Jizzax viloyatida o‘z tanishi bo‘lgan, 2001-yilda tug‘ilgan qizni Dubayga ikki million so‘mga sotib yuborayotgan ayol ushlandi. Bu haqda viloyat IIB axborot xizmati xabar berdi.
Xabarga ko‘ra, holat DXX Jizzax viloyat boshqarmasi hamda viloyat IIB xodimlari hamkorligida o‘tkazilgan tezkor tadbirda aniqlangan. 1989-yil Baxmal tumanida tug‘ilgan, ayni vaqtda Jizzax shahri “Madaniyat” mahallasida vaqtincha ijarada yashovchi ayol ushbu jinoyatni sodir etgan.
U 2001-yil Sharof Rashidov tumanida tug‘ilgan qizni BAAning Dubay shahriga yuborish uchun shartli xaridorga ikki million so‘mga sotayotgan vaqtida umumiy ovqatlanish shoxobchalarining birida xodimlar tomonidan qo‘lga olindi.
Izoh (0)