Daryo

O‘zbekiston sud-huquq tizimi xodimlari maxsus dastur asosida o‘qitiladi

Alohida grafik asosida barcha bo‘g‘indagi davlat fuqarolik xizmatchilari va sud-huquq tizimi xodimlariga yangi tahrirdagi Konstitutsiyaning mazmun-mohiyatini o‘qitishni tashkil etiladi

1 daqiqa o‘qish8 237 ko‘rishlar0 izoh0

Prezident tomonidan imzolangan farmonda yangi tahrirdagi Konstitutsiya bo‘yicha davlat fuqarolik xizmatchilari va sud-huquq tizimi xodimlarini o‘qitish masalasi ko‘zda tutilmoqda.

Foto: “Daryo” / Madina Nurman

Xususan, Davlat xizmatini rivojlantirish agentligi, Adliya vazirligi va Sudyalar oliy kengashiga huquqni muhofaza qiluvchi organlar bilan birgalikda bir oy muddatda quyidagilarni nazarda tutuvchi 2023–2024-yillarda yangi tahrirdagi Konstitutsiya bo‘yicha davlat fuqarolik xizmatchilari va sud-huquq tizimi xodimlarini o‘qitish rejasini tasdiqlash vazifasi yuklatildi.

Bundan tashqari, alohida grafik asosida barcha bo‘g‘indagi davlat fuqarolik xizmatchilari va sud-huquq tizimi xodimlariga yangi tahrirdagi Konstitutsiyaning mazmun-mohiyatini o‘qitishni tashkil etish, davlat fuqarolik xizmatchilari va sud-huquq tizimi xodimlarining konstitutsiyaviy madaniyati, huquqiy savodxonligini oshirish va baholash tizimini yangi tahrirdagi Konstitutsiyaga moslashtirish nuqtai nazaridan qayta ko‘rib chiqish vazifasi yuklatilmoqda.

Telegram kanal@daryoObuna bo‘lish

Siz qanday fikrdasiz?

Avval fikringizni yozing. Yuborishda hisobingizni tasdiqlaysiz.

O‘xshash yangiliklar