Yevropa Ittifoqi Armaniston bosh vaziri Nikol Pashinyan va Ozarbayjon prezidenti Ilhom Aliyev o‘rtasida “katta uchrashuv”ga tayyorlanmoqda. Muzokaralarda Fransiya prezidenti Emmanuel Makron, Germaniya kansleri Olaf Shols va Yevropa kengashi rahbari Sharl Mishel ham ishtirok etadi. Uchrashuv 31-may kuni Kishinyovdagi Yevropa siyosiy sammiti doirasida bo‘lib o‘tadi.
“Tasdiqlashim mumkinki, Armaniston va Ozarbayjon rahbarlari bilan uchrashuv bo‘ladi. Ertaga prezident Makron va kansler Shols bilan katta uchrashuv bo'lib o'tadi. Bu biz uchun katta ish bo‘lib, bunga astoydil tayyorgarlik ko‘rmoqdamiz”, — dedi Bryusselda jurnalistlarga Yevropa Ittifoqining yuqori martabali vakili.
25-may kuni Armaniston va Ozarbayjon hududiy mojaroning hal etilishini e’lon qildi. Ozarbayjon tomoni Armaniston bilan tinchlik shartnomasi 1-iyun kuni Kishinyovda imzolanishi mumkinligini ilgari surdi. Nikol Pashinyan hozirda hujjatning to‘rtinchi nashri muhokama qilinayotganini, biroq kelishuvning yakuniy varianti yo‘qligini taʼkidladi.
Izoh (0)