• Profilga Kirish
  • 1744009905_435.svg 1744009905_642.svg

  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
Ўзбекча
Русский
English
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
    • USD12831.13
    • RUB161.07
    • EUR14542.8
    • Google play
    • App Store
    • Telegram
    • Toshkentda
      +21°C
      • Andijon
      • Qarshi
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Farg‘ona
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Termiz
      • Namangan
      • Toshkent
      • Navoiy
      • Toshkent vil
      • Nukus
      • Urganch
    • Daryo
      • Internet-nashr
      • Tahririyat haqida
      • Aloqa ma'lumotlari
      • Foydalanish shartlari
      • Maxfiylik siyosati
      • Yangiliklar arxivi
    • Reklama
    • Ijtimoiy tarmoqlar
      • Instagram | Rasmiy
      • Instagram | Lifestyle
      • Instagram | Sport
      • Facebook | Rasmiy
      • OK | Rasmiy
      • YouTube | Daryo
      • YouTube | Daryo Rus tilida
      • YouTube | Daryo Global
    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte
    Daryo logo white
    • O‘zbekiston
      • Boshqalar
      • Navoiy
      • Toshkent viloyati
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Qashqadaryo
      • Surxondaryo
      • Xorazm
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Namangan
      • Farg‘ona
      • Andijon
      • Qoraqalpog‘iston
      • Toshkent sh.
      • Mehridaryo
      • Ob-havo
    • Markaziy Osiyo
      • O‘zbekiston (Mahalliy)
      • Afg'oniston
      • Qirg‘iziston
      • Qozog‘iston
      • Turkmaniston
      • Tojikiston
    • Dunyo
    • Pul
      • Biznes
      • Iqtisodiyot
      • Moliya
      • Kripto
    • Madaniyat
      • Kino
      • Kitob
      • Musiqa
      • Shou-biznes
    • Layfstayl
      • Ayollar sahifasi
        • Farzand
        • Go‘zallik
        • Karyera
        • Maslahatlar
        • Moda
        • Retseptlar
      • Texnologiyalar
        • Arxitektura
        • Gadjetlar
        • Ilm-fan
        • Koinot
        • Media
      • Avto
      • Qo‘ziqorin
      • Sayohat
      • Salomatlik
      • Ta’lim
        • Abituriyent
        • Ingliz tilini o’rganamiz
    • Sport
      • Futbol
      • UFC
      • Boks
    infinix
    Daryo.uz - Login
    Daryo.uz Daryo.uz
    Daryo.uz - Login
    O‘zbekiston

    25 mlrd dollarlik loyihalar kelishilgan biznes-forum, imzolangan 41 ta hujjat, prezident “Xitoy—Markaziy Osiyo” sammitida qanday tashabbuslarni ilgari surdi? Shavkat Mirziyoyevning Xitoyga amalga oshirgan davlat tashrifi tahlili

    Prezident Shavkat Mirziyoyev 18-19-may kunlari Xitoy Xalq Respublikasida davlat tashrifi bilan bo‘ldi. Ushbu tashrif davomida ikki mamlakatning qator vazirlik va idoralari o‘rtasida ko‘plab kelishuvlarga erishildi. Xususan, energetika, taʼlim, telekommunikatsiya tarmoqlari, avtomobilsozlik va boshqa qator sohalarga doir 41 ta hujjat imzolandi. Shuningdek, tashrif davomida Shavkat Mirziyoyev “Xitoy—Markaziy Osiyo” sammitida ham ishtirok etdi.

    “Daryo” ushbu tashrifning ahamiyati, undagi kelishuvlar mohiyati va sammit xususida so‘z yuritadi.

    25 mlrd dollarlik loyihalar kelishib olingan biznes-forum

    17-may kuni ertalab Sian shahrida joylashgan ekspo-markazda O‘zbekiston—Xitoy biznes-forumi bo‘lib o‘tdi. Unda O‘zbekiston bilan hamkorlikni yo‘lga qo‘yishdan manfaatdor Xitoyning 400 dan ortiq yirik kompaniyalari ham ishtirok etdi. Xitoy ishbilarmon doiralari vakillari O‘zbekistonda ijobiy tarkibiy o‘zgarishlar va biznes yuritish uchun yaratilgan qulay sharoitlar bilan atroflicha tanishtirildi.

