• Profilga Kirish
  • 1751972643_633.png 1751972643_245.png 1751959824_218.svg 1751959824_520.svg

  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
Ўзбекча
Русский
English
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
    • USD12413.79
    • RUB154.86
    • EUR14468.27
    • Google play
    • App Store
    • Telegram
    • Toshkentda
      +34°C
      • Andijon
      • Qarshi
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Farg‘ona
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Termiz
      • Namangan
      • Toshkent
      • Navoiy
      • Toshkent vil
      • Nukus
      • Urganch
    • Daryo
      • Internet-nashr
      • Tahririyat haqida
      • Aloqa ma'lumotlari
      • Foydalanish shartlari
      • Maxfiylik siyosati
      • Yangiliklar arxivi
    • Reklama
    • Ijtimoiy tarmoqlar
      • Instagram | Rasmiy
      • Instagram | Lifestyle
      • Instagram | Sport
      • Facebook | Rasmiy
      • OK | Rasmiy
      • YouTube | Daryo
      • YouTube | Daryo Rus tilida
      • YouTube | Daryo Global
    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte
    Daryo logo white
    • O‘zbekiston
      • Boshqalar
      • Navoiy
      • Toshkent viloyati
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Qashqadaryo
      • Surxondaryo
      • Xorazm
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Namangan
      • Farg‘ona
      • Andijon
      • Qoraqalpog‘iston
      • Toshkent sh.
      • Mehridaryo
      • Ob-havo
    • Markaziy Osiyo
      • O‘zbekiston (Mahalliy)
      • Afg'oniston
      • Qirg‘iziston
      • Qozog‘iston
      • Turkmaniston
      • Tojikiston
    • Dunyo
    • Pul
      • Biznes
      • Iqtisodiyot
      • Moliya
      • Kripto
    • Madaniyat
      • Kino
      • Kitob
      • Musiqa
      • Shou-biznes
    • Layfstayl
      • Ayollar sahifasi
        • Farzand
        • Go‘zallik
        • Karyera
        • Maslahatlar
        • Moda
        • Retseptlar
      • Texnologiyalar
        • Arxitektura
        • Gadjetlar
        • Ilm-fan
        • Koinot
        • Media
      • Avto
      • Qo‘ziqorin
      • Sayohat
      • Salomatlik
      • Ta’lim
        • Abituriyent
        • Ingliz tilini o’rganamiz
    • Sport
      • Futbol
      • UFC
      • Boks
    infinix
    Daryo.uz - Login
    Daryo.uz Daryo.uz
    Daryo.uz - Login
    Kino

    Dastlab kitob va filmlarda tasvirlangan, keyinchalik haqiqatga aylangan kashfiyotlar (foto)

    Ushbu maqolada birinchi marta kitoblar va filmlarda paydo bo‘lgan va keyin haqiqatga ko‘chib o‘tgan eng mashhur texnologiyalarni to‘pladik.

    Videoqo‘ng‘iroq

    Telefon aloqasi ixtiro qilinganida, uzoqda bo‘lgan qarindoshlar bir-birlarini ko‘rishlari uchun uni tasvir bilan to‘ldirishni xohlashadi. Birinchi marta “telefonoskop” deb nomlangan bunday qurilma Tomas Edison tomonidan tasvirlangan. Biroq zamonaviy videoqo‘ng‘iroqqa o‘xshash texnologiya yaratish uchun olimlar ko‘p ish qilishlari kerak edi.

    “Metropolis”dagi telefonoskop, 1927-yil
    Foto: Getty Images

    Shunga o‘xshash narsa 1920-yillarda sinovdan o‘tkazila boshlandi. Bu kelajak shahri haqida hikoya qiluvchi “Metropolis” filmi ekranlarga chiqqan paytda sodir bo‘ldi.

    Film sujeti kambag‘al qiz Meri va shahar hukmdorining o‘g‘li Freder o‘rtasidagi munosabatlar atrofida qurilgan. Qahramon ega bo‘lgan futuristik texnologiyalar orasida devorga o‘rnatilgan videotelefon ham bor edi.

