• Profilga Kirish
  • 1744009905_435.svg 1744009905_642.svg

  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
Ўзбекча
Русский
English
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
    • USD12768.26
    • RUB162.63
    • EUR14400.04
    • Google play
    • App Store
    • Telegram
    • Toshkentda
      +23°C
      • Andijon
      • Qarshi
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Farg‘ona
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Termiz
      • Namangan
      • Toshkent
      • Navoiy
      • Toshkent vil
      • Nukus
      • Urganch
    • Daryo
      • Internet-nashr
      • Tahririyat haqida
      • Aloqa ma'lumotlari
      • Foydalanish shartlari
      • Maxfiylik siyosati
      • Yangiliklar arxivi
    • Reklama
    • Ijtimoiy tarmoqlar
      • Instagram | Rasmiy
      • Instagram | Lifestyle
      • Instagram | Sport
      • Facebook | Rasmiy
      • OK | Rasmiy
      • YouTube | Daryo
      • YouTube | Daryo Rus tilida
      • YouTube | Daryo Global
    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte
    Daryo logo white
    • O‘zbekiston
      • Boshqalar
      • Navoiy
      • Toshkent viloyati
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Qashqadaryo
      • Surxondaryo
      • Xorazm
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Namangan
      • Farg‘ona
      • Andijon
      • Qoraqalpog‘iston
      • Toshkent sh.
      • Mehridaryo
      • Ob-havo
    • Markaziy Osiyo
      • O‘zbekiston (Mahalliy)
      • Afg'oniston
      • Qirg‘iziston
      • Qozog‘iston
      • Turkmaniston
      • Tojikiston
    • Dunyo
    • Pul
      • Biznes
      • Iqtisodiyot
      • Moliya
      • Kripto
    • Madaniyat
      • Kino
      • Kitob
      • Musiqa
      • Shou-biznes
    • Layfstayl
      • Ayollar sahifasi
        • Farzand
        • Go‘zallik
        • Karyera
        • Maslahatlar
        • Moda
        • Retseptlar
      • Texnologiyalar
        • Arxitektura
        • Gadjetlar
        • Ilm-fan
        • Koinot
        • Media
      • Avto
      • Qo‘ziqorin
      • Sayohat
      • Salomatlik
      • Ta’lim
        • Abituriyent
        • Ingliz tilini o’rganamiz
    • Sport
      • Futbol
      • UFC
      • Boks
    infinix
    Daryo.uz - Login
    Daryo.uz Daryo.uz
    Daryo.uz - Login
    Biznes

    “Tavakkal qildik va bundan afsuslanmaymiz”: Ukraina biznesi o‘zi uchun O‘zbekistonni kashf qildi

    Ukrainaning riteyl va farmatsevtika, aviasozlik va logistika kabi turli sohalardagi o‘nlab kompaniyalari O‘zbekistonda o‘z biznesini ochmoqda. Bu haqda “NV” jurnalida maqola e’lon qilindi.

    “Hozirgi O‘zbekiston 20 yil avvalgi Ukrainaga o‘xshaydi [O‘zbekiston bozoridagi hozirgi holat 20 yil oldin Ukraina bozorida ham kuzatilgan— tah.]”, — deydi mamlakatda Ukrainaning “Global Spirits” alkogol kompaniyasini rivojlantirish bo‘yicha rahbari David Dolganov.

    O‘nlab ukrainalik top menejerlar va yuzlab mutaxassislar yaxshigina ish haqi to‘lashga tayyor bo‘lgan o‘zbek iqtisodiyotining imkoniyatlaridan hayratga tushgan. Endi ular kiyevlik va lvovlik emas, balki toshkentlik va samarqandliklarga aylanishgan.

    Garchi tajribali mutaxassislar, yuridik xizmatlarning yetishmasligi, mahalliy sudlar faoliyatining sustligi sabab O‘zbekistonda biznes faoliyatini olib borish oson kechmasa-da, Ukraina kompaniyalari tavakkal qilib ko‘rishga bel bog‘lashdi.

    Tavakkal qilishning ham arzirli sababi bor: Jahon banki ma’lumotlariga ko‘ra, so‘nggi 20 yil ichida Ukraina aholisi 4 mln kishiga kamaygan bo‘lsa, O‘zbekistonda esa aksincha, tez sur’atlarda o‘sib borgan.

