• Profilga Kirish
  • 1751972643_633.png 1751972643_245.png 1751959824_218.svg 1751959824_520.svg

  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
Ўзбекча
Русский
English
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
    • USD12593.77
    • RUB158.49
    • EUR14698.19
    • Google play
    • App Store
    • Telegram
    • Toshkentda
      +35°C
      • Andijon
      • Qarshi
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Farg‘ona
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Termiz
      • Namangan
      • Toshkent
      • Navoiy
      • Toshkent vil
      • Nukus
      • Urganch
    • Daryo
      • Internet-nashr
      • Tahririyat haqida
      • Aloqa ma'lumotlari
      • Foydalanish shartlari
      • Maxfiylik siyosati
      • Yangiliklar arxivi
    • Reklama
    • Ijtimoiy tarmoqlar
      • Instagram | Rasmiy
      • Instagram | Lifestyle
      • Instagram | Sport
      • Facebook | Rasmiy
      • OK | Rasmiy
      • YouTube | Daryo
      • YouTube | Daryo Rus tilida
      • YouTube | Daryo Global
    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte
    Daryo logo white
    • O‘zbekiston
      • Boshqalar
      • Navoiy
      • Toshkent viloyati
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Qashqadaryo
      • Surxondaryo
      • Xorazm
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Namangan
      • Farg‘ona
      • Andijon
      • Qoraqalpog‘iston
      • Toshkent sh.
      • Mehridaryo
      • Ob-havo
    • Markaziy Osiyo
      • O‘zbekiston (Mahalliy)
      • Afg'oniston
      • Qirg‘iziston
      • Qozog‘iston
      • Turkmaniston
      • Tojikiston
    • Dunyo
    • Pul
      • Biznes
      • Iqtisodiyot
      • Moliya
      • Kripto
    • Madaniyat
      • Kino
      • Kitob
      • Musiqa
      • Shou-biznes
    • Layfstayl
      • Ayollar sahifasi
        • Farzand
        • Go‘zallik
        • Karyera
        • Maslahatlar
        • Moda
        • Retseptlar
      • Texnologiyalar
        • Arxitektura
        • Gadjetlar
        • Ilm-fan
        • Koinot
        • Media
      • Avto
      • Qo‘ziqorin
      • Sayohat
      • Salomatlik
      • Ta’lim
        • Abituriyent
        • Ingliz tilini o’rganamiz
    • Sport
      • Futbol
      • UFC
      • Boks
    infinix
    Daryo.uz - Login
    Daryo.uz Daryo.uz
    Daryo.uz - Login
    O‘zbekiston

    “Men bosh prokurorman, aldamayman-ku”. Nig‘matilla Yo‘ldoshev adliya amaldorini poraxo‘r deyishi ortidan qamalgan vazirlik vakili yaqinlari murojaatiga javob berdi (video)

    Adliya vazirligining Toshkent viloyati boshqarmasi boshlig‘i Abdumutalib Dadajonovni poraxo‘r deb atashi ortidan 2023-yilning 3-fevral kuni qamoqqa olingan Adliya vazirligi sobiq xodimi Husan Ravshanov ayni kunga qadar ham qamoqda ushlab turilgani, uning ishiga doir tergov xulosasi sudga yuborilmagani aytilmoqda. Bu haqda uning turmush o‘rtog‘i Sevara Ravshanova bosh prokuror Nig‘matilla Yo‘ldoshevning sayyor qabulida maʼlum qildi.

    Muloqot jarayoni.
    Foto: “Daryo”

    “Turmush o‘rtog‘im 2023-yilning 3-fevral kuni 139-modda (tuhmat) bilan ayblandi. Keyin 237-modda (yolg‘on xabar berish)ni qo‘shib, erimni qamoqqa olishdi. Shundan beri turmush o‘rtog‘im qamoqda. Tergov 2023-yilning 15-aprel kuni 139-modda bilan tugatilgan. 237-modda bo‘yicha aybi yo‘qligi tasdiqlandi va bu modda olib tashlandi. Shunga qaramasdan, erim haligacha qamoqda saqlanmoqda. Bu ish bo‘yicha tergov xulosasi berilgan, tergov yakun bo‘lgan. Lekin erim haligacha qo‘yib yuborilmayapti. Ish sudga oshmayapti”, — deydi muammo yuzasidan Bosh prokurorga shikoyat qilgan Sevara Ravshanova.

    “Kun.uz” nashrining bu haqda avvalroq yozilgan xabarida taʼkidlanishicha, 2022-yil 3-may kuni ham “Sanjar Karimov” nomli akkaunt egasi Facebook’da Abdumutalib Dadajonovni og‘ir jinoyat, yaʼni takroran pora olishda ayblagan. Tergov bu ayblovlarni tuhmat deb hisoblagan.

