Daryo

Toshkentdagi maktabda 8-sinf o‘quvchisi vafot etdi

Sud tibbiyot ekspertizasining dastlabki xulosasiga ko‘ra, uning o‘limiga oshqozon osti beziga keng ko‘lamli qon quyilishi, o‘tkir yurak-qon tomir yetishmovchiligi sabab bo‘lgan

1 daqiqa o‘qish30 770 ko‘rishlar0 izoh0

Toshkentning Mirobod tumanidagi 110-maktabda 8-sinf o‘quvchisi vafot etdi. Bu haqda “Daryo”ga Bosh prokuratura matbuot xizmati xabar qildi.

10-aprel kuni Mirobod tumani IIO FMB navbatchilik qismiga kelib tushgan xabarga ko‘ra, 110-sonli maktabda 8-sinf o‘quvchisi bo‘lgan bola S.M. soat 17:30 larda vafot etgan. Hodisa sodir bo‘lgan joyga tuman hokimi, tuman prokuraturasi, tuman IIO FMB rahbariyati, tezkor navbatchilik guruhi borgan.

Maktab kuzatuv kamerasi videoyozuvlari o‘rganilganda, hodisa joyida janjal yoki kelishmovchilik bo‘lmagani aniqlangan.

Sud tibbiyot ekspertizasining 11-apreldagi dastlabki xulosasiga ko‘ra, Shayxontohur tumanida yashovchi, 2009-yilda tug‘ilgan bolaning o‘limiga oshqozon osti beziga keng ko‘lamli qon quyilishi, o‘tkir yurak-qon tomir yetishmovchiligi, o‘ng ko‘z yonida shilinma, ichki aʼzolari to‘laqonliligi, bosh miya va o‘pkalar shishi sabab bo‘lgan.

Hozirda tegrovga qadar tekshiruv harakatlari olib borilmoqda.

Toshkentdanman. Nizomiy nomidagi O‘zbekiston Milliy pedagogika universiteti Chet tillar fakultetini tamomlaganman. “Daryo”da 2019-yildan beri Mahalliy xabarlar bo‘limida muharrir lavozimida ishlayman va O‘zbekistonda ro‘y berayotgan voqealarni kuzatib, yoritib boraman. Tavsiyalarga ko‘ra kino va filmlar ko‘raman. Kitoblardan Charlz Dikkensning “Devid Kopperfild” romanini aynisa qiziqish bilan o‘qiganman.

Telegram kanal@daryoObuna bo‘lish

Siz qanday fikrdasiz?

Avval fikringizni yozing. Yuborishda hisobingizni tasdiqlaysiz.

O‘xshash yangiliklar