O‘zbekistonga 2023-yilning yanvar—mart oylarida 1 668 ta elektromobil import qilingan. Bu haqda Statistika agentligi xabar berdi.
Ma’lum qilinishicha, mamlakatga uch oy ichida sakkizta xorijiy davlatdan qiymati 54,7 million dollarga teng bo‘lgan 1668 dona elektromobil olib kelingan. Elektromobillar importi o‘tgan yilning mos davri bilan solishtirilganda 1215 taga oshgan.
O‘zbekiston 2023-yilning mart oyida xorijiy davlatlardan 882 dona elektromobil import qilgan.
Uch oyda eng ko‘p elektromobil import qilingan davlatlar:
- Xitoy — 1444 ta;
- Gonkong — 183 ta;
- Germaniya — 27 ta;
- Janubiy Koreya — 6 ta;
- BAA — 5 ta.
O‘zbekistonda mart oyida xorijda ishlab chiqarilgan yangi yengil avtomobillar savdosi sezilarli darajada oshgani to‘g‘risida xabar berilgandi. Bir oy ichda “inomarka”lar bo‘yicha bitimlar soni 15 foizga ko‘paygan va 2,9 ming donaga yetgan. Fevral oyida esa elektromobillar sotuvi 746 donani tashkil etib, rekord qayd etgan edi.
Izoh (0)