    Foto: “Daryo” / Madina Nurman

    Forum yakunlari yuzasidan “Daryo” muxbiri transport vaziri Ilhom Mahkamov bilan suhbatlashdi. Vazirning so‘zlariga ko‘ra, Xitoyning qator transport logistika kompaniyalari bilan shartnomalar imzolanmoqda. “Bu kompaniyalar nafaqat O‘zbekiston orqali mahsulotlarini ayirboshlash yoki transport xizmatlarini respublikamiz orqali ko‘rsatadi, balki qo‘shma korxonalar tuzib, O‘zbekiston Respublikasi hududida logistika markazlarini yaratadi. Bu chegaraoldi logistika markazlari bo‘ladi”, deydi u.

    Bundan tashqari, viloyat markazlariga avtobuslar yetkazilishi, jumladan, Samarqand va Nukus shaharlariga 2 oy ichida 100 tadan avtobuslar olib kelinishini aytdi.

    BGI Genomics kompaniyasi bosh direktori Jun Cheng Sirdaryodagi skrining markazidagi eskirgan tibbiy uskunalarni yangilariga almashtirish bo‘yicha o‘zaro hamkorlik rejalari tuzilganini aytdi.

    Sirdaryo viloyati hokimi Akmaljon Mahmudaliyev may oyi yakunigacha Sirdaryoda Exeed brendli avtomobillar ishlab chiqarish boshlanishini taʼkidladi. “Qator kompaniyalar bilan birgalikda agrologistika bo‘yicha 500 mln dollarlik kelishuvlar imzolandi. Bundan tashqari, istiqbolda Sirdaryoni innovatsion hududga aylantirish hamda Xitoy—O‘zbekiston munosabatida Sirdaryoning roli alohida bo‘lishini taʼminlash bo‘yicha ish olib borilmoqda”, — deydi hokim.

    Qishloq xo‘jaligi sohasida ham erishilgan kelishuvlar ham talaygina. Xususan, vazir Aziz Voitov qoramol yetishtirish bilan shug‘ullanuvchi Shinjon Xualin Indastri end treyd bosh direktori Guo Siangyang bilan kelishuvni imzoladi. O‘zbekistonda Xualin Indastri chorvachilik sohasiga asos solmoqchi. Bu go‘sht yetishtirish va uni qayta ishlash majmualarini o‘z ichiga olgan klaster ko‘rinishida bo‘lishi rejaga olingan.

    Foto: Qishloq xo‘jaligi vaziirligi matbuot xizmati

    Shuningdek, Voitov Okeanologiya universiteti rektori Pan Sinsyan bilan yuqoridagi masalalarda hamkorlik aloqalarini yo‘lga qo‘yishni ko‘zda tutuvchi hamkorlik memorandumini imzoladi. O‘zbek-xitoy laboratoriyasini tashkil etib, tekshiruvlar natijasida O‘zbekistonda sho‘rlangan yerlarda qaysi mahsulot yetishtirish mumkin, talab va taklifdan kelib chiqib iqlimiy sharoitlarni hisobga olgan holda 2-3 marotaba hosil olish, takroriy ekinlardan samarali foydalanish masalalariga qaratildi.

    O‘zbekiston oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vazirligi Xitoy kompaniyalari bilan birga Covid va gripp uchun yangi vaksina yaratish, yuqumli kasalliklarni aniqlaydigan 10 mingta test ishlab chiqarish va Samarqandda energetika yo‘nalishida yangi universitet ochish bo‘yicha kelishuvlarga erishdi.

    Iliq kutib olish va ikki davlat rahbarining muzokaralari

    17-may kuni O‘zbekistonning 1-borti Xitoyning Sian shahri tomon yo‘l oldi. 4 soatdan ortiq parvozdan so‘ng Sian shahri vaqti bilan tunda samolyot aeroportga kelib qo‘ndi. Ko‘hna Sian shahrining xalqaro aeroportida ikki davlat bayroqlari ko‘tarildi, oliy martabali mehmonlar sharafiga faxriy qorovul saf tortdi, milliy qo‘shiq va raqslardan iborat tantanali marosim bo‘lib o‘tdi.

    Foto: Prezident matbuot xizmati
    Foto: Prezident matbuot xizmati
    Foto: Prezident matbuot xizmati

    O‘zbekiston yetakchisini XXR madaniyat va turizm vaziri Xu Xepin, Shensi muzofoti gubernatori Chjao Gan va boshqa rasmiy shaxslar kutib oldi.

