• Profilga Kirish
  • 1751972643_633.png 1751972643_245.png 1751959824_218.svg 1751959824_520.svg

  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
Ўзбекча
Русский
English
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
    • USD12653.48
    • RUB159.75
    • EUR14871.64
    • Google play
    • App Store
    • Telegram
    • Toshkentda
      +37°C
      • Andijon
      • Qarshi
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Farg‘ona
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Termiz
      • Namangan
      • Toshkent
      • Navoiy
      • Toshkent vil
      • Nukus
      • Urganch
    • Daryo
      • Internet-nashr
      • Tahririyat haqida
      • Aloqa ma'lumotlari
      • Foydalanish shartlari
      • Maxfiylik siyosati
      • Yangiliklar arxivi
    • Reklama
    • Ijtimoiy tarmoqlar
      • Instagram | Rasmiy
      • Instagram | Lifestyle
      • Instagram | Sport
      • Facebook | Rasmiy
      • OK | Rasmiy
      • YouTube | Daryo
      • YouTube | Daryo Rus tilida
      • YouTube | Daryo Global
    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte
    Daryo logo white
    • O‘zbekiston
      • Boshqalar
      • Navoiy
      • Toshkent viloyati
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Qashqadaryo
      • Surxondaryo
      • Xorazm
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Namangan
      • Farg‘ona
      • Andijon
      • Qoraqalpog‘iston
      • Toshkent sh.
      • Mehridaryo
      • Ob-havo
    • Markaziy Osiyo
      • O‘zbekiston (Mahalliy)
      • Afg'oniston
      • Qirg‘iziston
      • Qozog‘iston
      • Turkmaniston
      • Tojikiston
    • Dunyo
    • Pul
      • Biznes
      • Iqtisodiyot
      • Moliya
      • Kripto
    • Madaniyat
      • Kino
      • Kitob
      • Musiqa
      • Shou-biznes
    • Layfstayl
      • Ayollar sahifasi
        • Farzand
        • Go‘zallik
        • Karyera
        • Maslahatlar
        • Moda
        • Retseptlar
      • Texnologiyalar
        • Arxitektura
        • Gadjetlar
        • Ilm-fan
        • Koinot
        • Media
      • Avto
      • Qo‘ziqorin
      • Sayohat
      • Salomatlik
      • Ta’lim
        • Abituriyent
        • Ingliz tilini o’rganamiz
    • Sport
      • Futbol
      • UFC
      • Boks
    infinix
    Daryo.uz - Login
    Daryo.uz Daryo.uz
    Daryo.uz - Login
    O‘zbekiston

    O‘zbekistonda kir yuvish mashinalaridan foydalanish ayollar iqtisodiy faolligiga qanday ta’sir qilishi o‘rganildi

    Makroiqtisodiy va hududiy tadqiqotlar instituti ekspertlari kir yuvish mashinalaridan foydalanish ayollarning iqtisodiy faolligiga qanday ta’sir qilishini o‘rgandi.

    Statistika agentligining ma’lumotlariga ko‘ra, bugungi kunda O‘zbekistondagi har 100 ta uy xo‘jaligining 95 tasida kir yuvish mashinasi bor. Kir yuvish mashinalari bilan ta’minlanganlik ko‘rsatkichi Sirdaryo viloyatida eng past — 83 ta, Toshkent shahrida esa eng yuqori — 128 ta.

    Qayd etilishicha, Statistika agentligining uy xo‘jaliklari so‘rovida kir yuvish mashinalarining turi (avtomat, yarim avtomat) yoki qanday maqsadlarda foydalanilishi (qishloqlarda sutdan qaymoqni ajratish maqsadlarida ham foydalaniladi) so‘ralmaydi va shahar-qishloq kesimida ma’lumotlar keltirilmaydi. Shuning uchun uy xo‘jaliklarining 100 tadan 96 tasida avtomat kir yuvish mashinasi bor va ulardan aynan kir yuvishda foydaniladi, deyish biroz mushkul.

    Ma’lumot uchun: 2021-yilda Yevropa mamlakatlarida uy xo‘jaliklarining kir yuvish mashinalari bilan ta’minlanganlik darajasi: Italiyada — 97 foiz, Avstriyada — 94 foiz, Germaniyada — 93 foiz, Buyuk Britaniyada — 92 foiz, Fransiyada — 90 foiz, Norvegiyada — 88 foiz, Shvetsiyada — 72 foiz.

