Rossiyaning xalqaro zaxiralari may oyi holatiga ko‘ra kamaydi. Bu haqda Rossiya Markaziy banki xabar qilgan.
1-iyun holatiga ko‘ra, Rossiyaning xalqaro zaxiralari 584,175 milliard dollarni tashkil qildi. 1-may holatiga ko‘ra bu ko‘rsatkich 595,787 milliard dollarga teng edi.
Shunday qilib, may oyida Rossiyaning xalqaro zaxiralari 11,6 milliard dollarga yoki 1,9 foizga kamaydi.
2022-yilda Rossiya Federatsiyasining xalqaro zaxiralari 8,4 foizga qisqarib, joriy yilning 1-yanvar holatiga ko‘ra 577,5 milliard dollarni tashkil etgandi. 2022-yil 18-fevralda Rossiya xalqaro zaxiralari tarixiy ko‘rsatkichga yetib, 643,2 milliard dollarni tashkil qilgandi.
Izoh (0)