Toshkent viloyatining Olmaliq shahrida 9-sinf o‘quvchisi o‘z joniga qasd qildi. Bu haqda viloyat prokuraturasi matbuot xizmati xabar qildi.
Ma’lum qilinishicha, voqea 21-aprel kuni yuz bergan. Olmaliq shahar xalq ta’lim bo‘limiga qarashli umumta’lim maktabining 9-sinf o‘quvchisi I.T. o‘z joniga qasd qilgan.
Ayni paytda holat yuzasidan shahar prokuraturasi tomonidan tergovga qadar tekshiruv harakatlari olib borilmoqda.
11-aprel kuni Toshkentning Mirobod tumanidagi 110-maktabda 8-sinf o‘quvchisi vafot etgani to‘g‘risida xabar berilgandi. Maktab kuzatuv kamerasi videoyozuvlari o‘rganilganda, hodisa joyida janjal yoki kelishmovchilik bo‘lmagani aniqlangan.
Izoh (0)