• Profilga Kirish
  • 1751972643_633.png 1751972643_245.png 1751959824_218.svg 1751959824_520.svg

  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
Ўзбекча
Русский
English
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
    • USD12634.34
    • RUB162.37
    • EUR14821.34
    • Google play
    • App Store
    • Telegram
    • Toshkentda
      +22°C
      • Andijon
      • Qarshi
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Farg‘ona
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Termiz
      • Namangan
      • Toshkent
      • Navoiy
      • Toshkent vil
      • Nukus
      • Urganch
    • Daryo
      • Internet-nashr
      • Tahririyat haqida
      • Aloqa ma'lumotlari
      • Foydalanish shartlari
      • Maxfiylik siyosati
      • Yangiliklar arxivi
    • Reklama
    • Ijtimoiy tarmoqlar
      • Instagram | Rasmiy
      • Instagram | Lifestyle
      • Instagram | Sport
      • Facebook | Rasmiy
      • OK | Rasmiy
      • YouTube | Daryo
      • YouTube | Daryo Rus tilida
      • YouTube | Daryo Global
    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte
    Daryo logo white
    • O‘zbekiston
      • Boshqalar
      • Navoiy
      • Toshkent viloyati
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Qashqadaryo
      • Surxondaryo
      • Xorazm
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Namangan
      • Farg‘ona
      • Andijon
      • Qoraqalpog‘iston
      • Toshkent sh.
      • Mehridaryo
      • Ob-havo
    • Markaziy Osiyo
      • O‘zbekiston (Mahalliy)
      • Afg'oniston
      • Qirg‘iziston
      • Qozog‘iston
      • Turkmaniston
      • Tojikiston
    • Dunyo
    • Pul
      • Biznes
      • Iqtisodiyot
      • Moliya
      • Kripto
    • Madaniyat
      • Kino
      • Kitob
      • Musiqa
      • Shou-biznes
    • Layfstayl
      • Ayollar sahifasi
        • Farzand
        • Go‘zallik
        • Karyera
        • Maslahatlar
        • Moda
        • Retseptlar
      • Texnologiyalar
        • Arxitektura
        • Gadjetlar
        • Ilm-fan
        • Koinot
        • Media
      • Avto
      • Qo‘ziqorin
      • Sayohat
      • Salomatlik
      • Ta’lim
        • Abituriyent
        • Ingliz tilini o’rganamiz
    • Sport
      • Futbol
      • UFC
      • Boks
    infinix
    Daryo.uz - Login
    Daryo.uz Daryo.uz
    Daryo.uz - Login
    Dunyo

    Fors ko‘rfazidagi “amirliklar marvaridi” — BAAdagi Ras al-Hayma shahrining betakror tabiatiga sayohat

    Ras al-Hayma — Forz ko‘rfazi sohillari bo‘yida joylashgan, Birlashgan Arab Amirliklari tarkibidagi kurort shahar. U serquyosh iqlimi, qumli plyajlari, ulkan tog‘-u, bepoyon sahrolari bilan turistlarning diqqat markazida.

    Yaqin 20 yil ichida Dubay kabi megapolisga aylanadigan ushbu shaharning sayyohlik jozibasini ommaga ko‘rsatish maqsadida Canaan Travel turagentligi Centrum Air aviakompaniyasi samolyotlarida Ras al-Haymaga infotur uyushtirdi. Sayohat ishtirokchilari 28-apreldan 5-mayga qadar Birlashgan Arab Amirliklarining eng jozibador shaharlaridan birida bo‘lib, uning diqqatga sazovor manzillari bilan tanishdi.

    Foto: “Daryo” / Abduqahhor Qosimov

    Sayohat ishtirokchilari 28-apreldan 5-mayga qadar Birlashgan Arab Amirliklarining eng jozibador shaharlaridan birida bo‘lib, uning diqqatga sazovor manzillari bilan tanishdi.

    Info-tur qatnashchilari Ras al-Hayma aeroportiga qo‘nishi bilanoq dimoqqa yengil, biroz nam, ammo toza havo urildi. Huddi filmlardagidek manzara hosil qilgan sahro o‘rtasidagi yo‘l yoqalab mehmonxona tomon borish barobarida hududning noyob tabiati bilan tanishish ham boshlandi.

