Amerika Qo‘shma Shtatlari migrantlarning katta oqimiga tayyorgarlik ko‘rmoqda. Gap shundaki, 11-may, AQSH vaqti bilan tungi 23:59 da Meksika chegarasini noqonuniy kesib o‘tgan migrantlarni koronavirus pandemiyasiga qarshi kurash doirasida mamlakatdan deportatsiya qilish to‘g‘risidagi qonun amal qilishdan to‘xtadi.
Eslatib o‘tamiz, avvalroq AQSH prezidenti Jo Bayden mamlakat janubiy chegarasi majburiy deportatsiya bo‘yicha qoida muddati tugaganidan keyin xaotik vaziyatga tushib qolishini aytgandi.
Davlat rahbarining prognozi rasmiylarning chegara inqirozining potensial kuchayishi bilan kurashish qobiliyatiga nisbatan shubhalarni kuchaytirdi va vaziyatning murakkabligini AQSH Ichki xavfsizlik departamenti tan oldi.
“Biz yaqin kunlarda va haftalarda duch kelishimiz mumkin bo‘lgan qiyinchiliklarni yaxshi tushunamiz, bu muammolarni hal qilish oson bo‘lmaydi”, — dedi AQSH ichki xavfsizlik vaziri Alexandro Mayorkas.
Izoh (0)