• Profilga Kirish
  • 1744009905_435.svg 1744009905_642.svg

  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
Ўзбекча
Русский
English
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
    • USD12790.43
    • RUB162.6
    • EUR14486.44
    • Google play
    • App Store
    • Telegram
    • Toshkentda
      +21°C
      • Andijon
      • Qarshi
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Farg‘ona
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Termiz
      • Namangan
      • Toshkent
      • Navoiy
      • Toshkent vil
      • Nukus
      • Urganch
    • Daryo
      • Internet-nashr
      • Tahririyat haqida
      • Aloqa ma'lumotlari
      • Foydalanish shartlari
      • Maxfiylik siyosati
      • Yangiliklar arxivi
    • Reklama
    • Ijtimoiy tarmoqlar
      • Instagram | Rasmiy
      • Instagram | Lifestyle
      • Instagram | Sport
      • Facebook | Rasmiy
      • OK | Rasmiy
      • YouTube | Daryo
      • YouTube | Daryo Rus tilida
      • YouTube | Daryo Global
    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte
    Daryo logo white
    • O‘zbekiston
      • Boshqalar
      • Navoiy
      • Toshkent viloyati
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Qashqadaryo
      • Surxondaryo
      • Xorazm
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Namangan
      • Farg‘ona
      • Andijon
      • Qoraqalpog‘iston
      • Toshkent sh.
      • Mehridaryo
      • Ob-havo
    • Markaziy Osiyo
      • O‘zbekiston (Mahalliy)
      • Afg'oniston
      • Qirg‘iziston
      • Qozog‘iston
      • Turkmaniston
      • Tojikiston
    • Dunyo
    • Pul
      • Biznes
      • Iqtisodiyot
      • Moliya
      • Kripto
    • Madaniyat
      • Kino
      • Kitob
      • Musiqa
      • Shou-biznes
    • Layfstayl
      • Ayollar sahifasi
        • Farzand
        • Go‘zallik
        • Karyera
        • Maslahatlar
        • Moda
        • Retseptlar
      • Texnologiyalar
        • Arxitektura
        • Gadjetlar
        • Ilm-fan
        • Koinot
        • Media
      • Avto
      • Qo‘ziqorin
      • Sayohat
      • Salomatlik
      • Ta’lim
        • Abituriyent
        • Ingliz tilini o’rganamiz
    • Sport
      • Futbol
      • UFC
      • Boks
    infinix
    Daryo.uz - Login
    Daryo.uz Daryo.uz
    Daryo.uz - Login
    O‘zbekiston

    “Davlat kuchli bo‘lishi uchun taʼlim sohasi, universitetlar juda kuchli bo‘lishi kerak” — Germaniyada dasturiy taʼminot muhandisi bo‘lib ishlayotgan Shuhrat Haydarov

    Bugungi kunda Germaniyaning turli oliy taʼlim muassasalarida mingdan ortiq o‘zbekistonliklar tahsil olishmoqda. Taʼkidlash lozimki, ular o‘z bilimlarini oshirish, xorijiy taʼlimni olish va tajriba oshirish natijasida kelgusida O‘zbekiston uchun kerakli kadr bo‘lib yetishadi.

    “Daryo” Germaniyaning Gamburg universitetida tahsil olib, bugungi kunda dasturiy taʼminot muhandisi bo‘lib ishlayotgan Shuhrat Haydarov bilan suhbatlashdi.

    Foto: Shuhrat Haydarovning shaxsiy arxividan

    — Yoshligingizdan xorijga ketguningizga qadar bo‘lgan vaqtda qayerlarda taʼlim olgansiz? Umuman olganda, vaqtingiz nimalar bilan o‘tgan?

    — Men Amir Temur xiyoboni yaqinidagi 50-maktabda o‘qiganman. Undan keyin turli litseylarga topshirganman – Turin politexnika universiteti qoshidagi akademik litsey, International House litseyi bor edi, keyin Vestminsterga topshirdim. Hamma imtihonlar o‘tgach, qaysi litseyda o‘qish borasida qaror qabul qilishga to‘g‘ri keldi. O‘shanda Vestminister litseyini tanlagandim, chunki nisbatan yaqin vaqtda ochilgan edi, o‘qitish sifati ancha yaxshi bo‘lgan. Hozir ham shunday degan umiddaman. Ingliz tili va matematikadan ko‘p darslar bo‘lardi, shunga ko‘proq eʼtibor berilardi. Universitetga topshirish fursati yetganida o‘qishimni Vestminstrda davom ettirishga qaror qilganman. Vestminstrda o‘qish unchalik yoqmagan, keyin chetda o‘qish uchun motivatsiyaga ega bo‘ldim. O‘shanda Avstraliyaga topshirganman, schoolarship berishdi, lekin faqat uchinchi semestr uchun berishgandi. 