    Marvarid ovi

    Safarning dastlabki manzili dengiz tubidagi chig‘anoqlardan marvarid ajratib olishga ixtisoslashgan “Suvaydi marvaridlari” fermasi bo‘ldi. Ferma ulug‘vor Al-Hajar tog‘ tizmasidagi Al-Rams nomli kichik baliqchilik qishlog‘ida joylashgan bo‘lib, 2004-yilda ilk arab marvarid yetishtiruvchisi Abdulla Rashid al-Suvaydi tomonidan tashkil etilgan. Biologik xilma-xillikka boy va tabiiy go‘zalligi bilan maqtana oladigan bu hududni osoyishtalik o‘chog‘i deyish mumkin.

    Foto: “Daryo” / Abduqahhor Qosimov

    Ras al-Hayma marvarid sanoati 7 ming yillik tarixga ega. Aynan chig‘anoqlar tufayli amirlik mintaqadagi eng yirik savdo portlaridan biriga aylangan. Sayyohlarni ferma faoliyati bilan tanishtirgan yigitning aytishicha, qadimda, hali mintaqada neft topilmasidan ilgari ham marvarid kemalari chig‘anoq ovlash bilan shug‘ullangan, g‘avvoslar 4 oylab quruqlikka chiqmagan, kemadagi ishchilarning aksariyati nobud bo‘lishi odatiy hol bo‘lgan. Mamlakatda neft konlari aniqlanib, daromad ortgach, bu holat marvarid yetishtirish sohasiga ham o‘zining sezilarli ta’sirini ko‘rsatgan — jarayon ancha sanoatlashgan. Ras al-Haymaning “Amirliklar marvaridi” deb atalishi bejizga emas.

    Foto: “Daryo” / Abduqahhor Qosimov

    Uch ming yillik qal‘a

    Sayohatning ikkinchi manzili BAA hududida saqlanib qolgan yagona tepalik — Dhayah bo‘ldi. Bu qal’a bronza davrida (miloddan avvalgi 1600—1300-yillar) qurilgan bo‘lib, o‘shanda mahalliy o‘troq aholi bu yerdan dushmanlarga qarshi istehkom sifatida foydalangan. Xom g‘ishtdan qurilgan ikki imoratli bino esa XIX asrda qurilgan.

    Foto: “Daryo” / Abduqahhor Qosimov

    Bu yodgorlik Britaniya bosqini paytida 1819-yilda yuz bergan inglizlar va mahalliy qavosim qabilasi o‘rtasidagi jangga guvoh bo‘lgan. Eng yuqori tepalikka chiqib, keng yalanglikning olis burchaklariga nazar tashlash uchun naq 239 ta zinapoyadan ko‘tarilishga to‘g‘ri keladi.

    Ko‘chmanchilar qishlog‘i

    Ras al-Hayma sahrosining qoq markazida Bassata badaviylar lageri bor. U yerni cho‘ldagi qishloq deb atashadi. Yovvoyi tuya va eshaklar, akatsiya gullari bilan tanilgan anklav hudud qadimda ko‘chmanchi arab qabilalari qay tarzda hayot kechirganini tushunishga yordam beradi.

    Foto: “Daryo” / Abduqahhor Qosimov

    Salqin havo, echki junidan tikilgan chodir, baxmal to‘shaklar hamda ekstremal sport turlari: kvadratsikl, tuya poygasi ajoyib uyg‘unlikni aks ettiradi. Post-apokaliptik ruhdagi landshaft, yoqimli arab musiqasi fonida turli tadbirlar, olov o‘yinlari, raqslar, turistlar ishtirokidagi musobaqalar unutilmas onlarni taqdim etadi. “Ming bir kecha” asari voqealari aynan shu hududlarda yuz bergan bo‘lsa ajab emas.

    Foto: “Daryo” / Abduqahhor Qosimov

    Bundan tashqari, Bassata lagerida haqiqiy arab oshxonasi bilan tanishish, ko‘plab mazali ovqatlardan tatib ko‘rish mumkin. Bu qumtepaliklar ortida hayot qaynaydi.