    18-may kuni “Shensi” qarorgohida Shavkat Mirziyovning XXR raisi Si Szinpin bilan ikki tomonlama muzokaralari boshlandi.

    Foto: “Daryo” / Madina Nurman

    Mazkur muloqotlarda taʼkidlangan ikki mavzu eʼtiborga loyiq:

    1. Sirdaryo viloyatini “Ilg‘or texnologiyalar hududi”ga aylantirish bo‘yicha qo‘shma chora-tadbirlar belgilab olingani;
    2. “Xitoy – Qirg‘iziston - O‘zbekiston” temir yo‘lini qurish bo‘yicha amaliy ishlarni tez fursatda boshlash.

    Shavkat Mirziyoyev kambag‘allikni qisqartirish bo‘yicha Xitoy tajribasini qo‘llash yuzasidan ko‘rsatmalar berib keladi. 7-aprel kuni Sirdaryo viloyatiga tashrif davomida prezident bu borada viloyat rahbariyatiga aniq topshiriqlarni bergan edi.

    Xitoy—Qirg‘iziston—O‘zbekiston temiryo‘li esa savdo-iqtisodiy jihatdan o‘ta muhim bo‘lgan loyiha hisoblanadi. Ushbu loyiha amalga oshirilishi va bitishi uch mamlakat uchun ham manfaatli bo‘lishi aniq.

    Muloqotda 2023-yilda O‘zbekistonda ikki mamlakat shahar va hududlarining birinchi forumini o‘tkazish masalasi o‘rganilishi xususida ham so‘z bordi. O‘zbekiston yetakchisi Xitoy rahbarini mamlakatimizga tashrif bilan kelishga taklif etdi. Taklif minnatdorlik bilan qabul qilindi.

    Foto: “Daryo” / Madina Nurman

    Muzokaralar yakunida Shavkat Mirziyoyev va Si Szinpin Qo‘shma bayonotni imzolashdi hamda 2023-2027-yillarga mo‘ljallangan O‘zbekiston Respublikasi bilan XXR o‘rtasida yangi davrdagi har tomonlama strategik sheriklikni rivojlantirish dasturini qabul qilishdi (jami imzolangan 41 ta hujjat ro‘yxati).

    Shavkat Mirziyoyev tashabbusi bilan start berilgan “Markaziy Osiyo va Xitoy xalqlari madaniyati va sanʼati yili”

    18-may kuni kechqurun Sian shahridagi Tan sulolasi bog‘ida “Markaziy Osiyo – Xitoy” birinchi sammitida ishtirok etayotgan davlatlar rahbarlarini rasman kutib olish marosimi bo‘lib o‘tdi. Marosimda Markaziy Osiyo mamlakatlari rahbarlari hamda XXR Raisi ishtirok etdi.

    Foto: Prezident matbuot xizmati

    Oliy martabali mehmonlarga saroy oldidagi maydonda Xitoyning boy tarixi va madaniyatini o‘zida aks ettirgan yorqin sahnalashtirilgan chiqishlar va konsert dasturi namoyish etildi.

    Foto: Prezident matbuot xizmati
    Foto: Prezident matbuot xizmati

    Shu bilan O‘zbekiston prezidenti tashabbusi bo‘lgan “Markaziy Osiyo va Xitoy xalqlari madaniyati va sanʼati yili”ga start berildi.

    Shavkat Mirziyoyevning “Xitoy – Markaziy Osiyo” sammitida ilgari surgan tashabbuslari

    19-may kuni erta tongdan boshlab sammitning asosiy tadbirlari boshlandi. Kun tartibiga muvofiq, Markaziy Osiyo mamlakatlari va Xitoy o‘rtasidagi o‘zaro manfaatli hamkorlikni yanada kengaytirishga oid hamda xalqaro va mintaqaviy ahamiyatga molik dolzarb masalalar muhokama qilindi.