    “Reyting” sotsiologik guruhining xalqaro loyihalar bo‘limi rahbari, iqtisodchi Irina Fedets Ukraina kompaniyalari tomonidan O‘zbekistonga nisbatan bildirilayotgan qiziqishlarning to‘rtta sababini aytib o‘tdi:

    • muntazam YaIM o‘sishi;
    • yuqori sifatli demografiya;
    • mahalliy bozordagi raqobatning pastligi;
    • o‘zbekistonlik tadbirkorlarning ukrainalik hamkorlar bilan ishlash istagi.

    Ukrainaliklarning O‘zbekistondagi “sarguzashtlari”

    Ukrainaning farmatsevtika giganti “Farmak” kompaniyasi O‘zbekiston bozorida yetakchilaridan biriga aylandi. U o‘z mahsulotlarini sobiq SSSR davridanoq mahalliy bozorga yetkazib bergani tufayli, bu yerda o‘zining mustahkam aloqalarini o‘rnatgan.

    Endilikda esa “Farmak” eksport portfelida O‘zbekistonning o‘rni ancha katta: 2021-yil yakunlariga ko‘ra, kompaniyaning sobiq sovet mamlakatlari bo‘yicha umumiy eksport  hajmidagi ulushi 50 foizni tashkil etadi.

    “Farmatsevtika bozori nuqtayi nazaridan olib qaralganda, bu mintaqadagi to‘rtinchi yirik bozor bo‘lib, u allaqachon Belarusni ortda qoldirgan va ikki baravar jadal sur’atlarda o‘sib bormoqda Ikki-uch yildan so‘ng O‘zbekiston bozori o‘zining hajmi bo‘yicha Qozog‘istondan o‘zib ketib, uchinchi o‘rinni egallashi haqiqatga juda yaqindir”.

    Anton Zubov, “Farmak”ning MDH mintaqasidagi marketing va sotuvlar bo‘yicha rahbari O‘tgan yillar davomida kompaniya O‘zbekistonga faqat dori-darmon yetkazib bergan bo‘lsa, endilikda bu yerda o‘z korxonasini qurish orqali mamlakatdagi o‘rnini yanada mustahkamlashga qaror qilgan. Kompaniya investitsiyalar hajmi birinchi bosqichda 10-15 mln dollarga yetishi mumkin bo‘lgan qurilish loyihasini allaqachon tayyorlab qo‘ygan.

    Foto: “Farmak”

    Foto: “Farmak”

    Chet el fuqarolari uchun oson bo‘lmagan yer mulkka egalik qilish huquqlarini ro‘yxatdan o‘tkazishda bir qancha muammolar mavjud, biroq loyiha bilan mamlakatdagi Farmatsevtika tarmog‘ini rivojlantirish agentligi shug‘ullanmoqda. Aynan ushbu agentlik poytaxt Toshkent yaqinida ixtisoslashtirilgan farmatsevtika klasterini rivojlantirmoqda.

    Ukraina farmatsevtika bozorining boshqa ishtirokchilari ham O‘zbekistonga qiziqish bildirishmoqda — “Ikar” kompaniyasi mamlakatda shprits, kateter va “sistemalar” yetkazib berishni rejalashtirmoqda, “Lekhim” korxonasi esa zavod qurilishini boshlagan.

    Shunday qilib, O‘zbekiston biznes muhitidagi o‘zgarishlarni kuzatgan holda, 2020-yilda Ukrainaning “Zakaz” onlayn yetkazib berish xizmati mamlakat bozoriga kirib keldi.

    Foto: “Zakaz.uz”

    Foto: “Zakaz.uz”

    “Zakaz” o‘zi erishgan natijalardan mamnun. 2021-yilda har bir mijoz uchun o‘rtacha buyurtmalar soni ikki baravarga oshgan, o‘rtacha chek miqdori esa o‘sish ko‘rsatkichlari barobarida — hozirda 26,6 dollarni tashkil etmoqda.

    Kompaniyaning Toshkentdagi jamoasi qirqdan ziyod mutaxassislardan iborat bo‘lib, xizmatga bo‘lgan talab hajmi ortib bormoqda.

    Bir necha yillar oldin mahalliy oziq-ovqat chakana savdosida bor-yo‘g‘i ikkita asosiy ishtirokchi — Makro va Korzinka tarmoqlari bo‘lgan bo‘lsa, 2021-yilda Fransiyaning Carrefour tarmog‘i, Qozog‘istonning Magnum va Rossiyaning “Dobrotsen” kabi gigantlari mamlakat bozoriga kirdi.