    Arvoh shahar

    Al Jazira Al-Hamra (tarjimasi: Qizil orol) — Fors ko‘rfazida to‘liq holatda saqlab qolingan kam sonli tarixiy qishloqlardan biri. U turli dizayndagi keng, ammo tashlandiq uylar, qal’a va qo‘riqlash minoralari, turli maishiy binolar, jumladan, masjidlar qoldiqlaridan tarkib topgan bo‘lib, qariyb 50 yildirki, bu shaharchada muqim yashovchi biror inson yo‘q. 1968-yilda Abu-Dabi amirligiga ommaviy ko‘chish yuz berganidan so‘ng 2,5 ming insonga boshpana bo‘lgan joy qarovsiz qolgan.

    Foto: “Daryo” / Abduqahhor Qosimov

    Shunga qaramay, hozirda ushbu hudud sayyohlarning diqqatga sazovor joylaridan hisoblanadi. Al-Jazira Al-Hamra YUNESKOning Jahon madaniy merosi ro‘yxatiga kiritilgan. Boisi u — Yaqin Sharqdagi ming yillik klassik me’moriy va shaharsozlik an’analarining yaqqol namunasi.

    Ammo ko‘pgina binolar vayronaga aylangan yoki yaroqsiz holga kelgan. Shu sababli xavfsizlik nuqtai nazaridan tashrif buyuruvchilarga imoratlarga chiqmaslik, qorong‘u paytida bu hududda harakatlanmaslik tavsiya qilinadi.

    Dunyodagi eng uzun ziplayn

    Safar davomida, ayniqsa, adrenalin ulashgan va hayajonli manzillardan biri bu, albatta, ziplayn bo‘ldi. Jais Flight butun dunyodagi eng uzun ziplayn hisoblanadi — 2,83 kilometr. Maxsus vositalar yordamida tog‘ning bir cho‘qqisidan boshqasiga 150 kilometr/soat tezlikda “suzish” akrofobiya (balandlikdan qo‘rqish)ni yengishga yordam beradi. 1680 metr balandlikdagi 3 daqiqa davomida siz o‘zingizni xuddi superqahramondek his qilasiz. Buning zavqini ming marta eshitgandan bir bor his etgan yaxshi.

    Tog‘ chanasi

    Ziplayn joylashgan hududda, ya’ni Al-Hajar tog‘ tizmasida temir relslar orqali pastga qarab osib chiqilgan yo‘lak mavjud. Unga o‘rnatilgan o‘rindiq orqali yuqoridan pastga qarab panorama shaklida aylanib tushish bir qarashda juda qo‘rqinchlidek tuyuladi, ammo hech qanday xavf yo‘q — barchasi qo‘lda boshqariladi, istalgan payt tezlikni pasaytirishingiz mumkin. Soatiga 40 kilometrgacha tezlikda 1840 metrlik egri chiqizlarni bosib o‘tish jarayoni taxminan sakkiz daqiqani oladi.

    Chanalarga bir kishi ham, ikki kishi ham minishi mumkin. Qo‘lingizda tormoz bo‘ladi, o‘zingiz esa o‘rindiqqa kamar yordamida mahkamlanasiz. Instruktorning ko‘rsatmasidan so‘ng shitob bilan pastga tushib borar ekansiz, tanangizdagi adrenalinni bevosita his qilasiz.

    Xavfsizlik nuqtai narazidan ziplayn hamda tog‘ chanasidan uchish paytida telefondan foydalanishga ruxsat berilmaydi. Ammo internetda bu zavqli jarayonlar aks etgan videolavhalarni topish mushkul emas.

    Xulosa

    Safar davomida shunga amin bo‘ldikki, BAA, shuningdek, neft zaxiralari topilgan boshqa Fors ko‘rfazi davlatlari turizm sohasiga juda katta investitsiya kiritmoqda. Baland binolar qurish o‘z yo‘liga, mamlakatning tarixiy qadamjolari, go‘zal tabiatiga ham e’tibor qaratilyapti. Buning ortidan hozir Ras al-Hayma sayyohlarning sevimli maskaniga aylanib ulgurgan. Boisi Dubay, Abu-Dabi kabi megapolislar odamlar bilan gavjum bo‘lsa, bu shahar ayni dam olishga mo‘ljallangan — “tinch, sokin, mazza: asablar dam oladi”.