    O‘zbekistonlik ayollarning iqtisodiy faollik darajasi boshqa mamlakatlardagiga nisbatan past (43 foiz). Buning asosiy sababi ular ko‘p vaqtini uy ishlariga sarflashidir. Tadqiqot natijalariga ko‘ra, iqtisodiyotda band bo‘lgan o‘zbek ayollari uy ishlariga kuniga 4 soat vaqt ajratadi. O‘zbek ayollarining bo‘sh vaqti juda oz ekanligini isbotlovchi yana bir ko‘rsatkich ularning farzandlariga ko‘p vaqt ajrata olmasligidir. Misol uchun, bor-yo‘g‘i 36,8 foiz ayollar farzandlariga turli xil kitoblarni o‘qib berishini, 37,4 foiz ayollar farzandlari bilan o‘yinlar o‘ynab, dam olishini bildirgan.

    Tadqiqot natijalariga ko‘ra, uy xo‘jaliklarining kir yuvish mashinalari bilan ta’minlanganlik darajasi 1 foizga oshishi iqtisodiy faol ayollar sonini 1,9 foizga yoki 122 ming nafarga oshirishi ma’lum bo‘lgan. Shuningdek, uy xo‘jaliklarining shaxsiy kompterlarga ega bo‘lishi ham ayollarning iqtisodiy faolligiga ijobiy ta’sir qilishi tahlil natijalariga ko‘ra aniqlangan.

    Ijtimoiy ta’siri: ayollar, ayniqsa, qishloqlarda istiqomat qiluvchi ayollar orasida avtomat kir yuvish mashinalaridan kundalik hayotda foydalanish ularning bo‘sh vaqti ortishiga olib keladi. Hisob-kitoblarga ko‘ra, avtomat kir yuvish mashinasidan foydalanish bir haftada o‘rtacha 4 soat vaqtni tejashda yordam beradi. Bu vaqtni ayollar farzandlari bilan uy vazifalarini bajarishga sarflashi mumkin. Tadqiqotda onalarning farzandlariga ko‘proq vaqt ajratishi ularning matematika va ona tili fanlarini o‘zlashtirishiga ijobiy ta’sir qilgan.

    Shuningdek, kir yuvish mashinalaridan foydalanish suv va energiya sarfining kamayishiga olib keladi.

    “Shunday qilib, tadqiqotimiz natijalariga ko‘ra, kir yuvish mashinalaridan foydalanish ham iqtisodiyotga, ham ijtimoiy hayotga ijobiy ta’sir etadi. Bundan kelib chiqib, qishloq ayollarining kir yuvish mashinalari bilan ta’minlanishi bo‘yicha chora-tadbirlar ishlab chiqish taklif etiladi. Buning eng asosiy mexanizmlaridan biri bu kir yuvish mashinalarini harid qilish istagida bo‘lgan ayollar uchun maxsus imtiyozli kreditlar tizimini joriy etishdir”, — deyiladi xabarda.

    Bugungi kunda O‘zbekistonda kir yuvish mashinasini xarid qilish uchun (iste’mol krediti) kreditning yillik foiz stavkasi 25 foizdan boshlanadi. Bo‘lib berish tartibida xarid qilinganida tannarxidan kamida 40 foiz qimmatga tushadi. Shularni inobatga olgan holda, aynan kir yuvish mashinasini xarid qilish istagidagi ayollar uchun maxsus yillik foiz stavkasi markaziy bank tomonidan belgilangan moliyalashtirish stavkasi miqdorida bo‘lishi taklif etiladi.

    Kir yuvish mashinalari bilan bog‘liq dunyodagi holat

    1900—1980-yillarda AQSHda kir yuvish mashinalaridan foydalanish natijasida ayollarning iqtisodiy faollik darajasi 10 foizga oshgan. Nielsen tadqiqotiga ko‘ra, butun dunyo bo‘ylab aholining 67 foizi haftasiga kamida ikki marta, 31 foizi esa har kuni kir yuvadi. Ammo butun dunyodagi odamlar kiyimlarini qanchalik tez-tez tozalashidagi o‘xshashliklarga qaramay, kiyimlarini yuvishda ba’zi farqlar mavjud (agar ular buni o‘zlari qilsa).

