiring


     Coca-Cola jamg‘armasi va Global atrof-muhit va texnologiyalar jamg‘armasi (GETF) “Aylanma iqtisodiyot kelajagi uchun hamkorlik bitimi (PACT)” ni e’lon qilganligi haqida ma’lum qildi


    UZTELECOM "Muruvvat" tarifini taqdim etadi: Atigi 25 000 so‘m evaziga g‘amxo‘rlik va e’tibor bilan boyitilgan aloqa


    Navoiy innovatsiyalar universiteti — kelajagingizni kafolatlaydigan zamonaviy ta’lim maskani! 


    Kapitalbank va Visa O‘zbekiston terma jamoasining JCH-2026 saralash o‘yinini BAAda tantanali ravishda ochishdi


    Mobiuz "Mehribon" imtiyozli tarif rejasini taqdim etdi


    UCMG Amsterdamda bo‘lib o‘tayotgan Money 20/20 Europe xalqaro fintech ko‘rgazmasida O‘zbekiston nomidan ishtirok etadi


    O‘zbekiston qishloq xo‘jaligi mahsulotlari Yevropaga yo‘l olmoqda

     

    Tavsiya etamiz

    Chumchuqlarga yem bo‘lgan burgutlar. “O‘rgimchak to‘ri” operatsiyasi Rossiya uchun qanchaga tushadi?

    4 iyun, 18:49
    Audio Icon

    Qurib qolgan ko‘chatlar, millionlar shamolga uchdimi?

    4 iyun, 15:03

    Feldmarshalga almashtirilmagan Stalinning zurriyoti — “dohiy” nega o‘g‘lini urushga yuborgan edi?

    3 iyun, 21:10

    Ko‘zi o‘tkir, qulog‘i sezgir temir qushchalar. Razvedkachi dronlarning “katta akalari”

    3 iyun, 20:40
     
     
     

    So‘nggi yangiliklarga o‘tish

    Qozog‘iston harbiylarini Buyuk Britaniyada o‘qitadi

    Dunyo | 6 iyun, 22:00

    Superliga. Qoldirilgan bahsda “Xorazm” “Qizilqum”ni yirik hisobda mag‘lub etdi

    Sport | 6 iyun, 21:10

    Rossiyada IELTS topshirganlar qamalishi mumkin

    Dunyo | 6 iyun, 21:00

    Shavkat Mirziyoyevni Qurbon hayiti bilan kimlar tabrikladi?

    O‘zbekiston | 6 iyun, 19:57

    Ukraina “O‘rgimchak to‘ri”ga o‘xshash yangi operatsiyalarga tayyorlanmoqda — The Washington Post

    Dunyo | 6 iyun, 19:30

    Germaniya yuzlab migrantlarni mamlakatga kiritmadi

    Dunyo | 6 iyun, 18:50

    Ukrainalik bolalar dam olish va reabilitatsiya uchun Toshkentga keldi (foto)

    O‘zbekiston | 6 iyun, 17:46
    Daryo About Us

    “Daryo” internet-nashrining (O‘zbekiston matbuot va axborot agentligi (O‘zMAA, hozirgi O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi) tomonidan 13.03.2015 yil sanasida 0944-sonli guvohnoma bilan ommaviy axborot vositasi sifatida ro‘yxatga olingan. Matnli materiallarni to‘liq ko‘chirish yoki qisman iqtibos keltirishga, shuningdek, fotografik, grafik, audio va/yoki videomateriallaridan foydalanishga “daryo.uz” saytiga giperhavola mavjud bo‘lgan va/yoki “Daryo” internet-nashrining muallifligini ko‘rsatuvchi yozuv ilova qilingan taqdirda yo‘l qo‘yiladi. Chop etiladigan ba’zi ma’lumotlar 18 yoshga to‘lmagan foydalanuvchilarga mo‘ljallanmagan bo‘lishi mumkin. Info@daryo.uz

    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte

    © «Simple Networking Solutions» MChJ, 2013–2025

    Yosh bo‘yicha cheklov

    Xato topdingizmi? Ctrl+Enter’ni bosing

    • Foydalanish shartlari
    • Maxfiylik siyosati
    • Reklama
    Nimani qidiramiz?

    Sign In or Register

    Xush kelibsiz!

    Tizimga kiring yoki Roʻyxatdan oʻting.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Roʻyxatdan oʻting

    Roʻyxatdan oʻtganmisiz? Login.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Sizga parol elektron pochta orqali yuboriladi.

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Matnda xato topdingizmi?

    ×

    Rahmat. Biz sizning xabaringizni oldik va xatoni imkon qadar tezroq tuzatamiz.