    Agar oilaviy dam olishni mo‘ljallayotgan bo‘lsangiz, Ras al-Hayma sizni kutmoqda. Hamyonbop narxlar, yuqori sifatga ega Canaan Travel tur agentligi barcha qulayliklarni o‘z ichiga olgan (all inclusive) turlarni taklif etadi.

    • Sayt: https://canaan.uz/
    • Telegram: https://t.me/canaan_uz/
    • Instagram: https://instagram.com/canaan.uz/
    • Telefon: +998-78-888-07-40

    Agar O‘zbekistonning turli hududlari yoki xorijga uchish maqsadida aviachiptalar izlayotgan bo‘lsangiz, Centrum Air qanotlaridan foydalaning.

    • Sayt: https://centrum-air.com/
    • Instagram: https://www.instagram.com/centrumair/
    • Telefon: +998-55-518-88-88

    Ma’lumotlar sheriklik huquqi asosida tayyorlandi

    15.05.2023, 08:51   Izoh (0)   10751
    Facebook Twitter LinkedIn Telegram Email

    Izoh (0)

    Kirish
    Javob qoldiring Bekor qilish

    Mavzuga doir

    Ovozlarning qariyb 60 foizi hisoblab chiqildi: Turkiyada saylovning dastlabki natijalari e’lon qilindi

    14.05.2023, 23:09

    Dubayda doim yomg‘ir yog‘adigan ko‘cha ochiladi (foto) 

    14.05.2023, 22:48

    Belarus prezidenti administratsiyasi Lukashenko ommaga ko‘rinmayotgani sababini aytdi

    14.05.2023, 21:58

    “Putinning B rejasi”. Trampning Oq uyga qaytishi Ukrainadagi urushning kechishini qanday o‘zgartirishi mumkin?

    14.05.2023, 21:33

    Prigojin derazadan tushib ketishi yoki choydan zaharlanib o‘lishi mumkin — Politico

    14.05.2023, 19:17

    “Tez orada Turkiyaga demokratiya keladi” — Kamol Qilichdaro‘g‘li

    14.05.2023, 18:50
    ×Lightbox Image

    Daryo.uz | Sizning muammoingiz yechimi


    Chiqim va kirim: nazorat sari ilk qadam


    Turizmdagi trendlar 2025: Xitoyda Markaziy Osiyoga – Qozog‘iston, O‘zbekiston, Qirg‘izistonga qiziqish o‘smoqda


    InfinBANK’dan VISA kartasi endi Swoo Pay ilovasida


    O‘zbekiston Milliy banki xalqaro kapital bozorida 400 mln AQSH dollarlik obligatsiyalarni muvaffaqiyatli joylashtirdi


    Centrum Air 25-iyuldan Toshkent — Seul to‘g‘ridan-to‘g‘ri reyslarini boshlaydi 


    Beeline Uzbekistan hududlarda raqamli rivojlanishni jadallashtirmoqda


    Ipotekaga xonadon, sovg‘a sifatida esa — omborxona!


    Ichkaridan nazar: Imzo fabrikasi qanday ishlaydi?


    BI Sad’O Business loyihasida ochiq eshiklar kuni bo‘lib o‘tdi va CHILLA aksiyasi boshlandi


    Ipak Yo‘li Bankdan Tradeloan: xalqaro bitimlarni moliyalashtirish


    “KAFOLAT sug‘urta kompaniyasi” AJning moliyaviy barqarorlik reytingi “Fitch Ratings” tomonidan “Ijobiy” prognozi bilan “B+” darajasida tasdiqlandi


    Central Asian University RUR va THE Impact Rankings 2025 xalqaro reytinglarida o‘z mavqeini mustahkamlamoqda