    Uning shakli ixtirochi Georg Shubertni ilhomlantirgan bo‘lishi mumkin - atigi 10 yil o‘tgach, Germaniyada shunga o‘xshash qurilmalar paydo bo‘ladi. Ular pochta bo‘limiga o‘rnatilgan, video bilan bog‘lanish mumkin edi.

    Lazerli qurol

    Dunyolar urushi — marsliklarning Yerga hujumi haqidagi xuddi shu nomdagi roman asosida yaratilgan film. Voqealar XX asr o‘rtalarida Kaliforniyada bo‘lib o‘tadi. O‘zga sayyoraliklar qo‘shini bir necha kun ichida sayyoraning mudofaasini osongina yorib o‘tishi mumkin. Ularning asosiy qurollari kosmik kemalarga o‘rnatilgan lazer to‘plaridir.

    Haqiqatga aylangan LaWS
    Foto: YouTube

    Bu texnologiya ilmiy-fantastik janrga tezda kirib keldi va lazer qurollari deyarli har bir ilmiy-fantastik filmda paydo bo‘la boshladi. Masalan, ularni “Yulduzlar jangi” va “Qora libos kiygan odamlar” filmlarida ko‘rish mumkin.

    Biroq “Dunyolar urushi” nafaqat kino sanoatini ilhomlantirdi, balki bu ixtiro haqiqiy lazer qurolining prototipi bo‘lib xizmat qildi. Gap birinchi marta 2014-yilda qo‘llanilgan Amerika lazerli qurol tizimi (LaWS) haqida bormoqda. Sinovlar davomida u bir necha soniya ichida mashinani yondirib, dronni urib tushira olgan.

    Yig‘ma telefon

    “Yulduzli yo‘l” uzoq davom etgan ilmiy-fantastik franshiza kosmik miqyosdagi muammolarni hal qiluvchi sayyoralar Birlashgan federatsiyasi xodimlariga bag‘ishlangan.

    Rejalashtirilganidek, voqealar kelajakda, texnologiya eng yuqori cho‘qqiga chiqqanda sodir bo‘ladi. Filmlarda qo‘llaniladigan fantastik gadjetlar esa olimlarning ko‘plab ixtirolariga ilhom bergan. Ulardan eng mashhuri buklanadigan telefondir.

    Chapdagida “Yulduzli yo‘l” filmidagi kommunikator, o‘ngdagi Motorola’ning StarTAC telefoni.
    Foto: Wikimedia Commons

    Filmda tasvirlangan afsonaviy kommunikator Motorola modelining prototipiga aylanadi. 1996-yilda kompaniya “Yulduzli yo‘l” qurilmasiga o‘xshash StarTAC telefonini chiqaradi. U nafaqat birinchi yig‘ma telefon, balki vibratsiyali birinchi qurilma ham bo‘ldi, shuningdek, eng kichigi va yengili edi.

    Planshet

    “2001: Kosmik Odissey” — Stenli Kubrikning 1968-yilgi ilmiy-fantastik filmi bo‘lib, u hanuzgacha kult klassikalardan biri hisoblanadi. Sujet tarixni o‘zgartirib yuboradigan sirli qora monolitlar bilan odamlarning to‘qnashuvlari haqida hikoya qiladi. Aynan shu filmda tomoshabinlar birinchi marta sun'iy intellekt va kriogen kamera qanday ishlashini ko‘rishdi.

    “2001: Kosmik Odissey”dagi gazeta o‘qishga mo‘ljallangan ekran.
    Foto: Getty Images

    Bu gazeta o‘qishga mo‘ljallangan kema stoliga o‘rnatilgan to‘rtburchak interaktiv ekran edi. Hozirda bunday gadjetni planshet deb ataymiz. Ayrimlarning fikricha, aynan “Kosmik Odissey” filmi ixtirochilarni planshet yaratishga ilhomlantirgan.

    Film hatto 2011-yilda sud jarayoniga ham tortilgan. Apple Samsung kompaniyasini planshet g‘oyasini o‘g‘irlagani uchun sudga beradi. Ayblanuvchining advokatlari uzr sifatida 1968-yildagi “Koinot Odissey” filmidan sahna ko‘rinishini ko‘rsatadilar. Natijada Apple sud ishida yutqazadi.