    O‘zbekiston rang-barang, butun jahonga mashhur sharqona bozorlar mamlakati bo‘lib, uning mavqeyi asrlar davomida o‘zgarmas bo‘lib kelgan. Biroq hozirgi kunda an’anaviy bozorlar o‘rnida oziq-ovqat supermarketlariga ega zamonaviy savdo markazlar tobora paydo bo‘lib bormoqda.

    Evgeniy Netreba, “Zakaz”ning tijorat rahbari O‘zbek riteylining jadal o‘sishi Ukrainaning “Rozetka” kompaniyasi uchun ham qulay imkoniyatga aylandi.

    Men taxmin qilishda juda ehtiyotkorman, ammo 35 millionlik aholiga ega bunday mamlakat bozori o‘ta faol, hattoki biz rejalashtirganimizdan ham tezkor ravishda rivojlanayotganga o‘xshaydi. Hozirda biz Samarqand, Namangan, Andijon, Buxoro va Farg‘ona shaharlaridagi talabning oshib borayotganiga guvoh bo‘lyapmiz.

    Vladislav Chechetkin, Onlayn riteyler hammuassisi Mahalliy chakana savdo imkoniyatlari, shuningdek, aksiz solig‘ining kamayishi Global Spirits’ni o‘zbek yo‘nalishini rivojlantirishga turtki bo‘ldi. Uning faoliyati 2021-yilning yanvar oyida boshlangan bo‘lib, bugungi kunda kompaniya mamlakatda o‘zining oltita filialini ochdi hamda bu yerga o‘zining barcha asosiy brendlari — Khortytsya, Morosha, Shustov, Oreanda’larni olib kirdi.

    Bu yerda kuchli raqobatchilarning, tizimli kompaniyalarning yo‘qligi sabab 2022-yil oxiriga kelib, bozorning 25 foizini egallashni rejalashtiryapmiz.

    Global Spirits top-menejeri DolganovO‘g‘it ishlab chiqaruvchi Grossdorf kompaniyasi uch yil avval bu yerda karbamid-ammiak aralashmasi ishlab chiqariladigan zavod qurdi va qariyb 1 mln dollar sarmoya kiritib, O‘zbekistonga kirib keldi. Endilikda u yana bitta zavod qurilishini rejalashtirmoqda.

    Biroq savdo hajmi kutilgandek faol o‘smagan.

    “O‘sish sur’atlarini men unchalik ham yaxshi deb baholamayman, sababi biz ko‘prog‘iga umid qilgandik, ammo, loyiha davom etadi, albatta”, — Grossdorf egasi Andrey Xalyavko.

    2019-yili o‘g‘itlar va o‘simliklarni himoya qilish vositalarini ishlab chiqaruvchi zavod qurayotgan Ukrainaning “Ukravit” kompaniyasi O‘zbekistondagi Grossdorf kompaniyasiga raqobatchi sifatida mamlakatga kirib keldi.

    Bundan tashqari, Poltava viloyatidagi Amerikaning Corteva Agriscience kompaniyasining urug‘chilik zavodi joriy yilda O‘zbekistonga birinchi marta makkajo‘xori urug‘ini yetkazib beradi.

    Ukraina og‘ir sanoati bunday imkoniyatlardan chetda qolishni istamayotgan ko‘rinadi, 2019—2021-yillar davomida O‘zbekiston bozoridagi Interpipe quvurlari sotuvi uch barobarga oshdi.

    Mamlakatda yiliga 50 mlrd kub metrdan ziyod gaz qazib olinadi, bioyonilg‘iga bo‘lgan yuqori talab esa ushbu resurs ishlab chiqaruvchilarini o‘z imkoniyatlarini kengaytirish uchun sarmoya kiritishga majbur qilmoqda. 

    Bu o‘z mahsulotlarini “O‘zbekneftgaz” va “O‘ztransgaz” davlat korxonalari hamda Eriell xususiy kompaniyasiga sotayotgan Interpipe mahsulotlariga bo‘lgan talabni yuzaga keltirmoqda.

    “Mamlakatda infratuzilma loyihalari amalga oshirilmoqda, uglevodorod qazib olish hajmi oshyapti. Ushbu bozor imkoniyatlari juda yuqori” – deydi Interpipe kompaniyasining MDH mamlakatlari bo‘yicha savdo rahbari Sergey Lugovskiy. 

    “UkrAvto” guruhi tarkibiga kiruvchi Autocapital kompaniyasi uch yildan ortiq vaqt mobaynida O‘zbekistondagi asosiy avtomobil distribyutorlardan biri bo‘lib kelmoqda.