    Germaniyaga topshirishimga sabab o‘qish ancha arzonligi, schoolarship berish ehtimoli katta bo‘lgani edi. Umuman olganda, xorijga ketishdan oldin ingliz tili va xitoy tillarini o‘rganib yurganman. Lekin Germaniyaga ketishdan oldin 3-4 oy nemis tilini intensiv tarzda o‘rganganman.

    1-kursni tugatib, keyin Germaniyaning Gamburg universitetiga topshirganman. Qabul qilinganimdan so‘ng 2016-yil sentyabrdan boshlab, 2020-yilda bitirdim. Xudoga shukrki, 2020-yilda o‘qishni tugatib, hozir ishlab kelyapmiz. Germaniyada o‘qish ancha yaxshiroq, chunki bu yerda o‘qish masalasida talab juda katta.

    Foto: Shuhrat Haydarovning shaxsiy arxividan

    — Xorijga o‘qishga ketish uchun harakatlar qanday bo‘ldi? Qancha vaqt mobaynida nimalar bilan mashg‘ul bo‘ldingiz?

    — Ketish uchun IELTS bo‘yicha tayyorlanib, imtihon topshirganman va sertifikat olganman. Keyin universitetga topshirganman, yana motivatsion xatlar ham yuborish kerak edi. Shundan so‘ng sizni baholashadi. Yana anchagina sertifikatlar bor edi. Germaniyada har biriga jiddiy qaraydi. 

    Bu universitet uchun 10 oycha oldin harakatni boshlaganman. Qabul qilinganimdan keyin ketish taraddudini ko‘rdim. Undan 3-4 oy oldin intensiv nemis tili kursiga qatnadim. Nemis tilini bilganim menga ancha yordam berdi.

    — Siz o‘qish uchun borgan shahar — Gamburg. Shaharga ilk bor qadam qo‘yganingizda nimalarni his qildingiz?

    — Yangi davlatga kelganingizdan sizda boshqacha his-tuyg‘ular bo‘ladi. To‘g‘risi, bungacha chetga chiqmagandim. Universitetda unibody degan dastur bor. Unda universitetning kattaroq kursdagi talabalari sizni aeroportda kutib olishadi, keyin sizni turadigan joyingizgacha kuzatib qo‘yishadi. Ilk kunlarda siz bilan birga yurib, aylantirib, Gamburg shahrini ko‘rsatishadi. Shu narsa menga ancha yordam berdi. Boshida qiyin bo‘ldi, keyinroq ancha o‘rganib qoldim, boshqa iloji ham yo‘qda. Kelgandan keyin o‘qish va uni bitirib, ishlash lozim.

    Foto: Shuhrat Haydarovning shaxsiy arxividan

    — O‘qish jarayonlari qanday kechdi? Qiyinchiliklar, ruhiy tushkunlik, moliyaviy qiyinchiliklar bo‘ldimi? Ularni qanday yengib o‘tgansiz?

    — Germaniyada o‘qish juda qiyin. Tajribamdan kelib chiqib aytsam, bu yerda o‘qish bobida talablar katta. O‘zingizdan ancha harakat talab qiladi. Maʼlumotlarni o‘zingiz izlab topasiz. Imtihonda mavzular bo‘yicha qo‘shimcha savollar tushadi, o‘shanga tayyor bo‘lishingiz kerak. Ruhiy tushkunlik bo‘lgan, buni rad etib bo‘lmaydi. Bu narsani yurtdoshlarimiz yoki o‘zimizga yaqin millat vakillari bilan aloqada bo‘lib, ruhiyatingizni ko‘tarishingiz kerak. Qayergadir aylanishga chiqib, jamiyatga singish orqali sekin o‘rganasiz. Moliyaviy tomondan qiyinchiliklar ko‘p bo‘lmagan. Kelganimdan keyin 3-4 oy o‘tgach, talaba sifatida ishlab, ozgina pul topganman. Keyinchalik schoolarship olganimdan so‘ng ancha yaxshi bo‘ldi.

