Qonunchilik palatasining Xalqaro ishlar va parlamentlararo aloqalar qo‘mitasi raisi Dilorom Fayziyeva yangilangan Konstitutsiya xususida o‘z fikrlarini bildirdi.
Uning so‘zlariga ko‘ra, Konstitutsiyasida o‘rin olgan juda muhim jihatlardan biri — tashqi siyosatdir.
“Shuni ham taʼkidlash joizki, O‘zbekiston bugungi kunda xalqaro, umumeʼtirof etilgan qoidalarga rioya qilish bilan birga, xalqaro shartnomalarni ham huquq tizimiga kiritadi.
Birinchi navbatda prezident xalqimiz konstitutsiyaviy bilimga ega bo‘lishi, o‘z huquqlarini bilishi kerakligini taʼkidladi. Parlamentga ana shu maqsadlarga erishish uchun chora-tadbirlar rejasini ishlab chiqish vazifasi berildi”, — deydi Dilorom Fayziyeva.
Izoh (0)