    Grape Marketing agentligining asoschilaridan biri bo‘lgan ukrainalik Yuriy Gladkiy O‘zbekistonda o‘z o‘rnini topa oldi. Uning ko‘chmas mulk sohasida brend yaratish bo‘yicha ma’ruzalar kursiga Markaziy Osiyoda, shu jumladan, o‘zbek marketologlari orasida ham katta qiziqish bildiriladi.

    Foto: “senior.ua”

    Foto: “senior.ua”

    Fevral oyida u Toshkentga tashrif buyurib, mahalliy hukumat vakillari bilan O‘zbekistonda turizm marketingining rivojlanishi haqida suhbatlashdi.

    “O‘zbekistonda o‘z mahsulotlarini qanday qadoqlashni bilishni istashadi”, — deb ta’kidlaydi Gladkiy.

    Korzinka tarmog‘iga marketing xizmatlarini taqdim etuvchi Ukrainaning Fedoriv Group kompaniyasi bunday ma’lumotlarni olishga yordam beradi. 

    Eng qimmatbaho eksport-import

    Ukraina O‘zbekistonga yana bir qimmatli tovarni, ya’ni “aql”, kasbiy tajriba va boshqaruv malakalarini yetkazib bermoqda.

    “O‘zbekistonda ishga olish bo‘yicha eng ko‘p talablar mana shunday: bizga chet elliklarni olib keling”, — deydi Smart Solutions kompaniyasining Markaziy Osiyo va Belarusdagi HR-xizmatlari provayderi bosh menejeri Tatyana Skachko.

    Mana olti yildirki, mazkur kompaniya mintaqadagi korporatsiyalarga kadrlar izlashda yordam berib kelmoqda. Bundan tashqari, O‘zbekistonda ishchilarga bo‘lgan talab shunchalik oshib ketdiki, hatto 2020-yil o‘rtalarida Smart Solutions kompaniyasi Toshkentda o‘z vakolatxonasini ham ochdi.

    Mahalliy ish haqlari ukrainaliklarni hayratga soldi. Smart Solutions ma’lumotlariga ko‘ra, bank savdo menejeri oyiga 1,8 ming dollargacha, ishlab chiqarish muhandisi – 2,7 ming dollargacha, bosh hisobchi esa 3,4 ming dollargacha haq olishi mumkin.

    Top menejerlar oyiga taxminan 8—10 ming dollar maosh oladi, bundan tashqari, uy va bolalar uchun maktab yoki bolalar bog‘chasi to‘lovlarini o‘z ichiga oluvchi bonuslar va ijtimoiy paket ham mavjud.

    Anatoliy Demidenko O‘zbekistonda o‘z karyerasini qurishga qaror qilgan ukrainalik top-menejerlardan biridir. U mamlakatda qariyb bir yildan beri yashab, Korzinka supermarketlar tarmog‘ida o‘z savdo belgisini rivojlantirishga rahbarlik qiladi. 

    Shuningdek, ukrainalik Vyacheslav Grinenko ham Korzinka’ga logistika sohani rivojlantirish bo‘yicha maslahatchi sifatida ishga taklif qilingan.

    Top-menejerning so‘zlariga ko‘ra, Korzinka g‘arb texnologiyalarini o‘z xodimlariga o‘rgatish uchun chetdan xodimlarni jalb qilmoqda.

    “Garchi mamlakatda suv bilan bog‘liq muammolar uchrab tursa-da, Toshkent shahri juda obod shahar, deyarli, har bir maysa ekilgan joyda avtomatik sug‘orish imkoniyati mavjud”, – deydi Grinenko.

    “Shahar qayta qurilmoqda, obodonlashtirilmoqda va Tashkent City’ga aylanmoqda”, — deya qo‘shimcha qiladi Korzinka tarmog‘ining yana bir ukrainalik rahbari Aleksandr Shatoxin.

    Biznes boshlash vaqti keldi 

    Ukraina O‘zbekistonga sarmoyalar, tovarlar, xizmatlar va inson kapitallarini yetkazgan holda, mamlakat iqtisodiyoti uchun o‘ta muhim kuchga aylandi. Tovar ayirboshlash hajmi ham o‘sib bormoqda – 2020-yildagi Davlat statistika xizmati ma’lumotlariga ko‘ra, u 30 foizga oshgan. 