    Foto: Prezident matbuot xizmati

    Shavkat Mirziyoyev sammitda nutq so‘zlab, quyidagi tashabbuslarni ilgari surdi:

    • 2024-yili Samarqandda milliy strategiyalarni uyg‘unlashtirish masalalari bo‘yicha birinchi Xalqaro ekspertlar konferensiyasini o‘tkazish;
    • Yangi iqtisodiy muloqotni shakllantirish va o‘zaro bog‘liqlikni kuchaytirish, 2030-yilga borib mintaqa mamlakatlarining Xitoy bilan tovar ayirboshlash hajmini ikki baravar oshirish;
    • Qulay sharoitlar va zarur huquqiy asoslarni shakllantirish uchun O‘zaro savdoga ko‘maklashish va investitsiyalarni rag‘batlantirish to‘g‘risida ko‘p tomonlama bitimni qabul qilish imkoniyatini ko‘rib chiqish;
    • 2023-yilda O‘zbekistonda olti mamlakat shahar va hududlarining forumi va ko‘rgazmasini o‘tkazish;
    • Xitoy quyosh, shamol va suv energetikasida texnologik jihatdan yetakchi ekanini hamda mavjud moliyaviy vositalarni hisobga olib, muqobil energetika sohasida yanada yaqin ilmiy-amaliy sheriklikni yo‘lga qo‘yish;
    • 2024-yili Yosh isteʼdodlar forumini birgalikda o‘tkazish.

    Shavkat Mirziyoyev Xitoy tomonining Markaziy Osiyo davlatlari va Xitoy o‘rtasidagi do‘stlik va sheriklikni mustahkamlash uchun bunday uchrashuvlarni muntazam o‘tkazib borish tashabbusini qo‘llab-quvvatladi.

    Og‘abek Samisov, Sian-Toshkent

    20.05.2023, 19:37   Izoh (0)   5327
    Facebook Twitter LinkedIn Telegram Email

    Izoh (0)

    Kirish
    Javob qoldiring Bekor qilish

    Mavzuga doir

    OTMni davlat granti asosida tamomlagan bitiruvchilarning 3 yil ishlab berish majburiyati o‘z kuchini yo‘qotmagan — vazirlik

    20.05.2023, 19:03

    Rossiyalik bloger “O‘zbekiston temir yo‘llari”ning xizmat ko‘rsatish sifatini tanqid qildi

    20.05.2023, 18:10

    Qozog‘istondagi YTHda 4 nafar O‘zbekiston fuqarosi halok bo‘ldi

    20.05.2023, 17:45

    Savdo-sanoat palatasi tadbirkorlikka oid ko‘mak loyihalariga hamkor sifatida jalb etiladi

    20.05.2023, 17:15

    OKMK jamoasi kasb bayramini nishonladi

    20.05.2023, 16:37

    Kovid va gripp uchun yangi vaksina, yuqumli kasalliklarni aniqlaydigan 10 mingta test, Samarqandda energetika yo‘nalishida yangi universitet. Ibrohim Abdurahmonov

    20.05.2023, 15:57
    ×Lightbox Image

    Daryo.uz | Sizning muammoingiz yechimi


    Jamg‘armalar bilan qanday ishlash zarur: bank omonatlari, aksiyalar yoki investitsion paketlar? (davomi)


    Ilg‘or qurilish texnologiyalari asosida qad rostlayotgan Quyi Chotqol GES


    InfinBANK Visa Direct orqali xalqaro pul o‘tkazmalariga qo‘yilgan limitlarni oshirdi 


    “Akkermann sement” xalqaro forumi: qurilish materiallari sohasidagi muammolar keng tahlil qilindi


    Eng chuqur g‘or, eng baland ko‘prik va eng sirli maskan – Namanganga boramiz


    ANORBANK Xususiy sektorni rivojlantirish bo‘yicha Islom korporatsiyasi bilan 10 million AQSH dollariga teng kelishuv imzoladi


    Oqtepa Lavashdan “Kulgili narxlar”: sevimli taomlar — har bir pozitsiya 10 mingdan 20 ming so‘mgacha bo‘lgan maxsus narxlarda


    Kapitalbank xodimlarining raqamli ko‘nikmalarini rivojlantirmoqda 


    Centrum Air Istanbul va O‘zbekistonning uch shahri o‘rtasida to‘g‘ridan-to‘g‘ri reyslarni yo‘lga qo‘ymoqda


    “Biznesni rivojlantirish banki” biznes uchun qulay innovatsion bank bo‘lishga intilmoqda


    Ipoteka Bank OTP Group o‘zini o‘zi band qilganlarga yangi ipoteka dasturini ishga tushirdi: hujjatlarsiz, asabbuzarliksiz, samarali natijalar bilan


    “O‘zbekinvest” IUA aʼzosiga aylandi va Londonning global sug‘urta bozorida o‘z mavqeini mustahkamladi


