Ukrainaning “Uklon” taksi xizmati O‘zbekistonda o‘z faoliyatini yo‘lga qo‘yishga tayyorlanmoqda. Kompaniya HeadHunter portalida bir qancha yo‘nalishlar bo‘yicha vakansiya e’lon qilgan.
“Uklon” ayni paytda Toshkentda quyidagi mutaxassislarni qidirmoqda:
Aprel oyi boshida kompaniyasi asoschisi Sergey Smus “Uklon” taksi xizmati tez orada ikkita mintaqaviy bozorlarda paydo bo‘lishini ma’lum qilgandi. Biroq o‘shanda aniq davlatlar nomi e’lon qilinmagan.
Kompaniya hisob-kitoblariga ko‘ra, bir mamlakat bozoriga kirish narxi 1 million dollardan boshlanadi.
“Uklon” o‘z biznesini 2022-yilda kengaytirmoqchi edi, biroq Rossiya bilan urush oqibatida rejalar amalga oshmadi.
Ukraina kompaniyasi bu yil 13 yoshga to‘ladi va Ukraina Forbes tomonidan eng yaxshi startaplardan biri sifatida qayd etilgan.
Rossiya va Ukraina o‘rtasida urush boshlanishidan oldin 2020—2022-yillar orasida ko‘plab Ukraina kompaniyalari O‘zbekistonda paydo bo‘lgan edi.
Biroq urush o‘z ta’sirini ko‘rsatdi va bir qancha kompaniyalar mamlakatni tark etishga majbur bo‘ldi.
Izoh (0)