    — Gamburg shahri, umuman Germaniya haqida qisqacha gapirib bersangiz. U yerda nima yo‘nalishda o‘qiysiz, sharoitlari qanday, kontraktlari qancha?

    — Gamburg shahri juda chiroyli shahar deb ayta olaman. Chunki men bu paytgacha nafaqat Germaniya yoki boshqa Yevropa davlatlarini ham aylanib ko‘rganman. Misol uchun Fransiya, Shveysariya, Niderlandiya davlatlariga sayohat qilganman. Tajribamdan kelib chiqib aytishim mumkinki, Gamburgning o‘ziga xos chiroyi bor. Hanseatic shahar deyishadi. Gamburg port shahar bo‘lgani uchun suv bilan bog‘liq logistika davlatga ancha katta yordam beradi. Tovar ayirboshlash juda katta, shu bois bu yerda infrastruktura ancha rivojlangan. Masalan, Berlindan yaxshiroq deb aniq ayta olaman. Umuman olganda, Gamburgda hammasi chiroyli. Faqat havosi sal boshqacha, chunki bu yerda ko‘p yomg‘ir yog‘adi. Yozda havo juda ham zo‘r, Germaniyaning janubidan farq qiladi. Men Gamburgda Information engineering yo‘nalishida o‘qidim. Biz software and electronic engineering bo‘yicha o‘qiganmiz. Shu ikki yo‘nalishni bizga o‘rgatishgan. Ancha narsa o‘rgandim, bundan juda xursandman. Hozirgi kunda bu menga ancha qo‘l kelyapti. O‘z ishim va xobbi loyihalarimda menga qulaylik yaratadi. Chunki qanday yaratishni o‘zim bilaman, tushunaman. Hozirgi davrda butun hayotimiz deviceʼlarga bog‘liq bo‘lib qolgan. 

    O‘qishdagi sharoitlar yaxshi. Studentlarga turar joy ajratilgan, oshxonada talabalar uchun arzon narxdagi ovqatlar beriladi. Bundan tashqari, ijtimoiy loyihalar juda ko‘p. Universitet klublari juda ko‘p. Bizni universitetda ham mavjud edi. Klub aʼzolari yig‘ilib, turli tadbirlar uyushtirishadi. Ham axboriy, ham ijtimoiy ahamiyat kasb etadi. Talabalar turar joyida ham sport bo‘yicha turli chempionatlar o‘tkaziladi. 

    Foto: Shuhrat Haydarovning shaxsiy arxividan

    Bu yerda o‘qishda talab katta. Ayniqsa imtihonda bilinadi. Professorlar chuqur savollarga murojaat qilishadi. Imtihongacha qo‘shimcha bilimlar to‘plab, maʼlumotlar qidirilmasa, imtihonda o‘ta qiyin bo‘ladi. 

    Germaniyada taʼlim juda ham qattiq. Agar to‘g‘ri eslayotgan bo‘lsam, ikki yoki uch marta imtihondan yiqilsangiz, bu fan bo‘yicha universitetdan chetlashtirilasiz. Sizni chiqarib yuborishadi va siz bu yo‘nalishda boshqa tahsil ololmaysiz. Bu sizga juda ham katta motivatsiya beradi. Chunki agar imtihondan o‘tolmasangiz, keyingi safar xavf bundan-da katta bo‘ladi.

    Men o‘qigan joyda professorlar katta kompaniyalarda ishlashardi. Masalan, Siyemens kabi. Yana Germaniyaning mashhur firmalarida ishlab kelib, sohani yaxshi bilgan o‘qituvchilar ishlashadi, shuning uchun amaliyot bilan chambarchas bo‘lgan va muhim bilimlarni berishadi. Bu bizga qulaylik yaratdi. Nazariya juda ko‘p bo‘lsa, odam uni o‘qiyveradi, lekin professorlar bizga ishingizda nima kerak bo‘lsa, o‘sha bilimlarni berishgan. Chunki ortiqcha nazariya berilsa, odam buni ishlatmasa, baribir esidan chiqib ketadi. Masalan, men xitoy tilini 2 yil o‘rganganman, ammo praktika qilmaganim uchun ancha esimdan chiqib ketgan. Birinchi semestrda olgan bilimingiz orqali anchagina rivojlanishga erishasiz. 