    Osiyo-Tinch okeani mintaqasida istiqomat qiluvchilarning deyarli yarmi (45 foizi) kiyimlarini har kuni yuvishini va 27 foizi qo‘lda yuvishini bildirgan. Yevropa, Afrika va Yaqin Sharq mamlakatlarida ushbu ko‘rsatkich 11 foiz, Lotin Amerikasida 15 foiz, Shimoliy Amerikada 4 foiz ekani ma’lum bo‘lgan.

    Kirni mashinada yuvish bo‘yicha dunyo mamlakatlari orasida eng yuqori ko‘rsatkich Yevropa mamlakatlarida (87 foiz), Shimoliy Amerikada (82 foiz), va Lotin Amerikasida (74 foiz) kuzatilgan. Ta’kidlanishicha, aynan ushbu mintaqalardagi davlatlarda ayollarning iqtisodiy faolligi boshqa mamlakatlardagiga nisbatan ancha yuqori.

    Tadqiqot natijalariga ko‘ra, kir mashinasida kir yuvish uchun ayollar o‘rtacha 17 daqiqa vaqt (kirni saralab mashinaga solish va undan so‘ng qurishi uchun osish) sarflaydi. Kiyimlarni qo‘lda yuvish kir yuvish mashinasidagiga qaraganda ko‘proq mehnat talab qiladigan usul. Qo‘lda kiyimlarni yuvish o‘rtacha 1 soat 30 daqiqadan 2 soat 30 daqiqagacha davom etadi. Kiyimlarni qo‘lda yuvish uchun qancha vaqt ketishi kiyimning turi va o‘lchami, kir miqdori va shaxsiy yuvish usullari kabi omillarga bog‘liq.

    01.06.2023, 14:39   Izoh (0)   4460
    Facebook Twitter LinkedIn Telegram Email

    Izoh (0)

    Kirish
    Javob qoldiring Bekor qilish

    Mavzuga doir

    Chernobilga yordam uchun xayriya konserti, “Lyubochkaning qo‘g‘irchog‘i”, temiryo‘ldagi bolalar — arxivga muhrlangan 1-iyun suratlari 

    01.06.2023, 14:17

    “Golland echkilarining bir litr sutini 16 ming so‘mdan sotamiz”. Andijonlik tadbirkor 8 litrgacha sut beradigan zaanen zotli echkilar haqida

    01.06.2023, 14:10

    Toshkent metrosida notanish qizga shilqimlik qilgan ikki yigit 5 sutkaga qamaldi

    01.06.2023, 13:32

    O‘zbekistonda yozda yana anomal issiq bo‘ladimi? “O‘zgidromet” javobi

    01.06.2023, 13:23

    O‘zbekistonda tabiatni muhofaza qilishda Ichki ishlar va Milliy gvardiya organlariga zarur vakolatlar berilmoqda

    01.06.2023, 12:57

    Senat O‘zbekistonda norasmiy bandlikni qisqartirishga qaratilgan qonunni ma’qulladi

    01.06.2023, 12:07
    ×Lightbox Image

    Daryo.uz | Sizning muammoingiz yechimi


    Yandex Music’da jazirama kayfiyat uchun maxsus “Chilla” bo‘limi paydo bo‘ldi


    OKMKda yangi sulfat kislota sexi qurilmoqda


    “Biznesni rivojlantirish banki” 2025 yilda 138 mingdan ortiq fuqaro bandligini ta’minladi


    Vaqt sinovidan o‘tgan tarmoq: 33-yillik faoliyat, 12 million foydalanuvchi tanlovi va mobil aloqaning yangi arxitekturasi


    “Biznesni rivojlantirish banki” BMT Taraqqiyot Dasturi bilan hamkorlik qiladi


    Biznes va tadbirkorlik oliy maktabi magistratura dasturlariga qabul jarayonlari davom etayotganini ma’lum qiladi


    O‘zbekistonda tibbiy sug‘urta nima uchun zarur: shifokor qarashi va Neo Insurance tajribasi


    Navoiy innovatsiyalar universiteti 2 milliard so‘mlik grant dasturini e’lon qildi 