    “Aqlli” ko‘zoynak

    “Kelajakka qaytib 2” filmida Makflayning o‘g‘li zamonaviy smartfon vazifasini bajaradigan “aqlli” ko‘zoynakda ovqatlanadi. Ko‘zoynaklarda reallikni yaratuvchi displeylar o‘rnatilgan bo‘ladi.

    “Kelajakka qaytib 2” filmidagi “aqlli” ko‘zoynak
    Foto: Getty Images

    Bu g‘oya Google Glass ijodkorlarini ilhomlantirgan bo‘lishi mumkin. 2013-yilda kompaniya video yozib oladigan va smartfon funksiyalarini qisman bajaradigan yangi aqlli ko‘zoynaklarni taqdim etadi. Foydalanuvchi ular bilan ovozli buyruqlar yordamida muloqot qiladi. “Ok, Glass” iborasidan so‘ng, undan vazifani bajarishni so‘rashingiz mumkin.

    Google Glass bir vaqtning o‘zida uchta harakatni ta’minlashi kerak edi: kengaytirilgan reallikni yaratish, internetga kirish, shuningdek, videokundalik yuritish imkonini beradi. Ishlab chiquvchilar hali ham o‘z ixtirolarini takomillashtirmoqda va ko‘rish qobiliyati past odamlar uchun eshitish vositasi ustida ishlamoqda.

    Dronlar

    Hozirda dronlarni uchuvchi qurilmalar deb atalishiga allaqachon o‘rganib qolganmiz. Biroq birinchi namunalarida qanotlar bo‘lmagan va radio orqali boshqariladigan kichik qayiq shaklida yasalgan. U 1898-yilda taniqli ixtirochi Nikola Tesla tomonidan yaratilgan.

    Faqat keyinroq Charlz Kettering “havo torpedasi”ni yaratadi — samolyot kerakli vaqtda qanotlarini tashlab, dushmanning boshiga tosh kabi qulaydi. Keyin texnologiya yaxshilanadi va dronlar harbiy maqsadlarda qo‘llanila boshlanadi.

    “Kelajakka qaytib 2” filmidagi itni sayr qildirayotgan dron.
    Foto: Getty Images

    “Terminator”da bu g‘oya yanada rivojlanadi: masalan, Sara Konnorni qutqarish uchun kelajakdan kelgan Kayl Rizning esdaliklarida SkyNet uchuvchisiz uchish apparatlari – odamlar dushmanlari paydo bo‘ladi.

    Biroq hozirda dronlardan fuqarolik maqsadlarida ham foydalaniladi: ular suratga olish, oziq-ovqat va pochta jo‘natish uchun ishlatiladi. “Kelajakka qaytib – 2” filmida ham itni sayt qildirib yurgan dronni ko‘rish mumkin.

    Haydovchisiz avtomobil

    “Xotiralar og‘ushida” filmi voqealari 2084-yilda sodir bo‘ladi. Odamlarning ko‘ngilochar mashg‘ulotlari o‘zgaradi: endi ta’tilga chiqolmaysiz, shunchaki ajoyib vaqt haqidagi sun’iy xotiralarni xotirangizga yozdirib, o‘sha yerga borgandek bo‘lasiz. Duglas Kuaid ham Marsga “sayohat” qilish uchun Rekall xizmatlaridan foydalanishga qaror qiladi. Biroq “yangi xotira”ni implantatsiya qilish jarayonida kutilmagan voqea yuz beradi va qahramon haqiqiy xotiralarini yo‘qotadi.

    “Xotiralar og‘ushida” filmidagi maneken haydovchi.
    Foto: Getty Images

    Bunday xizmatlar paydo bo‘lishiga hali vaqt bordir, biroq filmda ko‘rsatilgan boshqa texnologiya allaqachon mavjud. Bu — o‘zi boshqariladigan avtomobillardir. Bir kuni Duglas taksi rulidagi haqiqiy odamning o‘rniga manekenni ko‘radi. Mashina o‘zini o‘zi boshqaradi.

    1990-yilda bu g‘oya juda futuristik ko‘rinardi. Biroq bugungi kunda Google, Tesla va Ford tadqiqotchilari tufayli o‘zini o‘zi boshqaradigan avtomobil fantaziyasi haqiqatga aylanmoqda. Masalan, Xitoyda shu kabi taksiga buyurtma berish allaqachon yo‘lga qo‘yilgan.

