Dubayda tez orada odamlar har kuni yomg‘ir ostida sayr qilishi mumkin bo‘lgan ko‘cha ochiladi. Bu haqda Khaleej Times xabar berdi.
Ko‘cha uzunligi bir kilometr bo‘lib, hozirda qurilish ishlari olib borilmoqda. Uning dizayni fransuzcha uslubda bo‘ladi. Bu ko‘chada havo harorati nazorat qilinadi, jumladan, 27 daraja Selsiy va namlik esa 60 foizni tashkil qiladi, shamol tezligi soatiga 5 kilometrga yetadi.
Ko‘chada joylashgan binolardagi integratsiyalashgan iqlim nazorati tizimi tufayli “osmon”dan nafaqat yomg‘ir tomchilari, balki qor parchalari ham tushadi. Ushbu ko‘cha shahar aholisi va mehmonlariga yevropacha muhit bag‘ishlashi kutilmoqda.
Ushbu ko‘chaga kirish uchun restorani bor kurort mehmonxonasidan o‘tish kerak. Yomg‘irli ob-havodan bahramand bo‘lish uchun tashrif buyuruvchilar menyudan biror narsa buyurtma qilishi yoki xona bron qilishi zarur.
Izoh (0)