O‘zbekistonda 2023-yil 1-may holatiga faoliyat ko‘rsatayotgan xorijiy kapital ishtirokidagi korxona va tashkilotlar soni 12 989 tani tashkil etgan. Bu haqda Statistika agentligi xabar qildi.
Xorijiy kapital ishtirokida faoliyat ko‘rsatayotgan korxonalarni davlatlar kesimida hisoblaganda, ularning asosiy qismini Rossiya tashkilotlari tashkil etgan. Bundan tashqari, 2 mingga yaqin Turkiya va Xitoy korxonalari mavjud.
Xorijiy kapital ishtirokida eng ko‘p faoliyat ko‘rsatayotgan korxonalarning davlatlar kesimida soni:
- Rossiya – 2 905 ta;
- Xitoy – 1 807 ta;
- Turkiya – 1 798 ta;
- Qozog‘iston – 986 ta;
- Janubiy Koreya – 712 ta;
- AQSH – 297 ta;
- Qirg‘iziston – 258 ta;
- Tojikiston – 253 ta.
O‘zbekistonda 2023-yil 1-yanvar holatiga faoliyat ko‘rsatayotgan xorijiy kapital ishtirokidagi korxona va tashkilotlar soni 15 801 tani tashkil etgan. Undan bir oy oldingi ko‘rsatkich esa 15 497 taga teng edi.
Izoh (0)