May oyining o‘rtalariga kelib, Ukraina hududidagi rus harbiylari soni taxminan 400 ming kishini tashkil qiladi. Bu haqda Ukraina Mudofaa vazirligi razvedka bosh boshqarmasi boshlig‘i, general-mayor Kirill Budanov maʼlum qildi.
Budanovning so‘zlariga ko‘ra, gap 370 mingga yaqin harbiy kontingent, Milliy gvardiyaning 20 mingdan ortiq qo‘shinlari va 7 mingga yaqin turli harbiylashtirilgan tuzilmalar haqida bormoqda.
Razvedka rahbari hozir ruslar jiddiy hujum qilish imkoniyatiga ega emasligi, ammo ular kuchli mudofaa qurganini aytdi.
“Rossiyada mudofaa uchun jiddiy salohiyat bor. Ular eshelonli, kuchli mudofaa qurdi. Ammo bu oldingiday jiddiy hujum operatsiyalarini o‘tkaza oladigan Rossiya armiyasi emas”, — dedi u.
Ukraina qurolli kuchlari Bosh shtabi ma’lumotlariga ko‘ra, urushda Rossiyaning 200 mingga yaqin askari halok bo‘lgan.
Izoh (0)