    Biroq O‘zbekistonning ma’lum bir o‘ziga xos xususiyatlari borki, ular Ukraina bilan biznes hamkorligini cheklashi mumkin, deydi tahlilchilar. Agar Ukrainada import bojining o‘rtacha stavkasi 2,9 foizni tashkil etsa, O‘zbekistonda bu ko‘rsatkich 14,8 foizga yetadi. 

    Bu esa uzoq muddat mobaynida mamlakatga tayyor mahsulot yetkazib berishdan ko‘ra, ishlab chiqarish quvvatlarini qurish foydaliroq ekanini anglatadi.

    Hozirgi kungacha soliq imtiyozlarini faqat tanlangan kompaniyalarga berish va davlat kreditlarini boshqarishni ifodalaydigan, iqtisodni qo‘lda tartibga solish rejimidagi O‘zbekiston hukumati aynan mana shunga intilmoqda.

    “O‘zbekistonda ajoyib resurslar soni talaygina, mamlakat rivojlanish bosqichida, ammo yetarlicha “bilim”da noqislik bor”, — deya qo‘shimcha qiladi Grape agentligi vakili Gladkiy.

    Bundan tashqari, suhbatda qatnashgan, deyarli barcha ukrainalik top-menejerlar ham shunday fikrda: agarda siz tashqi bozorlarda faoliyat yuritsangiz, demak, O‘zbekiston biznes e’tiboriga, albatta, loyiq joy.

    “O‘zbekiston bozori yuksalib borayotagn katta bozor. Hozirda u yerga xorijiy sarmoyalarni kiritishning ayni vaqti bo‘lgani sababli, mamlakatda o‘z texnologiyalarimiz va mahsulotlarimiz bilan muvaffaqiyatli biznes olib borishimiz mumkin”, — deydi Smart Solutions kompaniyasi vakili Skachko.

    Avvalroq Rossiyaning “Broniboy” restoran va do‘konlarining yetkazib berish xizmati asoschisi Aleksandr Radionov O‘zbekistonda biznes boshlashdan avval nimalarga tayyor turish kerakligini so‘zlab bergan edi.

    12.02.2022, 20:51   Izoh (0)   23742
    Facebook Twitter LinkedIn Telegram Email

    Izoh (0)

    Kirish
    Javob qoldiring Bekor qilish

    Mavzuga doir

    Xitoy milliarderlarga shafqatsiz chora ko‘rmoqda — Bloomberg

    11.02.2022, 20:50

    Elizabet Holmsning aqlbovar qilmas darajada cho‘qqiga ko‘tarilishi va shov-shuvli qulashi 

    11.02.2022, 18:57

    O‘zbekistonlik startaplarda MOST Ventures orqali 500 ming dollargacha jalb qilish imkoniyati paydo bo‘ldi

    11.02.2022, 15:54

    Rossiyaning Red Wings Airlines aviakompaniyasi 14-fevraldan Yekaterinburgdan Samarqandga parvozlarini boshlaydi

    10.02.2022, 20:10

    Instagram’da eski foto va layklarni o‘chirish funksiyasi paydo bo‘ldi

    10.02.2022, 18:11

    Samsung S22 smartfonlari va Tab S8 planshetlarini taqdim etdi (foto)

    10.02.2022, 16:09
    ×Lightbox Image

    Daryo.uz | Sizning muammoingiz yechimi


    2025-yilning 5 oyi davomida Mobiuz minglab tayanch stansiyalarini ishga tushirdi va texnik infratuzilmani zamonaviylashtirdi


    So‘zlar ahamiyatga ega: TBC Bank 8-mart tabriklarini pullarga aylantirib, ayollar tadbirkorligini qo‘llab-quvvatladi


    Xon Saroy tomonidan an’anaviy “Mening orzuyimdagi uy” rasmlar tanlovi boshlandi 


    Centrum Air yangi Airbus A320neo — aviaparkidagi to‘qqizinchi samolyotni qabul qilib oldi 


    Chery gazga o‘tmoqda: kafolat to'liq saqlanib qolinadi, o‘rnatish esa 31 maygacha bepul! 