    “Olib borilgan tergov harakatlari davomida Adliya vazirligining Jamoatchilik bilan aloqalar bo‘limi bosh maslahatchisi Husan Ravshanovning xizmat xonasidagi foydalanuvida bo‘lgan kompyuterda yuqoridagi holatlarga aloqador mazmundagi fayllar borligi aniqlangan. 3-fevral kuni Ravshanov Jinoyat kodeksining 139-moddasi (tuhmat) 3-qismi ‘a’ bandida ko‘rsatilgan jinoyatni sodir etganlikda gumon qilinuvchi tariqasida tergovga jalb qilinib, Jinoyat protsessual kodeksining 227-moddasi tartibida ushlangan. Tergov Husan Ravshanovni ‘Sanjar Karimov’ nomli akkauntning egasi deb hisoblayapti. Uning harakatlari Jinoyat kodeksining 237-moddasi (yolg‘on xabar berish) 2-qismi ‘g’ bandi bilan qo‘shimcha malakalangan”, — deyiladi nashr xabarida.

    Adliya vazirligi esa “Sobiq xodim X.R. hamkasblari shaʼni va qadr-qimmatini kamsituvchi maʼlumotlarni ijtimoiy tarmoqlarda tarqatib kelgani aniqlanib, materiallar tegishli huquqni muhofaza qilish idoralariga yuborilgan. Hozirda unga nisbatan tergov harakatlari olib borilmoqda”, deya bayonot bergandi.

    Murojaatchining tushuntirishicha, uning turmush o‘rtog‘i rahbaridan maʼlumotlar olgan va uni tartibga solib, boshlig‘ining Telegram raqamiga tashlab bergan.

    “Turmush o‘rtog‘im Adliya vazirligida Jamoatchilik bilan aloqalar bo‘limining bosh maslahatchisi bo‘lib ishlagan. Ularga boshlig‘i qanaqadir maʼlumotlarni tashlab, detallarni bir-biriga moslab, chiroyli qilib, yozib ber va menga tashla, degan. Erim shu maʼlumotlarni yozib, tashlab bergan, xolos. Turmush o‘rtog‘imning ishi buyurtma”, — deydi u.

    Sevara Ravshanova Bosh prokuror qabulida shuningdek, mazkur muammo yuzasidan O‘zbekiston prezidentiga ham murojaat qilib, shaxsan bosh prokuror qabulini so‘raganini, Ichki ishlar xodimlari va prokuratura masʼullari orasida sarson bo‘lganini aytib, adolat so‘radi.

    “Mayli, erimning aybi bo‘lsa, sudga chiqarishsin. Masalani sud ko‘rib chiqsin. Ammo nega tergovni yakunlasa-da, ishni sudga oshirmay hali-hamon ushlab turishgani noaniq”, — deydi qamoqdaligi aytilayotgan sobiq vazirlik vakilining xotini.

    Bosh prokuror Nig‘matilla Yo‘ldoshev murojaatchi daʼvosini qanoatlantirishga urinar ekan, shu joyning o‘zida masʼullarga qo‘ng‘iroq qilib, tergovi yakunlangan ish nega haligacha sudga chiqmaganiga aniqlik kiritdi.

    Bosh prokuror telefonda gaplashgan masʼulning maʼlumot berishicha, mazkur ish bo‘yicha tergov xulosasi o‘tgan juma, 2023-yilning 28-aprel kuni sudga yuborilgan. Bosh prokurorning bu gapiga ishonmagan murojaatchilarga javob bergan Nig‘matilla Yo‘ldoshev “Men bosh prokurorman, sizni aldamayman-ku, ishoning deb oldingizda telefonda gaplashdim”, — dedi.

    03.05.2023, 19:05   Izoh (0)   16373
    Facebook Twitter LinkedIn Telegram Email

    Izoh (0)

    Kirish
    Javob qoldiring Bekor qilish

    Mavzuga doir

    Shavkat Mirziyoyev Germaniyaning yetakchi kompaniyalari va moliyaviy institutlari rahbarlari bilan uchrashdi

    03.05.2023, 18:54

    Saida Mirziyoyeva Berlindagi Muzeylar orolida eksponatlar bilan tanishdi (foto)

    03.05.2023, 18:22

    Toshkentdagi Seul bog‘i rekonstruksiya qilinadi

    03.05.2023, 18:12

    O‘zbekiston o‘quvchilarni kasbga yo‘naltirishda Germaniya bilan hamkorlik qiladi

    03.05.2023, 18:00

    O‘zbekiston jahon matbuot erkinligi reytingida to‘rt pog‘onaga pastladi 

    03.05.2023, 17:57

    O‘zbekistonda nemis tilini o‘rganish bo‘yicha kompleks dastur tayyorlanadi

    03.05.2023, 17:38
    ×Lightbox Image

    Daryo.uz | Sizning muammoingiz yechimi


    BYD SEALION 7: Flagman elektr SUV — shahar ko‘chalarida yangi yetakchi 


    Ellipse International School – farzandingiz kelajagi boshlanadigan joy!