    Talabalar nafaqat akademik, balki ijtimoiy taraflama faol. Masalan, universitetning turli klublari loyihalarida faol bo‘lish. Bu orqali schoolarship olish oson kechadi.

    — Nima deb o‘ylaysiz, O‘zbekistonning taʼlim sohasidagi yo‘li vaqt o‘tgach rivojlangan mamlakatlarnikiga yetib oladimi?

    — Bir yaxshi ibora bor: Davlat kuchli bo‘lishi uchun taʼlim sohasi, universitetlar juda kuchli bo‘lishi kerak. Bugungi kunda mamlakatda bu harakatlar ketayotganini kuzatib turibmiz. Bunga yetib olishimizga ishonaman. O‘zim ham mamlakatga qaytib, taʼlimni rivojlantirish yo‘lida harakat qilaman.

    Foto: Shuhrat Haydarovning shaxsiy arxividan

    — O‘zbekistonning turli viloyatlaridagi yoshlarga aytadigan so‘zlaringiz...

    — G‘ayrat qilib, harakat qilish kerak. Har bir imkoniyatdan foydalanish lozim. Harakat qilganga tole yor deyishadi. Agar inson harakat qilmasa va faqat komfort zonada yursa, rivojlanish bo‘lmaydi. Bu narsaga o‘qish paytida amin bo‘lganman. Keyin har xil loyihalarda faol bo‘lish lozim. O‘qishingizda bo‘layotgan klub va olimpiadalarda qatnashish, bilimni charxlash kerak. Shunda hamma narsaga erishsa bo‘ladi.

    01.05.2023, 22:51   Izoh (0)   6256
    Facebook Twitter LinkedIn Telegram Email

    Izoh (0)

    Kirish
    Javob qoldiring Bekor qilish

    Mavzuga doir

    Toshkentda yangi avtobusni boshqarishda yo‘l qo‘yilgan kamchilik ortidan bir qancha xodimlar ishdan olindi

    01.05.2023, 22:47

    Samarqandda soxta korrupsiyaga qarshi kurash bo‘limi xodimi qo‘lga tushdi 

    01.05.2023, 22:23

    Buxoroda nepallik fuqarolarni qariyb 125 ming dollarga chuv tushirganlar ushlandi

    01.05.2023, 21:50

    Favqulodda vaziyatlarning oldini olish va harakat qilish davlat tizimi belgilandi

    01.05.2023, 21:40

    O‘zbekistondagi maktablarda taʼlim 12 yillikka uzaytirilayotgani haqida xabar tarqaldi

    01.05.2023, 21:31

    Andijonda fuqaro IIB xodimlarining tuhmati bilan asossiz qamalgani aytildi

    01.05.2023, 21:30
    ×Lightbox Image

    Daryo.uz | Sizning muammoingiz yechimi


    So‘zlar ahamiyatga ega: TBC Bank 8-mart tabriklarini pullarga aylantirib, ayollar tadbirkorligini qo‘llab-quvvatladi


    ANORBANK va BS/2 O‘zbekistonda banklarda o‘z-o‘ziga xizmat ko‘rsatish tarmog‘ini kengaytirmoqda


    Octobank bankomatlarni BS/2 bilan birga “aqlliroq” qiladi


    Centrum Air yangi Airbus A320neo — aviaparkidagi to‘qqizinchi samolyotni qabul qilib oldi 


    Ipoteka Bank OTP Group o‘zini o‘zi band qilganlarga yangi ipoteka dasturini ishga tushirdi: hujjatlarsiz, asabbuzarliksiz, samarali natijalar bilan


    “O‘zbekinvest” IUA aʼzosiga aylandi va Londonning global sug‘urta bozorida o‘z mavqeini mustahkamladi


    UZTELECOM 10 Gbit/s tezlikdagi uy internetini foydalanuvchilarga taqdim etdi


    LUKOIL: yosh iste’dodlar ovozi katta sahnada yangradi


    “Biznesni rivojlantirish banki” biznes uchun qulay innovatsion bank bo‘lishga intilmoqda


    MKBANK xalqaro moliya bozorida: Qozog‘iston banklaridan 15 million dollar jalb qilindi


    Xon Saroy tomonidan an’anaviy “Mening orzuyimdagi uy” rasmlar tanlovi boshlandi 


    Abadiy ishonchlilik va xavfsizlik: GWM sohaning yangi standartlarini joriy etmoqda


    Chery gazga o‘tmoqda: kafolat to'liq saqlanib qolinadi, o‘rnatish esa 31 maygacha bepul! 