    Kia O‘zbekiston bozorini egallamoqda: 2025-yilning birinchi yarmida rekord darajadagi sotuvlar


    O‘zbekistonda yangilangan HAVAL H6 rasman ishga tushirildi


    Neo Insurance — sug‘urta bozoridagi raqamli o‘zgarishlarning 2 yillik natijasi 

     

    Tavsiya etamiz

    Kreml soyasidagi jumboqlar: sirli ravishda vafot etgan rossiyalik tadbirkor va amaldorlar

    10 iyul, 20:40

    Isroilning G‘azodagi qirg‘ini yagona emas: Insoniyat tarixidagi eng yirik genotsidlar qanday sodir bo‘lgandi?

    10 iyul, 19:12

    Patriot: Isroil voz kechgan, Ukraina esa ko‘prog‘iga ega chiqishni istayotgan yarim asrlik tizim haqida nimalar ma’lum?

    8 iyul, 20:45

    “O‘lim sharbati”: SSSRda Stalindan so‘ng ikkinchi qudratli shaxs nomi berilgan qurol qanday paydo bo‘lgandi?

    6 iyul, 15:23
     
     
     

    So‘nggi yangiliklarga o‘tish

    AQSHda Trampga qarshi tergovlarga yordam bergan xodimlar ishdan bo‘shatildi

    Dunyo | 12 iyul, 23:50

    “Hech kimdan qo‘rqmayman” — Toshkentda tadbirkor bolalar maydonini egallab oldi, aholi norozi

    O‘zbekiston | 12 iyul, 23:37

    “Barcha zapravkalarda elektr quvvatlagichlar o‘rnatiladi” — transport vaziri Ilhom Mahkamov

    O‘zbekiston | 12 iyul, 23:27

    Hindistonda rossiyalik ayol ikki bolasi bilan changalzorda yashayotgani aniqlandi

    Dunyo | 12 iyul, 23:10

    Abbosbek Fayzullayev va “SSKA” — Rossiya Superkubogi sohibi (video)

    Sport | 12 iyul, 22:42

    Fransiyada Yangi Kaledoniya nomli yangi davlat tuzish to‘g‘risida bitim imzolandi

    Dunyo | 12 iyul, 22:35

    Sun’iy intellekt orqali hayotingizni osonlashtirishning 9 ta usuli

    Layfstayl | 12 iyul, 22:00

    Donald Tramp Klublar o‘rtasidagi JCH finalida qatnashadi

    Sport | 12 iyul, 21:35
    Daryo About Us

    “Daryo” internet-nashrining (O‘zbekiston matbuot va axborot agentligi (O‘zMAA, hozirgi O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi) tomonidan 13.03.2015 yil sanasida 0944-sonli guvohnoma bilan ommaviy axborot vositasi sifatida ro‘yxatga olingan. Matnli materiallarni to‘liq ko‘chirish yoki qisman iqtibos keltirishga, shuningdek, fotografik, grafik, audio va/yoki videomateriallaridan foydalanishga “daryo.uz” saytiga giperhavola mavjud bo‘lgan va/yoki “Daryo” internet-nashrining muallifligini ko‘rsatuvchi yozuv ilova qilingan taqdirda yo‘l qo‘yiladi. Chop etiladigan ba’zi ma’lumotlar 18 yoshga to‘lmagan foydalanuvchilarga mo‘ljallanmagan bo‘lishi mumkin. Info@daryo.uz

    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte

    © «Simple Networking Solutions» MChJ, 2013–2025

    Yosh bo‘yicha cheklov

    Xato topdingizmi? Ctrl+Enter’ni bosing

    • Foydalanish shartlari
    • Maxfiylik siyosati
    • Reklama
    Nimani qidiramiz?

    Sign In or Register

    Xush kelibsiz!

    Tizimga kiring yoki Roʻyxatdan oʻting.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Roʻyxatdan oʻting

    Roʻyxatdan oʻtganmisiz? Login.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Sizga parol elektron pochta orqali yuboriladi.

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Matnda xato topdingizmi?

    ×

    Rahmat. Biz sizning xabaringizni oldik va xatoni imkon qadar tezroq tuzatamiz.