    Raqamli reklama ekranlari

    “Tig‘ ustida yuguruvchilar” filmidagi reklama bilboardlari.
    Foto: Getty Images

    1982-yilda chiqarilgan “Tig‘ ustida yuguruvchilar” birinchi kiberpank filmlardan biridir. Unda kosmik stansiyani noqonuniy tark etgan va Yerga yetib kelgan replikantlarni qidirish haqida hikoya qilinadi. Bosh qahramon Rik Dekkardga qochqinlarning maqsadini aniqlash va ularni yo‘q qilish vazifasi yuklatiladi.

    Filmda taqdim etilgan kiberpank juda futuristik: neon va osmono‘par binolar ulkan raqamli reklama ekranlari bilan to‘la. Aslida, tashqi reklama uchun bunday qurilmalar 2007-yilga kelibgina AQSHda Watchfire Signs tufayli paydo bo‘lgan. Ehtimol, ular ham mazkur filmdan ilhomlangandir.

    03.05.2023, 16:55   Izoh (0)   5435
    Facebook Twitter LinkedIn Telegram Email

    Izoh (0)

    Kirish
    Javob qoldiring Bekor qilish

    Mavzuga doir

    “O‘g‘il bo‘lib tug‘ilishi kerak bo‘lgan qiz”. Qanday qilib Joan Rouling tarixdagi eng boy yozuvchiga aylandi?

    02.05.2023, 21:20

    Tomoshabinlar e’tirofiga sazovor bo‘lgan yangi turk seriallari (foto)

    03.05.2023, 14:45

    “Pathan”, “Ram va Lila”, “Oq yo‘lbars” — Bollivud haqidagi tasavvuringizni o‘zgartirib yuboradigan zamonaviy hind filmlari

    02.05.2023, 14:50

    “Mendan yaxshi aktrisalar ko‘p, biroq farzandlarim uchun mening o‘rnimni bosadigan inson yo‘q”. Shodiya Abduqodirova bilan suhbat (video)

    02.05.2023, 11:36

    “Garri Potter” multfilm bo‘lganida: Neyrotarmoq film qahramonlarini Pixar olamiga ko‘chirdi (foto)  

    01.05.2023, 14:40

    Payqamagansiz ham: qayta-qayta tomosha qilgan bo‘lsangiz ham e’tiboringizdan chetda qolgan mashhur filmlardagi qiziqarli detallar

    30.04.2023, 17:10
    ×Lightbox Image

    Daryo.uz | Sizning muammoingiz yechimi


    Uzbekistan Airways bilan Istanbulga foydali parvoz qiling!


    HAVAL O‘zbekistonda yangi modellarni namoyish etdi: HAVAL H6 Facelift va HAVAL H9 taqdimot kechasi


    UZTELECOM simli internetni modernizatsiya qilmoqda: abonentlar GPON va FTTx orqali 100 Mbit/s dan yuqori tezlikka ega bo‘ladilar


    Pepsi Taste Challenge 2025: Pepsi yana oldinda — O‘zbekistonda 59,28% ovozga sazovor bo‘ldi 


    “Trastbank” kichik biznesni rivojlantirish uchun 1 mlrd so‘mgacha kredit taklif etadi


    Kelajak – bugungi qilgan harakatingiz samarasidir. O‘zingizga ishonch esa har qanday yutug‘ingizning boshlanishi 


    Universalbank o‘zini o‘zi band qilgan fuqarolar uchun yangi “Mikrokredit 300 ”ni ishga tushirdi 


    Mobiuz Andijon, Namangan va Farg‘ona viloyatlarida 5G ning yangi imkoniyatlarini ochmoqda


    BI Group O‘zbekistonda turar joy binosining zilzilabardoshligini ochiq sinovdan muvaffaqiyatli o‘tkazdi


    Smart Business O‘zbekistonda UZCARD va Humo kartalarini qabul qilish uchun yagona yechimni taqdim etadi 