    Mirzo Ulug‘bek tumanida joylashgan yirik ko‘chmas mulk auksionga qo‘yildi


    Sug‘urta sohasidagi uzoq kutilgan islohotlar: manfaatlar qonun himoyasida 


    Visa Kapitalbank bilan Xitoyga: WeChat Pay va Alipay orqali naqd pulsiz to‘lovlar – erkin, oson va xavfsiz


    Mobiuz — 8 milliondan ortiq abonentlar tanlovi 


    “O‘zbekinvest” sug‘urta kompaniyasi 2025-yilning I yarim yilligi yakunlarini eʼlon qildi


    Kia Sonet va ADM Global: O‘zbekiston avtomobil klasterini mahalliylashtirilishiga qariyb 260 mln AQSH dollari miqdorida sarmoya


    “Euromoney” talqinida “O‘zsanoatqurilishbank” O‘zbekistonning eng yaxshi banki deb e’tirof etildi

     

    Tavsiya etamiz

    Bir kechada oddiy ofitsiantdan millionerga aylangan ayol: lotereyadan yutilgan 10 mln dollar mashmashasi

    27 iyul, 09:25
    Audio Icon

    Andijoncha hotamtoylik: “Dunyo sadolari”ga sarflanayotgan milliardlar va shubhali shartnomalar

    24 iyul, 21:25

    “Rossiya allaqachon katta og‘alik maqomini yo‘qotib bo‘ldi”. Ukraina urushi postsovet hududida nimalarni o‘zgartirdi?

    24 iyul, 15:15

    Nildan Frot daryosigacha: maxfiylikdan tobora reallikka aylanib borayotgan “Katta Isroil” konsepsiyasi

    22 iyul, 12:22
     
     
     

    So‘nggi yangiliklarga o‘tish

    “Qo‘shni davlatlar bilan aloqalarni mustahkamlash lozim” — Eron prezidenti

    Dunyo | 27 iyul, 15:48

    Levandovski kelajagi borasida gapirdi

    Sport | 27 iyul, 15:25

    Islom Maxachev navbatdagi jangi sanasini e’lon qildi

    Sport | 27 iyul, 15:18

    Buyuk Britaniya G‘azoga gumanitar yordam yuboradi

    Dunyo | 27 iyul, 14:40

    “An-Nassr” Feliksni o‘z safiga qo‘shib olishga yaqin turibdi

    Sport | 27 iyul, 14:00

    Oliy ta’limni bitirganlar nega og‘ir ahvolda qolmoqda? O‘zi diplom kerakmi?

    O‘zbekiston | 27 iyul, 13:50
    Daryo About Us

    “Daryo” internet-nashrining (O‘zbekiston matbuot va axborot agentligi (O‘zMAA, hozirgi O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi) tomonidan 13.03.2015 yil sanasida 0944-sonli guvohnoma bilan ommaviy axborot vositasi sifatida ro‘yxatga olingan. Matnli materiallarni to‘liq ko‘chirish yoki qisman iqtibos keltirishga, shuningdek, fotografik, grafik, audio va/yoki videomateriallaridan foydalanishga “daryo.uz” saytiga giperhavola mavjud bo‘lgan va/yoki “Daryo” internet-nashrining muallifligini ko‘rsatuvchi yozuv ilova qilingan taqdirda yo‘l qo‘yiladi. Chop etiladigan ba’zi ma’lumotlar 18 yoshga to‘lmagan foydalanuvchilarga mo‘ljallanmagan bo‘lishi mumkin. Info@daryo.uz

    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte

    © «Simple Networking Solutions» MChJ, 2013–2025

    Yosh bo‘yicha cheklov

    Xato topdingizmi? Ctrl+Enter’ni bosing

    • Foydalanish shartlari
    • Maxfiylik siyosati
    • Reklama
    Nimani qidiramiz?

    Sign In or Register

    Xush kelibsiz!

    Tizimga kiring yoki Roʻyxatdan oʻting.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Roʻyxatdan oʻting

    Roʻyxatdan oʻtganmisiz? Login.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Sizga parol elektron pochta orqali yuboriladi.

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Matnda xato topdingizmi?

    ×

    Rahmat. Biz sizning xabaringizni oldik va xatoni imkon qadar tezroq tuzatamiz.