    AVO bank aloqa markazi: innovatsiyalar va yangi xizmat darajasi 


    Chery O‘zbekistonda sotuvlar bo‘yicha mutlaq rekord o‘rnatmoqda


    30-iyul kuni Toshkentda BYD innovatsion mobil moduli o‘z faoliyatini boshladi


    Toshkent Farmatsevtika Instituti — Farmatsiya sohasida xalqaro darajadagi sifatli ta’lim


    BYD rasmiy dileri Beni Motors Samarqandda BYD Sealion 7 flagman krossoverini taqdim qildi


    Dividendlar nima: ular qanday ishlaydi va investorlar qanday foyda oladi?


    “Yandex Uzbekistan” informatika o‘qituvchilari uchun ta’limda sun’iy intellekt etikasiga oid intensiv kurslar tashkil etdi


    Oliy ta’lim yetakchilari Toshkentda birinchi QS Eurasia Forum’da birlashadi


    Hayot Bank “Yashil yurak” nomli keng ko‘lamli ekologik tashabbusni e’lon qildi. Avgust oyidan boshlab O‘zbekiston bo‘ylab Hayot Bankning har bir yangi omonatchisi uchun bitta daraxt ekiladi


    BI Group biznes-toifa xonadon yutuqli o‘yini:Toshkentdagi mavsumning asosiy tadbiri qanday o‘tdi


    Avgust sovg‘alari: Centrum Air 155 ta aviachiptani tortiq qiladi!


    Aqlli diversifikatsiya: nima uchun kerak va kapitalni qanday taqsimlash lozim?


    ZARMED Universiteti: 200 ta grant sizni kutmoqda

     

    Tavsiya etamiz

    Nega atom bombasi portlaganidan keyin yerda insonlar izi qolib ketgan? Olimlar izohi

    7 avgust, 15:57

    O‘zbekistonda “tonirovka” uchun yozda arzonlashtirilgan narx joriy etilishi mumkin

    7 avgust, 15:45

    Pora, neft va terrorchilik: nega Qatar amiri shov-shuvlar markazidan tushmayapti?

    5 avgust, 11:20

    Trampning Falastinga nisbatan noxolis siyosati: AQSH YUNESKO a’zoligidan nega chiqyapti?

    2 avgust, 18:35
     
     
     

    So‘nggi yangiliklarga o‘tish

    AQSH Venesuela prezidenti Nikolas Maduro boshi uchun 50 mln dollar mukofot puli e’lon qildi

    Dunyo | 8 avgust, 11:52

    Janglar tufayli 22 mingdan ortiq somalilik o‘z uyini tark etgan — BMT

    Dunyo | 8 avgust, 11:40

    Instagram: Toshkentda konsert bergan Jey Lo, farzandini uyga olib chiqqan Afruza, Madina Tojiboyevaning to‘yidan reportaj

    Layfstayl | 8 avgust, 11:36

    Ukrainadagi urushni tugatishning 5 ta yo‘li ma’lum qilindi

    Dunyo | 8 avgust, 10:55

    O‘zbekistonda dam olish kunlari harorat ko‘tariladi

    O‘zbekiston | 8 avgust, 10:52

    Dividendlar nima: ular qanday ishlaydi va investorlar qanday foyda oladi?

    Reklama | 8 avgust, 09:00

    Sog‘liqni saqlash vazirligi soxta tabiblardan ogohlantirdi

    O‘zbekiston | 8 avgust, 10:36

    Malayziyada homiladorlik tufayli 28 yoshli ayol to‘satdan “qarib qoldi” (foto)

    Dunyo | 8 avgust, 10:24
    Daryo About Us

    “Daryo” internet-nashrining (O‘zbekiston matbuot va axborot agentligi (O‘zMAA, hozirgi O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi) tomonidan 13.03.2015 yil sanasida 0944-sonli guvohnoma bilan ommaviy axborot vositasi sifatida ro‘yxatga olingan. Matnli materiallarni to‘liq ko‘chirish yoki qisman iqtibos keltirishga, shuningdek, fotografik, grafik, audio va/yoki videomateriallaridan foydalanishga “daryo.uz” saytiga giperhavola mavjud bo‘lgan va/yoki “Daryo” internet-nashrining muallifligini ko‘rsatuvchi yozuv ilova qilingan taqdirda yo‘l qo‘yiladi. Chop etiladigan ba’zi ma’lumotlar 18 yoshga to‘lmagan foydalanuvchilarga mo‘ljallanmagan bo‘lishi mumkin. Info@daryo.uz

    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte

    © «Simple Networking Solutions» MChJ, 2013–2025

    Yosh bo‘yicha cheklov

    Xato topdingizmi? Ctrl+Enter’ni bosing

    • Foydalanish shartlari
    • Maxfiylik siyosati
    • Reklama
    Nimani qidiramiz?

    Sign In or Register

    Xush kelibsiz!

    Tizimga kiring yoki Roʻyxatdan oʻting.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Roʻyxatdan oʻting

    Roʻyxatdan oʻtganmisiz? Login.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Sizga parol elektron pochta orqali yuboriladi.

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Matnda xato topdingizmi?

    ×

    Rahmat. Biz sizning xabaringizni oldik va xatoni imkon qadar tezroq tuzatamiz.