    Sistit — bu uyat emas!


    2025-yilning 5 oyi davomida Mobiuz minglab tayanch stansiyalarini ishga tushirdi va texnik infratuzilmani zamonaviylashtirdi

     

    Tavsiya etamiz

    Gitlerdan so‘ng eng mashhur natsist – dorga osilgan Ribbentropning ayanchli taqdiri

    31 may, 19:25

    “Ikki xonali uy uchun 715 mln so‘mdan”. “Daryo”dagi maqoladan so‘ng poytaxt hokimligi uysiz qolgan aholiga xonadon sotib olish uchun mablag‘ ajratdi

    28 may, 21:15

    Budapesht fasadlari: sanʼat ko‘chada yashaydi (foto)

    27 may, 10:00

    Gestapo va KGB xizmatida bo‘lgan buxorolik “Shtirlits”

    26 may, 19:00
     
     
     

    So‘nggi yangiliklarga o‘tish

    HAMAS garovdagilarni ozod qilish uchun shart qo‘ydi

    Dunyo | 1 iyun, 23:35

    Rossiya Kubogi. “SSKA” superfinalda “Rostov”ni yengib, bosh sovringa ega chiqdi, Fayzullayev zaxiradan maydonga tushdi

    Sport | 1 iyun, 22:48

    Turkiyada Ukraina va Rossiya muzokaralarining 2-raundi bo‘lib o‘tadi

    Dunyo | 1 iyun, 22:45

    Futbol tarixidagi eng kuchli 10 ta futbol akademiyasi nomi e’lon qilindi

    Sport | 1 iyun, 21:47

    Isroil tanklari G‘azoda ovqat kutayotganlarga o‘t ochib, 32 kishini o‘ldirdi

    Dunyo | 1 iyun, 21:45

    “Daryo” videoreportaji: Namanganda 500 ta dron ishtirokidagi shou

    O‘zbekiston | 1 iyun, 21:00

    Qozog‘iston armiyaning tayyorgarligini tekshirish uchun mashqlar o‘tkazadi

    Qozog‘iston | 1 iyun, 20:40

    Mayda oylik inflyatsiya keskin oshdi. Qaysi hududlarda narxlar tez o‘smoqda?

    Iqtisodiyot | 1 iyun, 20:13
    Daryo About Us

    “Daryo” internet-nashrining (O‘zbekiston matbuot va axborot agentligi (O‘zMAA, hozirgi O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi) tomonidan 13.03.2015 yil sanasida 0944-sonli guvohnoma bilan ommaviy axborot vositasi sifatida ro‘yxatga olingan. Matnli materiallarni to‘liq ko‘chirish yoki qisman iqtibos keltirishga, shuningdek, fotografik, grafik, audio va/yoki videomateriallaridan foydalanishga “daryo.uz” saytiga giperhavola mavjud bo‘lgan va/yoki “Daryo” internet-nashrining muallifligini ko‘rsatuvchi yozuv ilova qilingan taqdirda yo‘l qo‘yiladi. Chop etiladigan ba’zi ma’lumotlar 18 yoshga to‘lmagan foydalanuvchilarga mo‘ljallanmagan bo‘lishi mumkin. Info@daryo.uz

    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte

    © «Simple Networking Solutions» MChJ, 2013–2025

    Yosh bo‘yicha cheklov

    Xato topdingizmi? Ctrl+Enter’ni bosing

    • Foydalanish shartlari
    • Maxfiylik siyosati
    • Reklama
    Nimani qidiramiz?

    Sign In or Register

    Xush kelibsiz!

    Tizimga kiring yoki Roʻyxatdan oʻting.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Roʻyxatdan oʻting

    Roʻyxatdan oʻtganmisiz? Login.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Sizga parol elektron pochta orqali yuboriladi.

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Matnda xato topdingizmi?

    ×

    Rahmat. Biz sizning xabaringizni oldik va xatoni imkon qadar tezroq tuzatamiz.