    Abadiy ishonchlilik va xavfsizlik: GWM sohaning yangi standartlarini joriy etmoqda


    “O‘zbekinvest” IUA aʼzosiga aylandi va Londonning global sug‘urta bozorida o‘z mavqeini mustahkamladi


    “Biznesni rivojlantirish banki” biznes uchun qulay innovatsion bank bo‘lishga intilmoqda


    LUKOIL: yosh iste’dodlar ovozi katta sahnada yangradi


    Octobank bankomatlarni BS/2 bilan birga “aqlliroq” qiladi


    MKBANK xalqaro moliya bozorida: Qozog‘iston banklaridan 15 million dollar jalb qilindi


    Ipoteka Bank OTP Group o‘zini o‘zi band qilganlarga yangi ipoteka dasturini ishga tushirdi: hujjatlarsiz, asabbuzarliksiz, samarali natijalar bilan


    ANORBANK va BS/2 O‘zbekistonda banklarda o‘z-o‘ziga xizmat ko‘rsatish tarmog‘ini kengaytirmoqda


    Sistit — bu uyat emas!


    UZTELECOM 10 Gbit/s tezlikdagi uy internetini foydalanuvchilarga taqdim etdi

     

    Tavsiya etamiz

    Gitlerdan so‘ng eng mashhur natsist – dorga osilgan Ribbentropning ayanchli taqdiri

    31 may, 19:25

    “Ikki xonali uy uchun 715 mln so‘mdan”. “Daryo”dagi maqoladan so‘ng poytaxt hokimligi uysiz qolgan aholiga xonadon sotib olish uchun mablag‘ ajratdi

    28 may, 21:15

    Budapesht fasadlari: sanʼat ko‘chada yashaydi (foto)

    27 may, 10:00

    Gestapo va KGB xizmatida bo‘lgan buxorolik “Shtirlits”

    26 may, 19:00
     
     
     

    So‘nggi yangiliklarga o‘tish

    HAMAS garovdagilarni ozod qilish uchun shart qo‘ydi

    Dunyo | 1 iyun, 23:35

    Rossiya Kubogi. “SSKA” superfinalda “Rostov”ni yengib, bosh sovringa ega chiqdi, Fayzullayev zaxiradan maydonga tushdi

    Sport | 1 iyun, 22:48

    Turkiyada Ukraina va Rossiya muzokaralarining 2-raundi bo‘lib o‘tadi

    Dunyo | 1 iyun, 22:45

    Futbol tarixidagi eng kuchli 10 ta futbol akademiyasi nomi e’lon qilindi

    Sport | 1 iyun, 21:47

    Isroil tanklari G‘azoda ovqat kutayotganlarga o‘t ochib, 32 kishini o‘ldirdi

    Dunyo | 1 iyun, 21:45

    “Daryo” videoreportaji: Namanganda 500 ta dron ishtirokidagi shou

    O‘zbekiston | 1 iyun, 21:00

    Qozog‘iston armiyaning tayyorgarligini tekshirish uchun mashqlar o‘tkazadi

    Qozog‘iston | 1 iyun, 20:40

    Mayda oylik inflyatsiya keskin oshdi. Qaysi hududlarda narxlar tez o‘smoqda?

    Iqtisodiyot | 1 iyun, 20:13
    Daryo About Us

    “Daryo” internet-nashrining (O‘zbekiston matbuot va axborot agentligi (O‘zMAA, hozirgi O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi) tomonidan 13.03.2015 yil sanasida 0944-sonli guvohnoma bilan ommaviy axborot vositasi sifatida ro‘yxatga olingan. Matnli materiallarni to‘liq ko‘chirish yoki qisman iqtibos keltirishga, shuningdek, fotografik, grafik, audio va/yoki videomateriallaridan foydalanishga “daryo.uz” saytiga giperhavola mavjud bo‘lgan va/yoki “Daryo” internet-nashrining muallifligini ko‘rsatuvchi yozuv ilova qilingan taqdirda yo‘l qo‘yiladi. Chop etiladigan ba’zi ma’lumotlar 18 yoshga to‘lmagan foydalanuvchilarga mo‘ljallanmagan bo‘lishi mumkin. Info@daryo.uz

    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte

    © «Simple Networking Solutions» MChJ, 2013–2025

    Yosh bo‘yicha cheklov

    Xato topdingizmi? Ctrl+Enter’ni bosing

    • Foydalanish shartlari
    • Maxfiylik siyosati
    • Reklama
    Nimani qidiramiz?

    Sign In or Register

    Xush kelibsiz!

    Tizimga kiring yoki Roʻyxatdan oʻting.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Roʻyxatdan oʻting

    Roʻyxatdan oʻtganmisiz? Login.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Sizga parol elektron pochta orqali yuboriladi.

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Matnda xato topdingizmi?

    ×

    Rahmat. Biz sizning xabaringizni oldik va xatoni imkon qadar tezroq tuzatamiz.