    Tarmoqda bolalar xavfsizligi : Octobankdan maslahatlar


    Acıbadem shifoxonalar tarmog‘ida qon kasalliklarini zamonaviy davolash usullari: leykoz va boshqa kasalliklar


    UZTELECOM 10 Gbit/s tezlikdagi uy internetini foydalanuvchilarga taqdim etdi

     

    Tavsiya etamiz

    “Ikki xonali uy uchun 715 mln so‘mdan”. “Daryo”dagi maqoladan so‘ng poytaxt hokimligi uysiz qolgan aholiga xonadon sotib olish uchun mablag‘ ajratdi

    28 may, 21:15

    Budapesht fasadlari: sanʼat ko‘chada yashaydi (foto)

    27 may, 10:00

    Gestapo va KGB xizmatida bo‘lgan buxorolik “Shtirlits”

    26 may, 19:00

    Ayol ovchilardan ilg‘or samolyotlarga qadar — Ukraina rus Shahed’larini qanday ovlaydi?

    19 may, 20:10
     
     
     

    So‘nggi yangiliklarga o‘tish

    Sherzod Asadov Rossiya prezidentining matbuot kotibi bilan axborot sohasidagi hamkorlik masalalarini muhokama qildi

    O‘zbekiston | 28 may, 23:55

    Saida Mirziyoyeva Aleksey Gromov bilan axborot sohasidagi hamkorlik masalalarini muhokama qildi

    O‘zbekiston | 28 may, 23:51

    Floridada alligator hujumidan omon qolgan erkak politsiya tomonidan otib o‘ldirildi

    Dunyo | 28 may, 23:50

    Jorja Meloni Shavkat Mirziyoyev hamrohligida Registon ansambli va “Boqiy shahar” majmuasi bilan tanishdi (foto)

    O‘zbekiston | 28 may, 23:41

    Helsinki aeroportidagi ish tashlashlar sababli Finnair aviakompaniyasi yuzdan ortiq reysni bekor qiladi

    Dunyo | 28 may, 23:40

    Samarqanddagi korxona 3 mlrd so‘mlik gazdan o‘g‘rincha foydalangani aniqlandi

    O‘zbekiston | 28 may, 23:30

    Tramp Putin va Zelenskiy bilan uchrashishga tayyorligini bildirdi

    Dunyo | 28 may, 23:20

    “Daryo” dayjesti: 28-mayning eng muhim xabarlari

    O‘zbekiston | 28 may, 23:11

    Saida Mirziyoyeva Rossiya prezidenti administratsiyasi rahbarining birinchi o‘rinbosari bilan uchrashdi. Nimalar muhokama qilindi?

    O‘zbekiston | 28 may, 22:55
    Daryo About Us

    “Daryo” internet-nashrining (O‘zbekiston matbuot va axborot agentligi (O‘zMAA, hozirgi O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi) tomonidan 13.03.2015 yil sanasida 0944-sonli guvohnoma bilan ommaviy axborot vositasi sifatida ro‘yxatga olingan. Matnli materiallarni to‘liq ko‘chirish yoki qisman iqtibos keltirishga, shuningdek, fotografik, grafik, audio va/yoki videomateriallaridan foydalanishga “daryo.uz” saytiga giperhavola mavjud bo‘lgan va/yoki “Daryo” internet-nashrining muallifligini ko‘rsatuvchi yozuv ilova qilingan taqdirda yo‘l qo‘yiladi. Chop etiladigan ba’zi ma’lumotlar 18 yoshga to‘lmagan foydalanuvchilarga mo‘ljallanmagan bo‘lishi mumkin. Info@daryo.uz

    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte

    © «Simple Networking Solutions» MChJ, 2013–2025

    Yosh bo‘yicha cheklov

    Xato topdingizmi? Ctrl+Enter’ni bosing

    • Foydalanish shartlari
    • Maxfiylik siyosati
    • Reklama
    Nimani qidiramiz?

    Sign In or Register

    Xush kelibsiz!

    Tizimga kiring yoki Roʻyxatdan oʻting.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Roʻyxatdan oʻting

    Roʻyxatdan oʻtganmisiz? Login.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Sizga parol elektron pochta orqali yuboriladi.

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Matnda xato topdingizmi?

    ×

    Rahmat. Biz sizning xabaringizni oldik va xatoni imkon qadar tezroq tuzatamiz.