    HONOR talabalarni qo‘llab-quvvatlovchi aksiyani e’lon qildi 


    Imzo Glass mahsulotlari Buyuk Britaniyaga eksportga yuborildi


    Kapitalbank va Korporativ sport assotsiatsiyasi hamkorlik memorandumini imzoladi


    “Biznesni rivojlantirish banki” 1 trln 273 mlrd so‘mlik ipoteka krediti ajratdi


    Accor Toshkentda Swissôtel Tashkent ochilishini nishonlamoqda, shveysariya uslubidagi hashshamatni O‘zbekiston poytaxtiga olib kelmoqda

     

    Tavsiya etamiz

    Yahudiylarning “Tarixiy vatan” va “Buyuk Isroil” haqidagi puch da’volari: Falastin aslida kimga tegishli?

    23 avgust, 13:22

    “Rusning sharmandali blitskrigi”. Urush taqdirini belgilab bergan Kiyev jangi qanday yakunlangan edi?

    22 avgust, 20:08

    Islom Karimovning sobiq matbuot kotibi “Otamdan qolgan dalalar” filmi taqiqlanish sababini oshkor qildi

    21 avgust, 11:58

    Turkiyada oyoq suyaklarini sindirib, bo‘yni o‘stirish operatsiyasi ommalashmoqda (foto)

    21 avgust, 11:52
     
     
     

    So‘nggi yangiliklarga o‘tish

    Buyuk Britaniyada orqasida yelkanga o‘xshash organi bor yangi dinozavr turi kashf etildi

    Dunyo | 23 avgust, 17:55

    Gollivuddan qolishmaydi: Qozog‘istonda suratga olingan uchta eng sara filmlar (treyler)

    Kino | 23 avgust, 17:30

    “34 yildan buyon yashayotgan oilaviy tadbirkorlik” — Toshkentdagi eng mashhur somsa va xorijlik mijozlar haqida (video)

    O‘zbekiston | 23 avgust, 17:10

    Toshkent viloyatida yuk mashinasi Cobalt’ga urilib, ag‘anadi va yonib ketdi (video)

    O‘zbekiston | 23 avgust, 16:45

    Qora sedana: tabiiy dorivor o‘simlikning ilmiy asoslangan shifobaxsh xususiyatlari

    Maslahatlar | 23 avgust, 16:25

    O‘zbekistonda nevrologiya sohasida yangi loyihaga start berildi

    O‘zbekiston | 23 avgust, 16:05

    Kongo harbiy prokurori sobiq prezident Kabilaga o‘lim jazosi berilishini talab qilmoqda

    Dunyo | 23 avgust, 15:45
    Daryo About Us

    “Daryo” internet-nashrining (O‘zbekiston matbuot va axborot agentligi (O‘zMAA, hozirgi O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi) tomonidan 13.03.2015 yil sanasida 0944-sonli guvohnoma bilan ommaviy axborot vositasi sifatida ro‘yxatga olingan. Matnli materiallarni to‘liq ko‘chirish yoki qisman iqtibos keltirishga, shuningdek, fotografik, grafik, audio va/yoki videomateriallaridan foydalanishga “daryo.uz” saytiga giperhavola mavjud bo‘lgan va/yoki “Daryo” internet-nashrining muallifligini ko‘rsatuvchi yozuv ilova qilingan taqdirda yo‘l qo‘yiladi. Chop etiladigan ba’zi ma’lumotlar 18 yoshga to‘lmagan foydalanuvchilarga mo‘ljallanmagan bo‘lishi mumkin. Info@daryo.uz

    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte

    © «Simple Networking Solutions» MChJ, 2013–2025

    Yosh bo‘yicha cheklov

    Xato topdingizmi? Ctrl+Enter’ni bosing

    • Foydalanish shartlari
    • Maxfiylik siyosati
    • Reklama
    Nimani qidiramiz?

    Sign In or Register

    Xush kelibsiz!

    Tizimga kiring yoki Roʻyxatdan oʻting.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Roʻyxatdan oʻting

    Roʻyxatdan oʻtganmisiz? Login.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Sizga parol elektron pochta orqali yuboriladi.

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Matnda xato topdingizmi?

    ×

    Rahmat. Biz sizning xabaringizni oldik va xatoni imkon qadar tezroq tuzatamiz.