Rossiyaning Sankt-Peterburg shahrida o‘zbekistonlik ayol pensionerning pullarini o‘g‘irlab ketdi. Bu haqda 78.ru xabar berdi.
![](/static/2023/zulfiya/photo_2023-06-07_19-06-42.jpg)
Nafaqaxo‘r holat yuzasidan politsiyaga murojaat qilib, unga qarab turuvchi ayol deyarli million rubl pulini o‘g‘irlaganini aytgan. Ayol O‘zbekistondan Sankt-Peterburgga ishlash uchun kelgan. U 82 yoshli nafaqaxo‘rga qarovchi qilib ishga olingan.
Erkak uchun oziq-ovqat va dori-darmon sotib olish uchun unga ishonchnoma berilgan, bu orqali u nafaqaxo‘r pulini saqlaydigan hisob raqamlariga kirish huquqiga ega bo‘lgan. Mazkur holat yuzasidan Rossiya Jinoyat kodeksining 158-moddasi (o‘g‘rilik) bilan jinoiy ish qo‘zg‘atilgan. Hodisaning barcha holatlariga oydinlik kiritilmoqda.
Izoh (0)